Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari 
O‘lchash natijasi nima 
O‘lchash natijasiga ishlov berish nima 
Urug‟lik paxta va urug‟lik chigitga doir standart sinash usullarini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Talabalarga Urug‘lik paxta va urug‘lik chigitga doir standart sinash usullarini puxta 
hamda samarali yo‘lga qo‘yishni tushuntirish. 
O‗ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
QISHLOQ 
VA 
SUV 
XO‗JALIGI 
VAZIRLIGI 
O‗ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
IQTISODIYOT 
VAZIRLIGI 
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING 
QARORI 
VAZIRLIKLAR, 
IDORALAR, 
ILMIY-TADQIQOT 
MUASSASALARI, 
ELITA 
URUG‗CHILIK 
XO‗JALIKLARI, PAXTA ETISHTIRUVCHI XO‗JALIKLAR, G‗O‗ZA URUG‗CHILIGI VA SELEKSIYASIGA 
ALOQADOR 
BO‗LGAN 
MANSABDOR 
SHAXSLARNING 
YAKUNIY 
NATIJALAR 
UCHUN 
JAVOBGARLIGI TO‗G‗RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA


37 
[O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 12-fevralda 1449-son bilan davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazildi] 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi ―G‗o‗za urug‗chiligini tashkil 
etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 604-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz: 
1. ―Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, elita urug‗chilik xo‗jaliklari, paxta yetishtiruvchi 
xo‗jaliklar, g‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasiga aloqador bo‗lgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun 
javobgarligi to‗g‗risidagi nizom‖ ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
2. Ushbu Nizom O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan kundan 10 kun 
o‗tgach kuchga kiritilsin. 
Mazkur Nizom Respublikada g‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasiga oid chiqarilgan qonunlar, Hukumat 
qarorlarini o‗z vaqtida va to‗g‗ri bajarilishini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda g‗o‗za urug‗chiligi va 
seleksiyasi masalasiga aloqador bo‗lgan barcha tashkilot rahbarlarining va mas‘ul xodimlarining mas‘uliyatini 
oshirishga qaratilgan bo‗lib, ularning javobgarligini belgilaydi. 
Nizom O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ―Urug‗chilik to‗g‗risida‖gi, ―Seleksiya yutuqlari 
to‗g‗risida‖gi qonunlari hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi ―g‗o‗za 
urug‗chiligini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 604-sonli qaroriga muvofiq ishlab 
chiqilgan. 
I. Umumiy qoidalar 
Ushbu Nizomda qo‗llaniladigan tushunchalar: 
urug‗lik — o‗simlikning nav va duragaylarni saqlab qolish, takror yetishtirish uchun ishlatiladigan botanik 
donlari yoki boshqa qismlari; 
sertifikatlangan (reproduksion) urug‗liklar — davlat standartlari talablariga to‗liq javob beradigan 
urug‗liklar; 
duragay urug‗liklar —turkumdoshlarni chatishtirishdan olinadigan urug‗liklar; 
genetik sifat (nav sifati) — muayyan nav urug‗likning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini 
bildiruvchi ko‗rsatkichlar majmui; 
ekinboplik xususiyati — urug‗liklarning ekishga qanchalik yaroqli ekanligini bildiruvchi ko‗rsatkichlar 
majmui; 
urug‗lik turkumi — bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan 
yil hosilidan olingan kelib chiqishi bir), hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urug‗likning bir xil miqdori;
aprobatsiya qilish — o‗simliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, 
zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‗ljallangan urug‗likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada 
o‗tkazilgan tadqiqot
patent egasi (litsenziar) — seleksiya navining egasi, duragay egasi huquqini qonun hujjatlariga muvofiq 
olgan shaxs. 
II. Vazirliklar, idoralar, ilmiy tadqiqot muassasalari, elita urug‗chilik xo‗jaliklari, paxta yetishtiruvchi 
xo‗jaliklar, g‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador bo‗lgan mansabdor shaxslarning javobgarligi 
O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vaziri, Paxtachilikni rivojlantirish kengashining raisi, 
vazirning agrotexnologiyalar masalalari bo‗yicha o‗rinbosari, Paxtachilikni rivojlantirish boshqarmasining boshlig‗i: 
g‗o‗za urug‗chiligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga; 
g‗o‗za navlarini samarali joylashtirilishini ta‘minlashga mas‘uldirlar. 
O‗zbekiston Qishloq xo‗jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining bosh direktori, Markazning ilmiy kotibi, 
g‗o‗za seleksiyasi, urug‗chiligi va agrotexnologiya bo‗limining boshlig‗i, viloyat filiallarining rahbarlari: 
g‗o‗za urug‗chiligi sohasida nazariy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish borasidagi yaratilgan yangi 
qo‗llanmalarni ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy etishga; 
markaz tasarrufidagi tajriba stansiyalari va xo‗jaliklarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga; 
grantlar asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish orqali yangi yaratilgan tezpishar, 
hosildor va tola sifati oq rangli bo‗lib, jahon talablariga javob beradigan navlarni ishlab chiqarishga joriy etishga;
g‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasi sohasidagi fan yutuqlarini joriy etish va dehqonchilik mahsulotlari 
hosildorligini oshirish bo‗yicha tavsiya etilgan qo‗llanmalar hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan yangiliklardan 
kutilgan natija va samarani ta‘minlashga mas‘uldirlar. 
Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining bosh direktori, g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi bo‗lim boshlig‗i, 
institut filiallari direktorlari va tajriba xo‗jaliklari rahbarlari: 
institutda yaratilgan g‗o‗za navlarining turli mintaqalarda yetishtirishga mos agrotexnikasini ishlab chiqish va 
tavsiyalar tayyorlashga; 
Respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlariga mos g‗o‗zaning yuqori hosilli, ertapishar, tola sifati 
raqobatbardosh, jahon bozori talablariga to‗liq javob beradigan kasallik va zararku nandalarga, sho‗rga va 
suvsizlikka chidamli, texnologik jihatdan mustahkam va tola chiqimi yuqori, chigiti moydor, ekish va hosilni terib 
olishni mexanizatsiyalashga moslashgan o‗rta va ingichka tolali g‗o‗za navlarini yaratishga va joriy etishga;
g‗o‗zaning turli tuproq iqlim sharoitiga mos keladigan yangi va istiqbolli navlarining birlamchi urug‗larini 
yetishtirishga va ko‗paytirishga; 
yaratilgan g‗o‗za navlarining joriy etish maydoni, birlamchi urug‗larining talab darajasida yetishtirilganligi 
va ushbu navlarning iqtisodiy samaradorlik natijasini ta‘minlashga mas‘uldirlar. 


38 
O‗zbekiston g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi ilmiy tadqiqot institutining bosh direktori, g‗o‗za seleksiyasi 
va urug‗chiligi bilan shug‗ullanuvchi loyihalar rahbarlari, tajriba xo‗jaliklari direktorlari va yangi navlar urug‗larini 
ko‗paytiruvchi laboratoriyalar mudirlari: 
O‗zbekiston Fan va texnologiya markazining grantlari asosida g‗o‗zaning yangi o‗rta va ingichka tolali 
tezpishar, serhosil, hasharot va zararkunandalarga chidamli, to la sifati jahon talablariga javob beradigan, hamda 
ekstremal sharoitlarga (sho‗rlanish va suv tanqisligiga) bardoshli bo‗lgan navlarini yaratish va ularning birlamchi 
urug‗larini ko‗paytirish bilan shug‗ullanishga; 
g‗o‗zaning mavjud genetik resurslarini o‗rganish, boyitish, yangilash, genetik kelib chiqishi bir xil va uzoq 
g‗o‗za turlarini chatishtirish, irsiyatga turli uslublar orqali ta‘sir etish va o‗zgargan shakllar olish, genetik 
resurslardan seleksiyada keng foydalanish yo‗li bilan yangi g‗o‗za navlarini yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy 
qilishga; 
urug‗lik chigit sifatlarini oshirish uslublari hamda g‗o‗zaning birlamchi urug‗chiligi va urug‗shunosligi 
uslublarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishga mas‘uldirlar. 
Institutning yuqorida qayd etilgan rahbarlarining faoliyati ishlab chiqarish talablariga javob beradigan va 
tolasining sifat ko‗rsatkichlari xalqaro andozalarga mos keluvchi g‗o‗za navlarini yaratishga yo‗naltirilgan ilmiy 
izlanishlarni olib borish va joriy etilayotgan navlarning belgilangan sharoitda kutilayotgan iqtisodiy samarasi 
bo‗yicha baholanadi. 
Respublika qishloq xo‗jaligi ekinlari birlamchi urug‗chiligi va urug‗shunoslik stansiyasining direktori, bo‗lim 
boshliqlari va laboratoriya mudirlari, loyihalar rahbarlari: 
g‗o‗zaning birlamchi urug‗chiligi va urug‗shunosligining muqobil ilmiy asoslari va tizimini ishlab chiqish va 
mukammallashtirishga; 
yuqori sifatli superelita, elita va birinchi avlod urug‗lari yetishtirish samaradorligini oshirish usullarini hamda 
urug‗chilik bo‗yicha standartlarni ishlab chiqish, urug‗lik yetishtirishning texnik shartlarini tayyorlashga mas‘uldir. 
Yaratilgan uslubiy qo‗llanmalar va usullarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali yetishtiriladigan ko‗p va 
yuqori sifatli mahsulot miqdori stansiyaning yakuniy ish natijasi hisoblanadi. 
Stansiyaning faoliyati yaratilgan uslublardan olinadigan yakuniy natija bilan baholanadi. 
Qishloq xo‗jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining raisi, Paxta va boshqa texnik ekinlari 
navlarini sinash bo‗limining boshlig‗i: 
nav originatorlari tomonidan yaratilgan yangi g‗o‗za navlarining sinovini turli mintaqalarda joylashgan nav 
sinash shoxobchalarida yuqori agrotexnika sharoitida olib borish, navlarni har tomonlama obyektiv va sinchiklab 
baholashga; 
turli tuproq iqlim sharoitida yetishtirishga moslashgan, hasharot va zararkunandalarga chidamli istiqbolli 
navlarni ajratib olishga; 
keng miqyosda ishlab chiqarishda sinab ko‗rish, ulardan eng yuqori navdor va hosildor ko‗rsatkichga ega 
bo‗lganlarini Davlat reyestriga kiritishga mas‘uldirlar. 
Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan ishlab chiqarishga tavsiya qilingan va joriy etilgan yangi g‗o‗za 
navlarining agrotexnik tadbirlari to‗g‗ri bajarilganda ko‗zda tutilgan samaraga erishilishiga mas‘uldir. 
Respublika g‗o‗za urug‗chiligi markazi boshlig‗i, elita va avlodli urug‗liklar yetishtirish bo‗limining 
boshlig‗i, viloyat paxta urug‗chiligi birlashmalarining raislari: 
davlat reyestriga kiritilgan g‗o‗za navlarining sifatli elita va yuqori reproduksiyali urug‗larini tayyorlash va 
ishlab chiqarishga joriy etishga; 
elita urug‗larini yetarli hajmda tayyorlash va navdorlikning davlat standarti talablariga muvofiq bo‗lishini 
hamda asosiy paxta maydonlarini elita, R1, R2 va qisman R3 urug‗liklari bilan ekilishini ta‘min lashga; 
bir yillik zaxira fondi uchun tayyorlanayotgan urug‗liklarning sifatini Davlat standartlariga javob beradigan 
holda tayyorlashga; 
urug‗chilik xo‗jaliklarini tender asosida tanlab olishga va belgilangan talablar asosida urug‗lik yetishtirishga;
g‗o‗za navlarining tasdiqlangan tartibiga qat‘iy rioya etgan holda joylashtirishga;
Markazning yuqorida ko‗rsatilgan rahbarlari Davlat standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli 
urug‗lik paxtani yetishtirishga mas‘uldirlar. 
Davlat reyestriga kiritilgan va Respublika hududlariga tavsiya etilgan g‗o‗za navlarining superelita, elita va 
birinchi avlod urug‗larini yetishtiruvchi elita urug‗chilik xo‗jaliklarining hamda paxta yetishtiruvchi xo‗jaliklarning 
raislari va bosh agronomlari: 
dastlabki urug‗ ko‗paytirish xo‗jaliklaridan yoki nav originatorlaridan yakka tanlov, oilaviy terim urug‗larini 
nav mualliflari tavsiya etgan uslub bo‗yicha ko‗paytirishga; 
urug‗lik ekilgan maydonlarini begona nav o‗simliklaridan tozalashga, eng yaxshi yakka tanlovlar hamda 
oilaviy terimlar tayyorlashga; 
tayyorlangan urug‗lik paxtani laboratoriya tahlilidan o‗tkazishga, olingan ma‘lumotlarni umumlashtirish va 
yaroqsiz oilalarni chiqarib tashlashga; 
kasal keltiruvchi begona ekinlarni urug‗lik maydonlari atrofiga ekilmasligi hamd a boshqa navlar bilan 
chatishtirishga yo‗l qo‗ymaslikka; 
superelita va elita maydonlarni joylashtirish uchun suv bilan yaxshi ta‘minlangan hosildor (unumli) yerlarni 
tanlashga, barcha agrotexnik tadbirlarga rioya qilishga, ko‗paytirilayotgan urug‗larning n av tozaligiga mas‘uldirlar. 


39 
―O‗zpaxtasanoat‖ uyushmasining raisi, tegishli bo‗lim boshliqlari, viloyatlar Paxtasanoat birlashmalari va 
urug‗lik paxtani qayta ishlovchi korxonalari rahbarlari: 
uyushma tizimidagi urug‗chilikka ixtisoslashtirilgan maxsus paxta tozalash korxonalari xo‗jaliklarda 
yetishtirilgan urug‗lik paxtani DST 642-95 standarti, ―Paxta tayyorlash, qabul qilish va saqlash‖ yo‗riqnoma 
talablariga asosan qabul qilish va saqlashga; 
―Urug‗lik paxtani dastlabki qayta ishlash va urug‗lik chigit tayyorlash reglamenti‖ PDKI-44-2002 ―Urug‗lik 
chigitni dorilash bo‗yicha tavsiyanoma‖ga asosan dorilashga; 
g‗o‗za navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qat‘iy rioya etgan holda urug‗lik chigit yetkazib 
berishga; 
urug‗lik chigitni dorilash, tayyorlash va iste‘molchilarga yetkazib berishning belgilangan muddatlariga qat‘iy 
rioya etishga; 
zaxiraga qoldirilgan urug‗lik chigitni standartlar asosida saqlanishini ta‘minlashga va undan keyingi 
foydalanishni O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jalig i vazirligining ruxsati bilan amalga oshirishga 
mas‘uldirlar. 
Uyushmaning yuqorida qayd etilgan rahbarlari urug‗lik paxtani belgilangan tartibda qabul qilish, saqlash, 
qayta ishlash, tozalash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va dorilangan chigitlarni o ‗rnatilgan tartibda omborlarda 
saqlab, ekish mavsumida paxta yetishtiruvchi xo‗jaliklarga o‗z vaqtida yetkazib berish uchun javobgardir. 
Qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish Davlat markazi 
―O‗zdavurug‗nazoratmarkaz‖ning boshlig‗i, Dala nazorati bo‗limi boshlig‗i, Markaziy sinov laboratoriya mudiri, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyat ―Davurug‗nazoratmarkazi‖ va paxta urug‗chilik laboratoriya mudirlari: 
qishloq xo‗jaligi ekinlari navlarining genetik sofligini va urug‗ sifatini nazorat qilishga; 
qishloq xo‗jalik ekinlari urug‗larni sertifikatsiyalashga; 
urug‗lar sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqishga, takomillashtirishga, urug‗ yetishtirish va sifatini aniqlash 
bo‗yicha Davlat standartlarini, yangi us lubiy qo‗llanmalar va yo‗riqnomalarni ishlab chiqishga
qishloq xo‗jaligi ekinlarining rayonlashgan va istiqbolli navlarni nav sofligini metodik asosida tahlil qilishga;
g‗o‗za navlarining tasdiqlangan joylashtirish tartibiga rioya etilgan holda ekilishini nazorat qilishga; 
urug‗likka olinadigan qishloq xo‗jalik ekinlari aprobatsiyasini to‗g‗ri o‗tkazilishini nazorat qilishga, 
laboratoriya tahlillaridan o‗tkazilgan urug‗liklarni arxivda to‗g‗ri saqlashga; 
laboratoriyalar tomonidan urug‗likning standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalarning 
haqqoniyligiga; 
belgilangan tartibda tenderdan o‗tmagan urug‗chilik xo‗jaliklaridan urug‗lik paxtani ixtisoslashgan paxta 
tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinishini taqiqlashga mas‘uldirlar. 
III. G‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador bo‗lgan mansabdor shaxslarning javobgarligini 
aniqlash va ular tomonidan yetkazilgan moliyaviy zararni qoplash tartibi 
Ushbu Nizomning II-bo‗limida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada 
bajarilishini ta‘minlamagan mansabdor shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda moddiy, intizomiy, ma‘muriy yoki 
jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Mansabdor shaxslarning aybdorlik darajasini va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash O‗zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirining buyrug‗i bilan urug‗chilik va seleksiya sohasiga oid olimlar va 
mutaxassislar, manfaatdor vazirlik va idoralarning mas‘ul xodimlaridan iborat bo‗lgan idoralararo komissiya 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Idoralararo komissiyasining vakolatlari: 
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan 
mansabdor shaxslarning aybdorlik darajasini aniqlashdan;
mansabdor shaxslar tomonidan o‗zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta‘minlamaganligi yoki lozim 
darajada bajarilishini ta‘minlamaganligi oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashdan;
o‗z vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka 
tortish bo‗yicha vakolatli organ yoki rahbarlarga takliflar kiritishdan; 
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan mas‘ul 
xodimlar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlarni undirish to‗g‗risida da‘vo arizalari kiritishdan; 
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan mas‘ul 
xodimlarni ma‘muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun to‗plangan hujjatlarni huquqni mu hofaza etuvchi 
organlariga kiritishdan iboratdir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə