Guliston davlat universiteti mustaqil ish


Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati



Yüklə 319,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix03.02.2022
ölçüsü319,82 Kb.
#83398
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5449707504508342728

Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati: 

Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi 



c

haqqonlikning birinchi o`lchovidir. Agar harakatning 

fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo`lsa, harakat etarli darajada aniq bo`ladi, 

harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. 

Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan Chaqqonlikni rivojlantirish 

koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan harakat faoliyatini to`satdan 

o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. 

Bunda chaqqonlik uchun zarur bo`lgan o`z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo`lsa, 

stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo`r berish va muskullarni bo`shattirish 

yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga o`xshash boshqa xususiyatlarni tanlab 

takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak “Chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarning 

umumiy to`plami yig’indisi tushuniladi. 

Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo`li yangi xilma-xil harakat malakalarini va 

ko`nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab 

bo`ladi va harakat analizatorlarining funktsional imkoniyatlariga samarali ta`sir ko`rsatadi. Yangi 

harakatlarni o`zlashtirish uzluksiz bo`lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangi harakatlarni o`rganish 

rejalashtirilgan bo`lsa ham, o`quvchilarga vaqti-vaqti bilan o`zlariga ma`lum bo`lmagan mashqlarni 

bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki Yangi harakatlar (mashqlar) o`zlashtirib turilmasa shug’ullanuvchini 

harakatga o`rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to`la o`zlashtirib olish shart emas, chunki u 

shug’ullanuvchilarning qandaydir YAngi harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-

chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga 

kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyati sifatidahar qanday 

ihtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo`lgani 

uchungina o`rganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning 

rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq 



qayta tuzish qobiliyati to`satdan o`zgargan sharoitdagi ta`sirlarga darhol javobning berilishi Chaqqonlikni 

rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o`zgarishi sodir bo`ladi, chaqqonlikni 

rivojlantirishga yo`naltirilib yuklamani oshirish shug’ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni 

oshiradi. Ular engishi lozim bo`lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo`linadi: 

1.Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar; 

2.Ularning o`zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar: 

3.Birdaniga, qisqa, o`zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar. 

Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni 

tarbiyalash uslubiyatidan ko`proq foydalaniladi: 

1. G’ayritabiiy, g’ayrioddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo`lgan tomonga orqa bilan turib 

uzunlikka sakrashlar va h.k). 

2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo`l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib 

zarba berishi). 

3. harakatlar tezligi va sur`atning o`zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib 

mashqlar bajarish). 

4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o`zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni 

kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o`yinlaridan 

foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun 

qulaylik tug’dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib 

sakrash va hokazolar). 

5. Qo`shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, erga tushish oldidan 

qo`shimcha burilishlar qo`shib, tayanib sakrash va boshqalar). 

6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma`lum bo`lmagan tarzda qo`shib bajarish (masalan, 

gimnastik kombinatsiyalarini ko`rgan va o`qitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga o`xshashlar). 

7. Juft va gruppa bo`lib bajariladigan mashqlarda shug’ullanuvchilarning bir-biriga ko`rsatadigan 

qarshiliklarini o`zgartirish (masalan, o`yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo`llash, mashqlarni 

bajarishda tez-tez sheriklarni o`zgartirish). 

Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo`lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo`shashtira bilishni 

o`rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni ko`zg’alishi va 

bo`shashtirilishining natijasidir. Ko`zg’alishdek, bo`shashtirish (lozim bo`lgan muskulni, lozim bo`lgan 

payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o`ynaydi. Harakatni qoyilmaqom 

qilib bajarish uchun vaqtihcha bo`shashib turishi kerak bo`lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni 

bajarish uchun lozim bo`lgan bemalollik (bo`g’iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo`qqa chiqaradi. 


Yüklə 319,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə