Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə56/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

2-muomala. Xodimlarga hisoblangan ish haqi summasidan 1 020 000 so’m daromad solig’i ushlandi. Bu muomaladan so’ng hisoblangan ish haqi summasi 1 020 000 so’mga kamayadi va bir vaqtning o’zida balans passivida 1 020 000 so’mga «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» degan yangi modda paydo bo’ladi va uni summasi shu mablag’ga ko’payadi.

Shunday qilib, bu muomala natijasida faqat balans passividagi moddalar orasida o’zgarishlar ro’y bergan va yig’indisi o’zgarmaydi.



Bu operatsiya balansning II tip o’zgarishiga taalluqli. Endi ikkinchi tip o’zgarish, ya’ni faqat passivdagi moddalarda sodir bo’ladigan, o’zgarishlar matematik modelini ko’rsatish mumkin. Bunda avvalgi shartli belgilardan foydalanamiz va balans passivi moddalarining summasini - r harfi bilan belgilaymiz. Bunda matematik model quyidagicha bo’ladi:

A = P + p - p, (2)

Ushbu model balans passividagi bir modda ko’payganda boshqasi (u bilan bog’liq bo’lgan) xuddi shu summaga kamayadi deb o’qiladi. Bu vaqtda har bir aktiv va passivning alohida jami summasi o’zgarmaydi va ularning o’zaro tengligi buzilmaydi.

3-muomala. «Artel» zavodidan tekinga 2 000 000 so’mlik asosiy vosita (Muzlagich) qabul qilib olindi. Bu muomala natijasida balans aktivida ham, passivida ham o’zgarish (ko’payish) sodir bo’ladi. Birinchidan, aktivdagi «Asosiy vositalar» moddasi 2 000 000 so’mga ko’payadi, ikkinchidan passiv tomonda «Rezerv kapitali» moddasi paydo bo’ladi (2 000 000 so’mga).

Shunday qilib, bu xo’jalik muomalasi natijasida balans aktivi va passivi bir xil summaga ko’payib, lekin balans tengligi buzilmaydi.



Bu operatsiya balansning III tip o’zgarishiga taalluqli. Uchinchi tip o’zgarish uchun, ya’ni o’zgarish balansning aktividagi moddalarda ham, passividagi moddalarda ham ko’payish tomonga sodir bo’lganda quyidagicha matematik model tuziladi:

A + a = P + p, (3)

Bu model balans aktivi va passivining moddalari bir xil summalarga ko’payganda, shu summalarga aktiv va passiv summalari yig’indisi ham ko’payadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o’qiladi.

4-muomala. Mol etkazib beruvchilarga hisob-kitob hisobvarag’idan 1 000 000 so’m qarz puli o’tkazildi. Bu muomala natijasida hisob-kitob hisobvarag’idagi qoldiq 1 000 000 so’mga kamayadi va bir vaqtning o’zida mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarz ham shu summaga kamayadi.

Bu muomala balansning aktivida ham, passivida ham bir xil summaga kamayishga olib keladi. Lekin balans tengligi buzilmaydi.



Bu operatsiya balansning IV tip o’zgarishiga taalluqli. To’rtinchi tip o’zgarish uchun, ya’ni o’zgarish aktivdagi moddalarda ham, passivdagi moddalarda ham kamayish tomonga sodir bo’lganda matematik model quyidagicha tuziladi:

A - a = P - p, (4)

Bu model, aktiv va passiv moddalari bir xil summaga kamayganda, shu summaga aktiv va passivdagi summalar yig’indisi ham kamayadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o’qiladi.

Demak, xo’jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo’ladigan to’rt tip o’zgarishlarni yuqorida ko’rib chiqilgan to’rtta matematik model orqali ifodalash mumkin ekan.

Ko’rib chiqilgan to’rtta xo’jalik muomalasi balansda ro’y beradigan barcha o’zgarish turlari uchun misol bo’la oladi. Demak, korxonada qancha xo’jalik muomalasi sodir bo’lishidan qat’i nazar, ular to’rt tipga bo’linadi:


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə