Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
1. Etalon nima? 
2. Etalonlarni qonuniy tasniflanishi? 
3. O‘zbekistonning milliy boshlang‘ich etalonlarini qisqacha sharhi? 
Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo‟limlari faoliyatini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Talabalarga metrologiya instituti faoliyatlarini samarali o‘rgatish. 
Nazariy ma‘lumotlar.O‘tgan asrning 30-yillarida Turkiston Respublikasi ichki savdoni tartibga solish 
Qo‘mitasi qoshida o‘lchovlar va tarozilar byurosi, 1924 yilda Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat 
nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Shu yilniig o‘zida O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilari Palatasi tashkil qilindi 
va u aynan O‘rta Osiyo respublikalarida metrologik xizmatlar asoschisi bo‘ldi. 
Hozirgi kunda ―O‘zstandart‖ agentligi boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat metrologik 
xizmati ko‘p tarmoqli, texnik jihatdan to‘la jihozlangan, zamonaviy me‘yoriy va metodik xujjatlar bilan 
ta‘minlangan Respublika sinov va sertifikatlashnirish markazi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy -tadqiqot instituti, 16 ta xududiy markazlar va 148 ta 
yuridik shaxslar metrologik xizmatlaridan iborat bo‘lgan katta tizimdir. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining 
asosiy vazifasi respublikamizda o‘lchashlar birligini ta‘minlash orqali noto‘g‘ri o‘lchashlarning salbiy natijalaridan 
iste‘molchilar xuquqlari, fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligi, atrof muhit hamda davlat manfaatlarini muhofaza qilish 
va davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning bu gungi dolzarb masalalaridan biri bu – davlatimiz 
ekport salohiyatini oshirish. Bu masalani hal qilishda metrologiyaning o‘rni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Xalqaro savdoga ko‘maklashish uchun mamlakatda o‘tkazilgan o‘lchashlar natijalarini boshqa da vlatlar tomonidan 
tan olinishini ta‘minlash bu masalaning asosiy negizi sanaladi. Respublikamizda berilgan sertifikatlar boshqa 
davlatlar tomonidan tan olinishi eksport qiluvchilarga qulayliklar yaratib, eksport mahsulotlarini tan narxi 
arzonlashtirilishiga olib keladi. O‘zstandart» agentligining Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli «Standartlashtirish, metrologiya 
vasertifikatlashtirish tizimini takomillashtiris h chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-sonli «Respublika davlat boshqaruv 
organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Resp ublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligining tuzilishini va faoliyatini tashkil» Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi Metrologiya 
xizmatlari ko‘rsatish markaziga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi 
«O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora -


15 
tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, 
«Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston 
milliy metrologiya instituti» davlat korxonasini («O‘zMMI» DK) tashkil etildi. 
Metrologiya institutiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: 
• metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari 
bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta‘minlash; 
• yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;
• davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish; 
• mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, 
nazorat 
• va sinash vositalarini standartlashtirish; 
• o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
• o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish. 
Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining qiyoslash 
laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob -uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega. 
Bugungi kunda Metrologiya instituti tarkibida o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘yicha 
7 laboratoriya faoliyat yuritadi. 
04 bo‘lim. Massa kattaliklarini o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi 
05 bo‘lim. Radiotexnik kattaliklarni va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur etkazmasdan tekshirish ilmiy 
ishlab chiqarish bo‘limi 
06 bo‘lim. Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi. 
07 bo‘lim. Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi. 
08 bo‘lim. Bosim va sarf kattaliklarini o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi. 
09 bo‘lim. Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi. 
10 bo‘lim. Ekspertiza, o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, malakani tekshirish provayderi va 
xalqaro munosabatlar ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi. 
15 laboratoriya. Elektrotexnik maxsulotlarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi. 
16 bo‘lim. O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi. 
17 bo‘lim. Standart namunalari va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy-tadqiqot bo‘limi. 
04 bo‘lim. Massa kattaliklarini o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi 
Bo‘lim Respublikamizning metrologiya tarixida ochilgan birinchi laboratoriyasi asosida tashkil etilgan. 
Tarixga nazar solinsa, 1923 yilda Toshkent shahrida tarozilar laboratoriyasi tashkil qilinib, unda 1928 yilgacha faqat 
savdo tarozilari, toshlar, hajm o‘lchovlari, shuningdek laboratoriyadagi namunaviy o‘lchovlar metrologik 
tekshiruvdan o‘tkazilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi va o‘lchashlarga bo‘lgan talablarning ortishi natijasida 
bo‘lim faoliyati takomillashib borgan. Hozirgi kunda bo‘limda 2 ta yirik statsionar laboratoriya hamda bitta 
ko‘chma laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. 
Analitik va pretsizion massa o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish laboratoriyasi 
Laboratoriya I, II va III toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriyada 
F1, F2, M1 aniqlik sinfidagi, o‘lchash ko‘lami 1 mg dan 20 kg gacha bo‘lgan tarozi toshlari hamda maxsus (I), 
yuqori (II), o‘rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi laboratoriya tarozilari metrologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
Shuningdek laboratoriyada turli analitik massa o‘lchash operatsiyalarini ham amalga oshiriladi. 
Ushbu laboratoriyaga 2015 yilgi rivojlantirish dasturlari asosida Shvey tsariyaning Mettler – Toledo firmasida 
ishlab chiqarilgan o‘ta yuqori aniqlikdagi XPE56C turli ultramikro tarozi xarid qilindi, (O‘lchash 
chegarasiG‘diskretligi – 52 gG‘1 mg).
2016 yilgi rivojlantirish dasturi asosida bo‘limda Koreyaning CAS Corporation firmasida ishlab chiqarilgan 
CAUW – D turli analitik laboratoriya tarozisi (komparator va tarozi sifatida ishlatiladi) xa rid qilindi (O‘lchash 
chegarasiG‘diskretligi – 220 gG‘10 mg) . 
Statik o‘lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazish laboratoriyasi 
Laboratoriya III va IV toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Mazkur laboratoriyada 
o‘rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi sahnli, tibbiyot, savdo, pochta va boshqa turdagi tarozilar, shuningdek 
M1, M2 va M3 aniqlik klassidagi toshlar metrologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
2015 yilda laboratoriyaga xalqaro talablarga mos keluvchi, jahonda etakchi o‘rinda turuvchi SARTORIUS 
AG (Germaniya)da ishlab chiqarilgan zamonaviy CCT 2000K turidagi mass – komparator va uni yustirovka (CAL) 
qilishda qo‘llaniladigan F2 aniqlik klassidagi etalon toshlar xarid qilindi. Natijada nominal o‘lchash og‘irligi 500 kg, 
1000 kg va 2000 kg bo‘lgan M1 etalon toshlarning metrologik tekshiruvi yo‘lga qo‘yildi 
Ixtisoslashtirilgan transport vositalari tarozilarini qiyoslash ko‘chma laboratoriyasi 
Me‘yoriy hujjatlar talablariga asosan avtotransport vositalarining vaznini o‘lchashda qo‘llaniladigan 
tarozilarni qiyoslashda etalon toshlarning og‘irligi tarozi o‘lchash chegarasining eng kamida 25 % ni tashkil qilishi 
belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalaridagi 100 t gacha diapazonga ega bo‘lgan tarozilarini 
metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda kamida 25 t etalon toshlar zarur bo‘ladi 
Markazda 2015 yil sentyabr oyidan Respublikada yagona bo‘lgan KAMAZ avtomashinasi asosida 
ixtisoslashtirilgan ko‘chma laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur ko‘chma laboratoriya nominal og‘irligi 


16 
1000 kg bo‘lgan 24 dona etalon toshlardan hamda 20 kg nominal og‘irlikdagi 50 dona namunaviy toshlar bilan 
jihozlangan. Ushbu ko‘chma laboratoriya tarozilarni o‘rnatilgan joyida metrologik tekshiruvd an o‘tkazish 
imkoniyatini beradi. 
Hozirgi kunda bo‘limning tarozi toshlarini tekshirish imkoniyati quyidagi jadvalda keltirilgan. 
05 bo‘lim. Radiotexnik kattaliklarni va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur etkazmasdan tekshirish ilmiy 
ishlab chiqarish bo‘limi 
―O‘zMIM‖ DK qoshidagi umumiy radiotexnik o‘lchashlar laboratoriyasi radioelektron o‘lchash vositalari: 
chastota o‘lchagich, signal generatorlari, signal spektr va shaklining parametr o‘lchagichlari, past chastotali va 
yuqori chastotali voltmetrlar, selektiv mikrovoltmetrlar, quvvat o‘lchagichlari, zanjir parametrlari o‘lchagichlari, 
elektromagnit maydon kuchlanganligi o‘lchagichlari, aloqa vositalari, TTK o‘lchovlari, TTK, koaksial yuklanma 
o‘lchagichlari, koaksial va to‘lqin o‘tkazuvchi traktlardagi YuCh va O‘YuCh attenyuatorlari, o‘lchash antennalari 
hamda maydon va xalaqit kuchlanganligi o‘lchagichlarini qiyoslash va metrologik attestatlashdan o‘tkazishni 
ta‘minlaydi. 
Akustika va vibratsiya parametrlarini o‘lchash laboratoriyasi 
Laboratoriya vibroo‘lchash o‘zgartirgichlari va vibrometplapni qiyoslash uskunasi bilan jihozlangan. Uskuna 
7,07 dan 300 mG‘s gacha vibrotezlanishga ega 20 dan 5000 Gts gacha chastota diapazonidagi mexanik tebranish 
parametrlarini qayta tiklash va o‘lchash uchun mo‘ljallangan. 
Akustika va vibrasiya laboratoriyasi quyidagi o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik 
attestatlash, sertifikasiya sinovlardan o‘tkazishni bajaradi: vibratsiya o‘lchagichlari, shovqin o‘lchagichlari, 
laboratoriya vibromaydonchalari, elektrodinamik vibratsion uskunalar, vibrostendlar, vibrodatchiklar, vibratsiya 
kalibratorlari, pistonfonlar, elektr filtr va boshqalarning barcha turlari. 
Bo‘lim laboratoriyalari 2015 yilda namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlandi. 2250 – H modelidagi 
vibratsiya analizatori laboratoriya va ishlab chiqarish xonalarida ishlayotgan asbob -uskunalarning vibratsiya 
parametrlarini o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, BPF –
tahlil dasturini o‘z ichiga oladi. 
Ayrim o‘ziga xos qo‘llanish doiralari: 
• Sifatni tekshirish va sinash. 
• Mahsulot ishlab chiqish. 
• Mexanizmlar tahlili va nosozliklar qidiruvi. 
• Bino vibratsiyasi 
4231 akustik kalibrator shovqin o‘lchagichlar va boshqa shovqin o‘lchash apparaturasini akustik kalibrlash 
va darajalash uchun mo‘ljallangan. 4231 akustik kalibrator 1 aniqlik klassiga mos. 
4228 turdagi pistonfon tovush parametrlarini o‘lchash asboblarini, jumladan shovqin o‘lchagichlarni tez va 
aniq kalibrlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tovush bosimining etalon darajasini ta‘minlaydi. Tashqi barometrli 4228 
turdagi pistonfon 0 aniqlik klassiga mos. 
Mexanik kattaliklarni o‘lchash va moddalarning sarf, hajm parametrlarini o‘lchash laboratoriyasi 
Mexanik kattaliklar va sarfni o‘lchash laboratoriyasi mexanik kattaliklarni: kuch va qattiqlik (namunaviy 
dinamometrlar, sinov pressi va mashinalar, qattiq o‘lchagichlar, dinamometrik kalitlar) o‘lchash vositalarini
qiyoslash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi, ushbu qiyoslash ishlarini bajarish uchun ―DO – 2 – 5 – 0,5‖ 
turdagi 2 – razryadli namunaviy kuch o‘lchash mashinasi, 0,01kn dan 5000kn gacha 3 – razryadli namunaviy 
dinamometrlar, 2 – razryadli (MTR, MTSH, MTB turdagi) namunaviy kuch o‘lchovlari mavjud. 
Harakat parametrlari asboblarini (spidometrlar, taxometrlar, sekundomerlar, Iskra – video, Kris, Arena, 
Vizir turdagi harakat tezligi o‘lchagichlarini) qiyoslash uchun laboratoriya UPS – 4, UT – 0,5 – 60, UPMS – 1, IS – 
24 uskunalarga ega; hajm va sig‘imlarni O‘V (1-chi va 2-chi razryadli namunaviy o‘lchovlar, yoqilg‘i, moy va gaz 
tarqatish kolonkalari, kalibrlash avtosisternalari, shisha sig‘im o‘lchovlari va rezervuarlar kalibrovkasi) qiyoslash 
uchun laboratoriya 3-razryadli, 1-razryadli namunaviy tarozilar bilan jihozlangan. 
Shuningdek 2-razryadli namunaviy o‘lchovlarni hamda 1-chi va 2-chi razryadli texnik o‘lchovlarni 
qiyoslash uchun 2 ’ 500dm3 dan 1-razryadli namunaviy o‘lchovlar mavjud.
3’100m3 dan rezervuarlarni qiyoslash va kalibrlash uchun GOST 8.346 – 2000 va GOST 8.570 – 
2000 bo‘yicha namunaviy O‘V va kompyuter dasturi mavjud. 
Bo‘lim shuningdek O‘V metrologik attestatlash, hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, O‘V 
sertifikatlashtirish sinovlarini bajaradi. 
Hozirgi vaqtda bo‘lim 27 ta yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari va 87 ta namunaviy o‘lc hash 
vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini 
ta‘minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun bo‘limda o‘lchash vositalarini 
qiyoslashning yangi turlari o‘zlashtirilmoqda, mustaqil o‘qish orqali va SMSITI(Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish ilmiy tado‘io‘ot instituti)da malaka oshirilmoqda. 2009 
yilda 
faoliyatning 
O‘zDst 
ISOG‘IES17025:2007 da o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga bo‘lim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
tarqalish doirasida qo‘llanadigan o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini 
tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkredit langan. 
07 bo‘lim. Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi 


17 
Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limining asosiy 
yo‘nalishlari: o‘lchash vositalarini (O‘V) qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish, 
metrologik ekspertiza, sinov asbob-uskunalari hamda o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash. 
16- bo‘lim. O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi 
O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi Metrologiya instituti tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, 
quyidagilarga ega: 
• O‘zMSSda sinash usullari va sertifikatlashtirish qoidalari, sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning normativ 
hujjatlari fondi (―O‘zstandart‖ agentligi MH fondidan foydalaniladi, shartnoma asosida MH elektron versiyasi 
mavjud bo‘lib, o‘zgartirishlar kiritilganda avtomatik tarzda yangilanadi); 
• sifat bo‘yicha attestatlangan ekspert-auditorlar hamda malakali va SMSITIda maxsus tayyorlovdan o‘tgan 
xodimlar; 
• xodimlarni joylashtirish va zarur hujjatlarni saqlash uchun tegishli xonalar; 
• sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni ta‘minlash uchun zarur kompyuter texnikasi va boshqa jihozlar;
• akkreditlangan sinov laboratoriyalari, o‘zaro hamkorlik haqida shartn omalar tuzilgan begona 
akkreditlangan sinov laboratoriyalari; 
• Milliy sertifikatlashtirish organi va O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya tizimida akkreditlangan boshqa 
sertifikatlashtirish organlari bilan axborot almashish uchun zamonaviy aloqa turlari (faks, elektron pochta). 
Barcha ariza beruvchilar sertifikatlashtirish idorasining xizmatlari hamda sinov va sertifikatlashtirish 
bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalari haqidagi axborotni to‘siqsiz olishlari mumkin. 
O‘zMMI DK SB sertifikatlashtirish natijalari uchun mas‘ul bo‘lib, ariza beruvchining tijorat siri bo‘lgan 
axborotning maxfiyligin i ta‘minlaydi. 
Sertifikatlashtirish idorasi faoliyatining huquqiy asosi uning o‘rnatilgan tartibdagi akkreditatsiyasi 
hisoblanadi. 
Sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish ishlarini bajarishda ob‘ektivlik, xolislik va mas‘uliyatni 
kafolatlaydi. 
Akkreditatsiya sohasi doirasida sertifikatlashtirish bo‘limi O‘zR VM 28.04.2011 y. 122 son Qarori bilan 
tasdiqlangan barcha turdagi o‘lchov vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi. 
Akkreditatsiya sohasi 
―O‘zMMI‖ DK O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi 
Manzil: Toshkent sh. Farobiy ko‘ch. 333A tel. 150-26-03, 150-64-97, 
(15.12.2015y. №UZ.AMT.06.MAI.354-sonli akkreditatsiya haqidagi guvohnoma) 
17 bo‘lim. Standart namunalari va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy-tadqiqot bo‘limi 
―Standart namunalari va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo‘limi‖ O‘zbekistonda 
o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta‘minlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-usuliy bo‘limi 
hisoblanadi. 
―Standart namunalari va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo‘limi‖ O‘zbekiston 
Respublikasi Standart namunalari bosh markazi (O‘zR SN BM), o‘lchashlarni bajarish usuliyatlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Metrologiya xizmati bosh markazi (O‘zR MX BM) hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Metrologiya xizmati bosh markazi funktsiyalarini bajaradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Standart namunalari bosh markazi va O‘zbekiston Respublikasi Metrologiya 
xizmati bosh markazi funksiyalari ―O‘zstandart‖ agentligining «07» iyul 2017 y. 432 – sonli buyrug‘i bilan 
―O‘zbekiston milliy metrologiya instituti‖ DK (―O‘zMMI‖ DK)ga yuklatilgan. 
―Standart namunalari va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo‘limining asosiy 
maqsadi: 
− standart namunalar (SN) ishlab chiqish, attestatlash va qo‘llash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy -usuliy 
va tashkiliy ishlar o‘tkazish asosida O‘zr SN BM funktsiyalarini bajarish hamda o‘lchashlar birliligi va talab 
qilingan aniqligini ta‘minlash; 
− o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish, tekshirish, attestatlash va qonunlashtirishda nazariy va 
amaliy (sanoatga oid) metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy – usuliy va tashkiliy ishlar o‘tkazish asosida 
O‘zR MX BM funksiyalarini bajarish hamda o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta‘minlash. 
– etalon va NO‘V ishlab chiqish, metrologik attestatlashda ishtirok etish; 
– davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxs metrologik xizmatlarining faoliyatiga ilmiy – usuliy 
rahbarlik qilish; 
– o‘lchashlar birliligini ta‘minlash sohasi va qo‘shni sohalarda asosiy standartlashtirish yo‘nalishlarini 
shakllantirish; 
– o‘lchashlar birliligini ta‘minlash sohasi va qo‘shni sohalarda me‘yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab ch iqish. 
Nazorat savollar: 
Milliy metrologiya institutining vazifalari? 
Milliy metrologiya institutining faoliyat tartibi? 
Milliy metrologiya laboratoriya bo‘limlari? 


18 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə