Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

 
 
 
 
 

GulDU 
 



O‟zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‟g‟risida”gi qonunini o‟rganish. (2020 yil 7 aprel, 
O‟RQ-614-son) 
Ishning maqsadi
: Talabalar O‘zbekiston Respublikasining ―Metrologiya to‘g‘risida‖gi qonunini o‘rganish 
va tatbiq etilishi haqida ma‘lumotga ega bo‘lishlaridir. 
2. Nazariy ma‘lumotlar 
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKAS INING QONUNI 
«METROLOGIYa TO‟G‟RISIDA»GI O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‟ZGARTISh 
VA QO‟ShIMChALAR KIRITISh XAQIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 12 noyabrda qabul 
qilingan 
Senat tomonidan 2020 yil 28 fevralda ma‘qullangan 
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Metrologiya to‘g‘risida»gi 
1004-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 48-modda; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 
343-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 
2-modda. O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini 
hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta‘minlasin. 
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ -huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib 
chiqishlari va bekor qilishlarini ta‘minlasin. 
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoEV 
Toshkent sh., 
2020 yil 7 aprel, 
O‘RQ-614-son 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
Metrologiya to‘g‘risida 
(yangi tahriri) 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining metrologiya 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma 
qoidalari qo‘llaniladi. 
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
metrologiyaga oid faoliyat — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash, o‘lchash uslublari va 
vositalari, shuningdek talab qilinadigan aniqlikka erishish usullari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat;
metrologik kuzatiluvchanlik — o‘lchash natijasining hujjatlashtirilgan uzluksiz kalibrlashlar ketma-ketligi 
orqali etalonga bog‘lash mumkin bo‘lgan xossasi; 
metrologik ekspertiza — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi bilan bog‘liq metrologik talablar, qoidalar 
va normalarni qo‘llash to‘g‘riligi hamda to‘liqligini baholash va tahlil qilish bo‘yicha tashkiliy -huquqiy ishlar 
majmui; 
sinov vositasi — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik 
qurilma, modda va (yoki) material
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki tarkibini 
tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi shaklidagi o‘lchash 
vositasi; 
etalon — muayyan kattalik birligining o‘lchamini boshqa o‘lchash vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta 
hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi; 
o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichi — o‘lchash uslubiyotining qo‘llanilayotgan normalari va qoidalariga 
rioya etilganda olingan o‘lchash natijalari aniqligining belgilangan tavsifi; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti — o‘lchashlarning bajarilishini va ularning natijalari belgilangan aniqlik 
ko‘rsatkichlari bilan olinishini ta‘minlaydigan operatsiyalar va qoidalar majmui; 
o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega 
bo‘lgan texnika vositasi; 



o‘lchash vositalarini kalibrlash — berilgan sharoitlarda o‘lchash vositasi yordamida olingan kattalik qiymati 
va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali o‘lchash vositasining 
metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui;
o‘lchash vositalarini qiyoslash — o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablarga 
muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi — o‘lchashlarning natijalari qonuniylashtirilgan birliklarda 
ifodalangan va o‘lchashlarning aniqlik ko‘rsatkichlari ma‘lum ehtimollik bilan belgilanga n chegaralarda joylashgan 
holati. 
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash ; 
ishonchsiz o‘lchash natijalarining oldini olish; 
xolis, ishonchli va solishtiriladigan o‘lchash natijalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish;
o‘lchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik kuzatiluvchanligini ta‘minlash;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texn ik taraqqiyotiga ko‘maklashish. 
5-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasinining asosiy printsiplari 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: 
qonuniylik; 
metrologiya tekshiruvi va nazorati natijalarining xolisligi; 
ilmiy asoslanganlik; 
o‘lchash birliklari qo‘llanilishida xalqaro birliklar tizimining ustuvorligi; 
boshqaruv tizimining yagonaligi; 
ma‘lumotlarning oshkoraligi va ochiqligi; 
o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha milliy va xalqaro talablarning uyg‘unligi. 
2-bob. Metrologiyaga oid faoliyat sohasini tartibga solish
6-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
metrologiyaga oid faoliyatni xalqaro talablar asosida rivojlantirish;
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ularni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish; 
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirish; 
noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash tizimi ishlashi va 
rivojlanishini, uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan 
uyg‘unlashuvini ta‘minlash; 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi 
vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta‘minlaydi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini 
ta‘minlaydi; 
o‘z vakolatlari doirasida metrologiyaga oid faoliyat sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; 
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kattalik birliklarining nomlari va belgilari, ularni yozish va qo‘llash qoidalarini, metrologiya tekshiruvi va 
nazorati tartibini, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash vositalarini sinash va metrologik attest atsiyadan o‘tkazish, 
qiyoslash, kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e‘tirof etish tartibini belgilaydi. 
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining davlat tomonidan boshqarilishini metrologiya bo‘yicha milliy organ — 
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli 
davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari metrologiya xizmatlaridan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik 
shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iboratdir. 
Davlat metrologiya xizmati maxsus vakolatli davlat organ i va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalaridan, shuningdek O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan iborat. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organla ri 
huzuridagi maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan bo‘linmalardan iboratdir. 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan 
maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan yuridik s haxslardan va (yoki) ular huzuridagi bo‘linmalardan 
(bundan buyon matnda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari deb yuritiladi) iborat. 



Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologiya 
xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni bajarish 
hamda metrologiya tekshiruvini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya 
xizmatlarining huquq va majburiyatlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlarda 
o‘rnatiladi. 
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari 
Maxsus vakolatli davlat organi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
mamlakatda metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo tashkilotlarning faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; 
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini o‘rnatadi, 
shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta‘minlaydi; 
o‘lchash uslublari, vositalari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni belgilaydi;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid faoliyat 
sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi; 
davlat sinovlaridan o‘tgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘lchash 
vositalarining davlat reestrini yuritadi; 
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda normativ -
huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi;
ilmiy kadrlar va muhandis -texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat 
va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etadi; 
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi; 
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash tizimi ishlashi va 
rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan 
uyg‘unlashuvini ta‘minlaydi; 
iste‘molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini 
noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan o‘lchashlarning yagona birlikda 
bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotni oladi. 
10-modda Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
bo‘linmalarining vakolatlari 
Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
bo‘linmalari: 
akkreditatsiya qilingan holda o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash va 
kalibrlash ishlarini bajaradi
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
milliy darajada laboratoriyalararo solishtirishlarda ishtirok etadi. 
11-modda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakolatlari 
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti: 
O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlar bazasini takomillashtiradi va rivojlanishini t a‘minlaydi; 
etalonlarni va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini saqlab turish hamda ularni xalqaro darajada 
solishtirish, shuningdek kattalik birliklarini saqlash va uzatish bo‘yicha ishlarni bajaradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; 
metrologiya tekshiruvi natijalarini o‘zaro e‘tirof etish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni ro‘yobga chiqarishda 
ishtirok etadi; 
metrologiya tekshiruvini va metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi. 
12-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar 
metrologiya xizmatlarining vakolatlari 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya 
xizmatlari: 
akkreditatsiya qilingan holda o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini bajaradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi. 
3-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish 
13-modda. O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar 
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy 
kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash va 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ 
hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti; 



o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti; 
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti. 
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga metrologiya 
tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham kiradi. 
O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
uslubiyoti metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi. 
14-modda. Kattalik birliklari 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga 
yo‘l qo‘yiladi. Kattalik birliklarining nomlari, belgilari, ularni yozish va qo‘llash qoidalari maxsus vakolatli davlat 
organining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlan adi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar tizimiga kiritilmagan birliklarni 
qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shartnoma shartlariga muvofiq o‘zga kattalik birliklaridan 
ham foydalanish mumkin. 
15-modda. Kattalik birliklarining etalonlari 
Kattalik birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta hosil qilinadi. 
Etalonlar orqali qayta hosil qilinadigan kattalik birliklari xalqaro birliklar tizimining birliklariga qadar 
metrologik kuzatiluvchanlikni ta‘minlashi kerak. 
Maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan milliy etalon O‘zbekiston Respublikasi hududida muayyan 
kattalik birligining o‘lchamini belgilash uchun birlamchi etalon sifatida e‘tirof etiladi. 
Milliy etalonlarni xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan 
o‘rnatiladi. 
16-modda. O‘lchash vositalari va sinov vositalari 
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari va sinov vositalari o‘lchash natijalarining belgilangan aniqlikdagi 
qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini ta‘minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi kerak. 
O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ruxsat etilmagan sozlash va ara lashuvlarning 
oldini olish maqsadida o‘lchash vositalarining konstruktsiyasi o‘lchash vositalarining funktsional qismlariga (shu 
jumladan dasturiy ta‘minotga) kirish cheklanishini ta‘minlashi kerak. 
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yo ki) materiallarning o‘lchash vositalari va (yoki) 
sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi: 
qiymatlari ma‘lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik xususiyatlarga 
va texnik tavsiflarga ega bo‘lishi; 
o‘lchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini ta‘minlash qobiliyati, 
shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi; 
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron printsiplarda ishlashi. 
Quyidagi hollarda texnik vositalar o‘lchash vositalari va (yoki) sinov vositalari hisoblanmaydi: 
indikator funktsiyasiga ega bo‘lganda; 
natijalari o‘lchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun foydalanilganda;
faqat o‘lchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funktsiyalarini bajarganda. 
17-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchash natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini baholashni o‘z ichiga 
olishi va o‘lchash o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta‘minlashi kerak. O‘lchashlar 
belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlariga muvofiq amalga oshirilishi 
zarur. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish o‘lchashlarni bajarish 
uslubiyotining unga qo‘yiladigan metrologiya talablariga muvofiqligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida 
tadqiqotlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish tartibi maxsus 
vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi. 
4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati 
18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiy a xizmati organlari tomonidan metrologiya 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. 
19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob‘ektlari 
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob‘ektlaridir: 
etalonlar; 
o‘lchash vositalari; 
sinov vositalari; 
standart namunalar; 
axborot-o‘lchash tizimlari; 



o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari; 
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ob‘ektlar. 
20-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan o‘lchashlarga nisbatan 
qo‘llaniladi: 
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; 
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; 
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; 
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash; 
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yo ng‘in 
xavfsizligini, suv ob‘ektlarida insonlarning xavfsizligini ta‘minlash; 
sanoat xavfsizligini ta‘minlash; 
davlat mudofaasini ta‘minlash; 
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta‘minlash; 
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; 
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta‘mirlash va metrologik attestatsiyadan 
o‘tkazish; 
foydali qazilmalarni qazib olish; 
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; 
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa sohalariga 
nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. 
21-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob‘ektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) 
tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi. 
Davlat metrologiya tekshiruvi: 
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish; 
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash; 
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish. 
22-modda. Davlat metrologiya nazorati 
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning, shuningdek 
boshqa qonun hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazorati: 
o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot -o‘lchash tizimlari) ishlab 
chiqarilishi, ta‘mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; 
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya qilingan 
metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati; 
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 
qonun hujjatlarida belgilanadi. 
23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan d avlat metrologiya nazorati 
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan davlat 
metrologiya nazorati davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari tomonidan o‘tkaziladi. 
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati o‘ram tarkibini o‘ramni 
ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘ramdagi tovar miqdorini 
ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa o‘ramda be lgilangan hollarda amalga 
oshiriladi. 
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq holdagi qadoqlangan 
tovarlar uchun iste‘mol idishi sifatida foydalaniladigan o‘lchamli idishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
O‘ramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati tekshiruv xaridi orqali 
amalga oshirilishi mumkin. 
24-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash 
O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash o‘z ichiga davlat sinovlarini o‘tkazish orqali o‘lchash 
vositalarining metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash, o‘lchash vositalarining metrologiya to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiqligini belgilash hamda o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish 
bo‘yicha ishlarni oladi. 



O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish yagona nusxalarda ishlab chiqariladigan (yoki 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import bo‘yicha yagona nusxalarda olib kiriladigan) o‘lchash vositalarining 
xossalarini tadqiq etish asosida ular qo‘llash uchun yo‘l qo‘yilishini e‘tirof etish maqsadida davlat metrologiya 
xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 
Ushbu Qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import 
bo‘yicha olib kirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan va turini tasdiqlashdan yoki metrologik 
attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. 
O‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritish maxsus 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 
Tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri 
belgisini qo‘yishi shart. 
25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash 
O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlarining akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslaganda o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablarga ularning 
muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma -ketligini belgilovchi o‘lchash vositalarini 
qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi. 
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati maxsus vakolatli davlat 
organi tomonidan tasdiqlanadi. 
26-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash 
O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan 
o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi. 
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida ko‘rsatilganidan boshqa 
sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va 
ta‘mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. 
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash 
natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin. 
O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil 
etilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Sinov vositalarini attestatsiya qilishda sinov vositalarinin g normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash imkonini beruvchi sinov vositalarini 
attestatsiya qilish uslubiyotidan foydalaniladi. 
28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega 
bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish 
Metrologiya xizmatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik 
ekspertizasini, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan o‘lchash vositalarini, sinov vositalarini, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan 
o‘tkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish, o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga 
oshirish huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarn ing metrologik ekspertizasini, ushbu 
Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash 
vositalarining, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, sinov vositalarining 
attestatsiyasini, o‘lchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan 
metrologiya xizmatlari faoliyatining inspektsiya nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
5-bob. Yakunlovchi qoidalar 
29-modda. Davlat metrologiya xizmatin i davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiq bollarini ishlab chiqish; 
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet 
el milliy xizmatla ri bilan ishlar bajarish; 
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ -huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek 
xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy -tadqiqot va boshqa ishlarni 
o‘tkazish; 
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda 
asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta‘minlash; 
standart namunalarni ishlab chiqish; 



davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish. 
30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
O‘lchash vositalarini sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash va kalibrlash, 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, texnik jihatdan tartibga s olish va o‘lchashlarning 
yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan 
asosliligini hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchashlar va sinovlar 
bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar, shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan 
boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi. 
31-modda. Nizolarni hal etish 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
32-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə