Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə16/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
NOTIQLIK MAJMUA

SALOMLASHISH ODOBI - Salomlashish insonning insonga bildirgan
hurmati, odamlarning o‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir – biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Salom berish k undalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan udum bo‘lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Assalomu-alaykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak. Salomlashish kishilar orasidagi o‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishida ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda Yoki xayrlashganda aytiladigan “Assalomu alaykum”,”salomatmisiz”,“omonmisiz”, ”yaxshimisiz”, “salomat bo‘ling” deyiladi. Bu so‘zlarda,insonlarning bir-biriga hurmat extiromi, hayrixoxlik izhori bilan birga bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor.
MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish - insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Murojaat qilish har - hil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdash bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, o‘z maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er -xotin o‘rtasidagi, do‘stlar Yoki mansabdor shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz.
XUSHOMADLAR - insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis shaklga o‘rangan bu ifoda bilan hammamiz ham lazzatlanamiz – har birimizda ozgina miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgulik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi.
PERIKL. Perikl yirik siyosiy arbobgina bo‘lib qolmay, ko‘zga ko‘ringan notiq ham edi. Perikl nutqlarining birorta teksti ham bizgacha etib kelmagan. Lekin
uning usta, ko‘zga ko‘ringan notiq bo‘lganligi haqida Yunon terixchisi Fukidid ma’lumot beradi. Perikl nutqi fikrning chuqurligi, formaning soddaligi, samimiyligi bilan, tinglovchilar psixologiyasini e’tiborga olganligi bilan xarakterlanadi.Periklning tajribasicha, yaxshi notiq faqat yaxshi gapirish bilan kifoyalanmay, balki auditoriyani ham o‘zga jalb eta biladigan kishi bo‘lishi kerak.
LISIY. Eramizdan avvalgi Y asr oxiri va IV asr boshlarida yashab o‘tgan, ko‘zga ko‘ringan sud notiqlaridan biri Lisiy edi. Lisiyning notiq sifatidagi
xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni Yangicha
Shaklga solishni juda oson egallaganligidir. U gapirishi lozim bo‘lgan kishinining xarakterini, ijtimoiy axvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq tekstini ishlab
chiqishga usta ediki, bu nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi.Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli Shaklda qiziqarli hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat – uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha so‘zlangan nutq ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi tinglovchilar bir necha
marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini yo‘qotadi. (Bir kuni Lisiy
o‘z himoyasidagi kishilardan biriga nutq tekstini yozib beradi. U bundan hursand
bo‘ladi… «Sen bir narsani unutyapsan, sud sening nutqingni faqat bir marta
eshitadi»,-deydi. ) Bu juda to‘g‘ri ko‘rsatma. Har bir ma’ruzachi shuni bilishi zarurki, bir auditoriyada ikki uch marta bitta ma’ruzani takror o‘qish mumkin emas.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə