Guliston davlat universiteti mustaqil ish



Yüklə 319,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix03.02.2022
ölçüsü319,82 Kb.
#83398
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5449707504508342728

                   3)Tezkorlik sifati va 

uni rivojlantirish usuliyati

 

Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaktsiyasining vaqtini 



belgilovchi funktsional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bo`lishining uchta 

asosiy shakli bor: 

1. YAkka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan); 

2. harakatlar chastotasi; 

3. harakatlar reaktsiyasi tezligi (yashirin latent davri). 



Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo`lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaktsiya 

vaqtiga bog’liq bo`lib, ko`p hollarda harakat tezligi ko`rsatkiChlari bilan korelyatsiya qilinmaydi. 

Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo`shilmasidan) 

aniqlash mumkin. 

Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaktsiyasi vaqtiga, alohida harakatlarning bajarilishi 

tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar sur`ati) va boshqalarga bog’liq. Amalda yaxlit 

harakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to`la harakat aktining tezligiga bog’liq. Biroq murakkab 

koordinatsion harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, 

yugurishda qadam uzunliligiga, u o`z 

navbatida

, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga ham 

bog’liqdir. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida 

tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo`layotganligini tahlil qila olamiz xolos. 

Ko`pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda: 

a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi; 

b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish). 

Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o`tish qobiliyati – tezkorlik namoyon 

qilishda biri ikkinchisiga bog’liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo`lib 

masofada tez yugura olmasligi yoki uning aksicha ham bo`lishi mumkin. Signallarga tezlik yaxshi 

bo`lgani holda, harakat chastotasi oz bo`lishi ham kuzatiladi. 

Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaktsiyasining xarakterini turlicha namoyon bo`lishiga sababchi 

bo`ladi. Tezlik namoyon bo`lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko`rishimiz 

mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga ko`ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab 

tura olmasligiga guvoh bo`lishimiz mumkin. 

Yugurish tezligi harakatni ko`rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog’liq xolos. Tezlikning namoyon 

bo`lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog’i uzunligiga, o`z navbatida, yuguruvchi oyoq 

muskullarining erga tiranish kuchiga bog’liqdir. Shuning uchun harakat reaktsiyasining vaqt davomida 

namoyon bo`lishiga qarab o`quvchining sprintda o`zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz 

g’oyatda mushkul. 

Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqga “ko`chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko`chishi 

mashqlarni bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqin o`xshashaligi bo`lsagina namoyon bo`lgan, 

qolaversa individning mashqlanganligi (shug’ullanganligi) qancha yuqori bo`lsa, bu ko`chish shunchalik 

past darajada bo`ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). SHunga ko`ra, tezkorlik sifati xaqida 

gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, inson harakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini 

rivojlantirish xaqida gapirish lozim. 

Yakka harakat tezkorligini harakat aktini biomexaniq bo`laklarga (qismlarga) ajratib Chegaralangan 

holda tavsiflashimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniqlash kerak bo`lib qolsa, yugurishda sonni 

tez ko`tarib chiqa olish orqali aniqlanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: 

uloqtirishlarda)harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bo`lishi bilan umumiylashib (qo`shilib) 

ketadi va bu bilan tezkorlikni kompleksli xususiyatini 



– 

keskin harakat (rezkostp)ni vujudga keltiradi. 

Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlarida harakat tezligini rivojlantirish, ayniqsa, 

tashqi qarshiligi yuqori bo`lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o`ynaydi. 

Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo`lib, kuch talab qiladigan 

mashqlar orqaligina muskul qo`zg’alishi tezligining oshishi amaliyotda isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini 

oshirish vazifasi esa juda soda hal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tez harakatlar sharoitida o`tishi lozim. 

Buning uchun dinamik zo`riqish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bilan zo`riqish harakatni to`la 




amplitudada, eng yuqori tezlikda, shug’ullanuvChi uchun me`yoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga 

keltiriladi. 

Tsiklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qo`llarni maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan 

yuqori, oyoq qo`l bo`g’inlarining harakati chastotasi tananing boshqa a`zolari va boshqa bo`laklaridan 

yuqori darajada bo`lishi mumkin. 

Harakat chastotasini o`lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint 

yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlari sonini 

sanash orqali aniqlanadi. 

Harakat chastotasi va shu bilan birga, tsikli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda 

bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. 

Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va 

o`zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarni qo`llashda yugurish masofasi 

shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchining takroriy urinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi 

kerak. 


Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda o`tadi, shuning uchun dam olish intervali 

urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o`rnatilishi) lozim. 

Ularning oralig’ini engil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to`ldirish tavsiya etiladi. 

Emotsionallik va qo`zg’alishning yuqori darajasi tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bo`lishi uchun 

sharoit yaratadi. Bunda o`yin va musobaqa metodlari (bu metodlardan jismoniy tarbiya metodlari 

mavzusida tanishamiz) maqsadga muvofiqdir. 

Agarda ishni tez bajarish charchash ko`zga tashlana boshlaganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas

tezkorlik chidamliligi rivojlanadi. 

Shug’ullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini 

chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o`g’il bolalarda esa 12-13 yosh hisoblanadi. Mashqlarni standart 

ravishda takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning to`sig’ini” vujudga keltiradi. KiChik maktab 

yoshidagilar harakatli o`yinlar, o`rta va katta maktab yoshida sport o`yinlari, tezkorlik bilan bajaradigan 

standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir. 

Harakat tezligi reaktsiyasini sekundlar va Milli sekundlar bilan o`lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun 

vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reaktsiyasi tezlik talab qiladigan turli 

harakatlarni bajarish davomida rivojlanaveradi. Bunda harakat reaktsiyasini “ko`chish”i (tezlikning 

ko`chishi) kuzatilmaydi, ya`ni tezlik reatsiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin. 

Harakat reaktsiyasini rivojlantirishda turli-tuman harakatli, sport o`yinlarini vosita sifatida qimmati 

yuqori, ammo basketbol ularning chida etakchisidir. 

Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo`lgan, bo`ladigan signallarga imkoni boricha tez reaktsiya 

qila olish. 

Analitik yondoshish metodi, ya`ni engillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib 

tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi. 

Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaktsiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman 

signallarga reaktsiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to`xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar 

yoki o`qituvchi signali, buyrug’i bilan yugurish yo`nalishini o`zgartirish) mashqlarni yordamida 



rivojlantiriladi. Sport o`yinlari reaktsiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir. 


 

Document Outline

  • Reja;
  • 1) Jismoniy  sifatlari .
  • 2) Jismoniy sifatlar va ularning mohiyati  va uning  rivojlanishi  .
  • 3)Tezkorlik sifati va  uning rivojlanish uslubyati.
  • 1) JISMONIY SIFATLAR
  • Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi 1-mavzu: Kuch qobiliyatini tarbiyalash. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasini va namoyon bo‘lishini belgilovchi omillar. Tezlik-kuch qobiliya...
  • Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari
  • Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

Yüklə 319,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə