Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə705/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Valyuta kelishuvi turi - joriy va muddatli turlarga bo’linadi. Joriy valyuta kelishuviga (g’aznali yoki naqd) ko’ra, valyuta, kelishuv tuzilganidan so’nggi ikki ish kunidan kechiktirilmay beriladi. Valyuta asosan, telegraf orqali o’tkaziladi. Joriy (g’azna) valyuta kelishuvi birinchi navbatda xorijiy valyutalarni o’z vaqtida, tashqi savdo jarayonlarini amalga oshirish uchun beriladi.

Valyuta kelishuvlari, asosan, kompaniyalar, tashkilotlar va alohida shaxslar o’rtasida va boshqa banklar bilan doimiy ravishda valyuta jarayonlarini bajaradigan ularga xizmat ko’rsatuvchi banklar bilan tuziladi.

Savdoda valyuta kelishuvi telefon yoki telegraf orqali, valyuta birjasida esa, og’zaki tuzilishiga qaramay, uning bajarilishi majburiy tavsifga ega. Ammo gap katta miqdordagi summalar haqida bo’lsa, valyuta kelishuvi darhol hujjat bilan rasmiylashtiriladi va bu hujjat kelishuvning ishonchliligi darajasini oshiradi. Kelishuv tuzishda almashtiriladigan valyutalar, almashish kursi, kelishuv summasi, valyutalarni o’tkazish muddati (sanasi), valyutaning etkazilishi kerak bo’lgan manzillar ko’rsatiladi. Valyuta kelishuvining muddatli yoki forvard turida tomonlar aniq kelishilgan muddat tugagach, oldindan belgilangan forvard kursi bo’yicha almashish majburiyatini oladilar. Kelishuvni amalga oshirish muddati 1 yilgacha va undan yuqori bo’lishi mumkin.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə