Gumanitar fanlar


Irodaviy akt (irodaviy harakat)



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə59/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir.
Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmi- ko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib yetilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib yetiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə