Guliston davlat universiteti


-BOB Qo’l to’pining paydo bo’lish va rivojlanish haqida



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/12
tarix28.01.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#99589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12oydin kurs ishi

1-BOB Qo’l to’pining paydo bo’lish va rivojlanish haqida

Gandbol o’yini barcha sport turlari kabi o’zining olamshumul tarixiga ega. Birinchi bo’lib Daniyaning Ordrup shahridagi qizlar gimnaziyasining o’qituvchisi Xolger Nilson o‘zi o‘tyotgan darslariga handboll (hand – qo‘l, ball – to‘p) o’yinini kiritgan.


Bu o‘yinda kichik maydonda 7 kishidan iborat 2 jamoa to‘pni bir-birlariga uzatib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan. Shunday qilib, 1898-yilda gandbol o‘yini kashf etilgan. 0 ‘yin maydonining birinchi o’lchamlari 40x20 metr, darvozaning bo‘yi 2 metr, eni esa 3 metr, to‘pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan. 0 ‘yinning dastlabki qoidalari bo’yicha to‘p bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruxsat berilmagan. Gandbol o’yini qoidalariga eying kiritilgan o’zgartirishlar o’yinning atletik boiishiga olib keldi. 1923-yilda o’yin qoidalariga 3 sekund va 3 qadam bandlari kiritildi, bu o‘z navbatida o’yin texnikasi va taktikasiga hamda o’yinning tezkor bo’lishiga olib keldi. 1928-yilda Amsterdam shahrida Xalqaro havaskorlar Gandbol (IGF) Federatsiyasi tashkil qilindi va 11 mamlakat federatsiyalari unga a’zo bo’lib qabul qilindilar.
Ikki-yildan so’ng 20 mamlakat vakillari shu fedaratsiyaga a’zo bo’lgan bo’lsalar, hozirgi kunda Xalqaro Gandbol federatsiyasiga 123 mamlakat vakillari a’zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanmoqda. Gandbol o’yini Olimpiada o’yinlari dasturiga 1936-yilda kiritildi (Germaniya, Berlin). O’shanda musobaqalarda faqat 6 ta erkaklar jamoalari qatnashgan edilar.
Olimpiada o’yinlari davrida Xalqaro Gandbol fedaratsiyasining 4 Kongressi bo’lib o’tdi va bu Kongressda 1938-yildan boshlab Gandbol bo’yicha Jahon chempionatlari o’tkazilishi rejalashtirildi va shu-yildan boshlab o’tkazila boshladi. 1946-yil Xalqaro gandbol federatsiyasi tashkil topgan. Lining shtab kvartirasi Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan. Hozirgi kunda xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 176 davlat, 204 ta uyushma a’zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi. Shu jumladan, 1,4 million shug'ullanuvchi sobiq ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə