Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə17/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
NOTIQLIK MAJMUA

DEMOSFEN. Qadimgi Yunonistonning Buyuk notiqlaridan biri. Unga Ritorikasohasidagi faoliyatida sharaf keltirgan narsa ulkan siyosiy nutqlaridir. Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydi. Unda jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va diksiyasi yomon bo‘lgan, kifti asabiy ravishda titrab turgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Demosfen ovozini o‘stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlardi va to‘lqin shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning
titrashidan qutulish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga Yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon bergan.
ARASTU. Arastu Ritorikanazariyasi – «Ritorika» asarini yaratdi. Bu asar uch
qismdan iborat:1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar taxlili.2. Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat.3. Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usulari. Arastuning fikricha ritorika fanining birinchi asoschisi Empidokl bo‘lgan. Lekin uning bu sohadagi ishi bizgacha umuman etib kelmagan. Empedoklning Shogirdi Koraks ritorika haqida Yangi ish yozgan bo‘lib, u ham bizgacha yetib kelmagan. Eng muhimi Koraks chiroyli nutqni «Ishontiruvchi xizmtkor» deb ta’riflaydi. Notiqlik san’atining rivojla na borishi uning prinsip va usullarini kashf etishga ham urinishga olib keldi. Natijada chiroyli so‘zlash nazariyasi – ritorika maydonga kela boshladi.
SITSERON. Sitseron Rim notiqlariing yalovbardoridir. Sitseron mukammal bilim oldi va notiqlik san’atining muhim maktabini bitirdi. Sitseron ijodida ikki an’ana asosiy rol o‘ynadi. Bulardan biri, grek so‘z ustalari maktabi keng bilim maydoni bo‘lsa, ikkinchisi, eski Rim notiqlari tajribasi, birinchi navbatda Katon tajribasi edi.Sitseronning notiqlik san’atidagi muvoffaqiyatida uning tabiiy qobiliyati –ta’sirchanlik, hayotiy idrok, chuqur sezgirlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə