Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyasi fakultetining



Yüklə 16,29 Kb.
tarix25.02.2023
ölçüsü16,29 Kb.
#101510
Fakultet баённома


Guliston davlat universiteti
Ishlab chiqarish texnologiyasi fakultetining
2022-2023 o’quv yili 7-sonli Kengash yig’ilishi bayonnomasidan
k o’ ch i r m a
Guliston sh, 2022 yil 20.02.2023
Qatnashdilar: fakultet dekani M.To’raqulov hamda kengash a’zolari va boshqalar.
Kun tartibi:
Har xil masalalar.
a) N.Sherqulova, R.Isayeva va R.Islamova tomonidan tayyorlangan “Bitiruv malaka ishini bajarish bo’yicha” uslubiy qo’llanma nashrga tavsiya etish to’g’risida.
Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan fakultet dekani, Kengash raisi M.To’raqulov so’zga chiqib, kun tartibiga N.Sherqulova, R.Isayeva va R.Islamova tomonidan tayyorlangan “Bitiruv malaka ishini bajarish bo’yicha” uslubiy qo’llanma nashrga tavsiya etish masalasi qo’yilganligini ma’lum qildi va fakultet professor-o’qituvchilaridan ushbu masala yuzasidan fikr-mulohazalarini so’radi.
Yig’ilish davomida texnika fanlari nomzodi, dotsent E. Qurbonov so’zga chiqdi: hozirda respublikamizda to’qimachilik materiallari va tabiiy tolalarni qayta ishlashni takomillashtirish, to’qimachilik sanoatini rivojlantirish mahsulotlar sifatini oshirish yetuk malakali kadrlar zimmasida ekanligi, “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash texnologiyasi” yo’nalishi bitiruvchilari bitiruv malaka ishi bajarish asnosida ishlab chiqarish borasida yana bir katta tajriba ortirishlari kerakligi , bu borada To’qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan uslubiy ko’rsatma ayni muddao ekanligi ta’kidlandi. Yangi O’zbekistonni yanada rivojlantirish taraqqiyot strategiyasida «...sanoatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, mahalliy xom-ashyolarni chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni o’zlashtirish ...» yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Uslubiy ko’rsatmada aynan bir tikuvchilik buyumi xom asho holatidan tayyor maxsulotga aylangunga qadar ishlov berish bosqichlari bo’yicha vazifalar aniq va ravshan ko’rsatib berilgan.
Shundan so’ng “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent, texnika fanlari nomzodi K.Sattorov so’zga chiqdi: Uslubiy ko’rsatma bitiruv malakaviy ishining iqtisodiy qism, ekologik qism, kirish, badiiy-muhandislik qismi, muhandis-konstruktorlik qismi, tеxnologik qismlari vazifalari mukammal kiritib o’tilganligi ta’kidladi va nashrga tavsiya etish taklifini qo’llab quvvatlashini aytib o’tdi. So’zga chiqqanlarni fikrini yig’ilgan fakultet professor–o’qituvchilari bir ovozdan ma’qulladilar.
Qaror qabul qilindi:
1. N.Sherqulova, R.Isayeva R. Islamova tomonidan tayyorlangan “Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo’yicha” uslubiy qo’llanma nashrga tavsiya etilsin.
2. Fakultet Kengashining ushbu qarori Universititet O’quv-metodik Kengashda ko’rib chiqish uchun tavsiya etilsin.
Fakultet dekani: M. To’raqulov
Kotib (a): M. Xamdamov
Yüklə 16,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə