Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə28/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Muhokama uchun savollar:
1.1. E.Vohidov ijodining qaysi o’rinlarida hayoti tafsilotlari aks etgan?
1.2.Shoir faoliyatining qaysi jabhalaridan xabardorsiz?
2-savol bo’yicha dars maqsadi:
E.Vohidov ijodi bilan atroflicha tanishtirish .

Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Shoirning butun ijodi ko’z oldiga yaxlit holda keltirishga harakat qiladi.

      2. Uning ijodiga xos bo’lgan yo’nalishlardan xabardor bo’ladi.

      3. Shoirning poetik mahorati sirlarini bilishga intiladi.

      4. Shoirning adabiyotimizga qo’shgan xissasi nimalardan iborat ekanini anglab etadi.


2-savol bayoni:
Ijodi talabalik yillaridan boshlangan bo’lib, 1-she’riy to’plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqdi. Shundan so’ng shoir quyidagi poetik to’plamlarni e’lon qildi: «Qo’shiqlarim sizga»(1962), «Yurak va aql» (1963), «Tong» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Aks sado» (1965), «Nido»(1965), «Lirika» (1966), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog’bon» (1970), «Hozirgi yoshlar» (1971), «Sevgi» (1980), «Tirik sayyoralar» (1980), «Sharqiy qirg’oq» (1984), «Muhabbatnoma» (1986), «Sadoqatnoma» (1986). Bundan tashqari «Shoiru,she’ru,shuur», «Kuy avjida uzilmasin tor» , «Iztirob» nomli kitoblari chop etildi.
Shoir she’riyatini shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: Vatan va millat taqdiri mavzusi («O’zbekiston», «Vatan sevgisi»), Do’stlik va muhabbat mavzusi («Do’st bilan obod uying», «Azganush», «Sevgi», «Qaro qoshing»kabi), Xorijiy hayot mavzusi (Kavkaz she’rlari, «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojeasi» kabilar), Hazil she’rlar («Donishqishloq latifalari»turkumi) kabi guruhlarni e’tirof etamiz.
Erkin Vohidov mohir tarjimon ham, u She’roziy, Bedil, Gyote, Shiller, A.Blok, S.Esenin kabilarning asarlarini maxorat bilan tarjima qilgan.
Muhokama uchun savollar:

    1. E.Vohidov she’riyatiga mumtoz adabiyotining ta’siri qay darajada? Uning g’azaliyotini qanday baholaysiz?

    2. Shoir she’riyatining boshqa etuk shoirlar she’riyatidan qanday farqli tomonlari bor?

    3. Shoirning hajviy she’riyati uchun nima uchun Matmusa qahramon qilib olingan?



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə