Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə9/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
NOTIQLIK MAJMUA

Nazorat savollari

  1. Hikmatlar va ularning paydo bo’lishi haqida nimalar bilasiz?

  2. Hikmat turlari.

  3. Xalq og’zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?

  4. Xalq og’zaki ijodining turlari.

  5. Maqol va ma’tallar haqida nimalar bilasiz?

  6. Nutqda xalq hikmatlaridan foydalanishning ahamiyati qanday?

6-mavzu: Hozirgi davrda notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo’yiladigan asosiy talablar
Reja:

  1. Notiqlik san’ati va hozirgi davr.

  2. Notiqlik san’atining bugungi kundagi ahamiyati.

  3. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo’yiladigan asosiy talablar.

  4. Notiqlik san’ati va ijtimoiy fan o’qituvchilari.

Tayanch so`z va iboralar. Notiqlik san’ati, zamonaviy notiq,notiq imidji, aql-zakovat, idrok,ziyoli, sermutoala
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va butun xalqimizga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida “...zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”ligini ta’kidlab, Sharq donishmandlarining fikrlarini keltirdilar: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”. “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart”, dedilar. Demak, mamlakat taraqqiyotini, xalq farovonligini o’stirishda tarbiyalangan, bilimli, etuk mutaxassislarning o’z o’rni bor. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda esa ijtimoiy fan o’qituvchilarining xizmatlari beqiyos. Bugungi kun talabiga ko’ra, jamiyatga, davlatga bilimli, salohiyatli kadrlar kerak. Zamonaviy bilimga, malakaga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy fan o’qituvchilari oldida katta mas’uliyat va vazifa turadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo’l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o’qib, o’rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o’zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o’zgaradi”. Bu ulug’vor ishlarni amalga oshirishda yaxshi bilimga, yaxshi axloqqa, yaxshi nutqqa ega bo’lish talab etiladi.
Demak, mamlakatimiz taraqqiyoti xalqimiz farovonligi ilm-fanga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz “2020-yilni ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb atashida juda katta ramziy ma’no bor. Bugungi kun talabiga javob beradigan mutaxassislar, avvalo, yurt ishi uchun tayyor bo’lishi, yurtga sadoqatli, Vatanini sevuvchi, milliy qadriyatlarni, xalq urf-odatlarini yaxshi biluvchi va qadrlovchi, ajdodlar merosiga hurmat bilan qarab, o’qib, o’rganuvchi, bilimi keng, jahon tillarini biladigan, muloqot qila oladigan shaxs bo’lishi kerak. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo’yiladigan talablar keskin kuchaydi. Ayni kunlarda yangiliklar bilan, ayniqsa, yoshlarni hayratlantirib bo’lmay qoldi. Chunki bugun axborot asri, kompyuter asrida har qanday yangilik bir necha soniyada barchaga ma’lum bo’ladi. Yangiliklar yashin tezligida tarqalayotgan bir paytda notiqlarga qo’yiladigan talablar ham yanada ortdi.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fani bo’yicha ma’ruza o’qiyotgan, suhbat o’tkazayotganlarga qanday talablar qo’yilmoqda?

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə