Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə13/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
NOTIQLIK MAJMUA

NUTQNING MOHIYATI - uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy qimmati bilan belgilanadi. «Madaniy nutq», «nutq madaniyati», «notiqlik» degan iboralar bor. Nutqning xarakteri anashularning mohiyatini bilish bilan izohlanadi. Ularning lingvistik birlik sifatida o‘z xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular insonlarning o‘zaro fikr almashishdagi nutqiy jarayonning bosqichli Shakllari deyish mumkin. Anashu Shakllar to‘g‘ri nutq, nutq madaniyati – notiqlikdir.
MUOMALA - axloq ko‘rki sanaladi. Har bir kishining qanday
dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qila yotgan muomalasidan ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqavositasi hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu qusur insonni doimo obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni ta’kidlaganlar.
MUHOKAMA - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma
tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli hajmdagi diologlari, monologlari asosida yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan foydalaniladi.
MUNOZARA- biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga hayajonli, tinglovchilarni qiziktiradigan va muhokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi.
MIMIKA - Inson yuzini qalb ko‘zgusi deb atash mumkin. Mimika, Ya’ni yuz mushaklarining harakati kishining ichki ruhiy holatini aks ettirib, u qanday hislarni
boshidan kechirayotgani haqida to‘g‘ri axborot beradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə