|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobiXo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish
|
səhifə | 34/721 | tarix | 10.04.2022 | ölçüsü | 2,01 Mb. | | #85246 |
| Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. BXo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish. Barcha xo’jalik operatsiyalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda o’lchanishi – pul bilan baholanishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida pul birligi - so’m, uning bo’laklari - tiyinlardir.
Ishonchlilik. Axborotda muhim xato yoki g’arazlilik bo’lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo’lsa, ishonchli hisoblanadi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga va majburiyatlar yoki xarajatlar bahosi kamaytirilishiga yo’l qo’yilmasligi lozimligini bildiradi.
Bu tamoyilning qo’llanishi yashirin zahiralarni barpo etishga yoki ta’minotni oshirib ko’rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko’rsatishga huquq bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|