Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari 
Metrologik ta‘minot nima? 
Metrologik ta‘minotning tashkil etuvchilari nechta va qaysilar? 
Metrologik ta‘minotning asoslari? 
Metrologik ta‘minotni tashkillashtirish? 
Metrologiya bo„yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyati haqida tushuncha berish. 
Metrologiya va standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar 
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida meyoriy hujjatlarni 
ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‗or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‗yicha har 
xil yordam ko‗rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya 
sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro tas hkilot, sifat bo‗yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini 
akkreditlash bo‗yicha Xalqaro konferensiya, G‗arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, 
standartlashtirish va metrologiya bo‗yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turib di.
Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha ma‘lumot 
berib o‗tish maqsadga muvofiqdir.
1 Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/ 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards 
Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‗lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, 
Germaniya qo‗mitasi (1918 y), Amerika qo‗mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili 
standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‗ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta 
mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari 
bo‗yicha 32 ta qo‗mita va kichik qo‗mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini 
to‗xtatib qo‗ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil 
topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida 
faoliyat ko‗rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‗zaro 
yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‗lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‗maklashish hamda aqliy, 
ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‗stlikni rivojlantirish -dir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 
dunyo ko‗lamida standartlarni va ular bilan bog‗liq bo‗lgan sohalarda uyg‗unlashtirishni yengillashtirish 
uchun choralar ko‗rish; 
xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik 
qo‗mitalarining ikkidan uch qismi ma‘qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‗rtdan uch qismi yoqlab 
chiqsa, standart ma‘qullanishi mumkin); 
o‗z qo‗mita a‘zolarining va texnikaviy qo‗mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish; 


23 
sohaviy masalalar bo‗yicha manfaatdor bo‗lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‗zda 
tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‗mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori 
idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‗mitalari va 
markaziy sekretariati kiradi.
ISO da prezident, vitse-prezident, g‗aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISO 
ning Oliy Rahbari bo‗lib, ISO ning yig‗ilishi uch yilda bir marta bo‗ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat 
bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o‗tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro 
standartlashtirishning muhim muammolari va yo‗nalishlari muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‗tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning 
tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a‘zolarini hamda texnikaviy qo‗mitalarning 
raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‗riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash -tirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning 
vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) mu him voqealardan biri ushbu nufuzli xalqaro 
tashkilotga O‗zbekiston Respublikasi 92- davlat sifatida qabul qilinishi bo‗ldi. 
Endilikda O‗zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a‘zolaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta‘minlash bo‗yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, 
ISO o‗zining bir qator meyoriy hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli 
standartlarni ko‗rsatish mumkin. 
2 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK ) 
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‗yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr 
bo‗yicha birinchi Xalqaro kongress bo‗lib o‗tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining 
konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‗g‗risida bir fikrga kelindi. Bu idora 
elektr mashinalari sohasi bo‗yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‗ullana boshladi.
MEK nizomiga ko‗ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‗shni 
tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo‗yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik 
sohalari bo‗yicha shug‗ullansa, ISO esa qolgan bos hqa hamma sohalar bo‗yicha standartlashtirish bilan 
shug‗ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‗mitalar MEKning a‘zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer qurrasining 
80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste‘molch isi hisoblanadi. Bu asosan 
sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‗mitalari taqdim 
etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‗lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse -prezident, 
g‗azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‗z kengashiga yig‗iladi va o‗z faoliyati 
doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‗rsatar edi. 
1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
3 Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM) 
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni 
qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu 
tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro 
miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
- MOZMga a‘zo bo‗lgan mamlakatlar uchun o‗lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrolo gik 
tavsiflarining birliligini belgilash
- qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi 
o‗lchash asboblarini uyg‗unlashtirish; 
- xalqaro ko‗lamda birxillashtirilgan o‗lchash birliklarini mamlakatlarda qo‗llanishini ta‘minlash; 
- metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‗yicha davlat 
ko‗rsatmalarining birliligini ta‘minlash; 
- rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‘min etish va u larni zarur texnik vositalari bilan 
ta‘minlashda ilmiy-texn ikaviy yordamlashish; 
- metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun -qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro ko nferensiyasi hisoblanib, u har 
to‗rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining 
ma‘ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.
4 Sifat bo‗yicha Yevropa tashkiloti (YEOKK) 


24 
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YEOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva)
bo‗lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan va shu yilning o‗zida uni nizomi ham tasdiqlandi.
5 Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‗yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK) 
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov 
laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovo dstvo 2.86) o‗tkazishga huquq berishdan 
iborat.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə