Gumanitar fanlar


Ilk o`spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə84/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

Ilk o`spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi

Ilk uspirinlik yoshidagi uzgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi mavkeni yanada mustahkamlashning muhim omili xisoblanadi. Lekin yetakchi omil yangicha ta’lim muassasasi ukuvchisi faoliyatining xususiyati, moxiyati va mazmunidagi tub burilishdir. Ilkuspirinlarda avvalo uzini anglashdagi siljish yakkol kuzga tashlanadi. Bu hol shunchaki usishni bildirmaydi, balki uz shaxsiyatining ma’naviy-psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maksad va vazifalarini anglashni, okilona baholashni aks ettiradi. Ilk uspirinda uzining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, akl-zakovatini, kobiliyati hamda imkoniya-tini anikdashga intilish kuchayadi. Uz xulk-atvorini jilovlash, xis-tuygulari hamda ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoki vujudga kela boshlaydi.

Ilk uspirindagi uzini anglash turmush, ukish, mexnat va sport faoliyatlari takozosi bilan namoyon buladi. Yangicha ta’lim muas-sasidagi odatlanilmagan vaziyatning shaxslararo munosabat va mulokrt ko‘lamining kengayishi uzining akliy, axlokiy, irodaviy xis-tuygularining xususiyatlarini okilona baholash, kuyilayotgan talablarga javob tarikasida yondashish uzini anglashni jadallashtiradi.Bunday ta’lim tizimidagi ukuvchilarning uzini anglashga alokador xususiyatlari mavjud. Ular avval, uzlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutukva kamchiliklarini, munosib va nomunosib kiliklarini anikrok, baholash imkoniyatiga ega buladilar. Agar usmirda atrofdagi kishilarning okilona baholashlari orkali anik, baholash yuzaga kelsa, ilk uspirinda bu holat boishacharok tarzda kechadi, unda uz shaxsiy fazilatini, xulk-atvorini, akliy va jismoniy mexnat faoliyatini taxlil kilish, kiyosiy baholash mayli kuchayadi. Ilk uspirin usmirga Qaraganda uz ma’naviyati va ruxiyatining xususiyatlarini tularok tasavvur eta olsa xam, ularni okilona baholashda kamchiliklarga yul kuyadi. Natijada u uz xususiyatlariga ortikcha baxr berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor buladi, sinf (kurs) va pedagoglar jamoalarining a’zolariga gayritabiiy munosabatda bula boshlaydi. Shuningdek, ayrim ilk uspirinlar uz xatti-xarakatlari, aqliy imkoniyatlari va kizikishlariga past baxr beradilar va uzlarini kamtarona tutishga intiladilar.

Akademik litsey, kasb-xunar kolleji ukuvchisining usmirlik yoshi davridagi boladan boshkacha yana bir xususiyati — murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, uz kadr-kimmatini e’zozlash, sezish va faxmlashga moyillikdir. Masalan, uspirin yigit va kiz sezgirlik deganda nozik, nafis holatlarning farkiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ilk uspirin uzining ezgu niyatini baholashga jamoada uz urnini belgilash nuktai nazaridan yondashadi, chunonchi, "Uzim tanlagan mutaxassislikkayaroklimanmi?", "Jonajon respublikamga, ota-onamga munosib farzand bula olamanmi?", "Jamiyatning tarakkiyotiga uz ulushimni kusha olamanmi?" degan savollarga javob kidiradi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ukuvchida uzining fazilati tugrisida yakkol tasavvur xosil kilish uchun ukituvchi unga juda ustalik, bilimdonlik, ziyraklik bilan yordam berishi lozim. U uzining dustona, ilik munosabati bilan sinf jamoasi a’zolari e’tiborida ishonch, obru kozonishi uchun xar bir muloxazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya knlsa, yigit va kizlarda xam uz kuchiga, imkoniyatiga, kobiliyatiga, fa\m-farosatiga ishonch hissini paydo kiladi. Ularda ustozga chukur xurmat, minnatdorchilik tuygulari uygonadi.Ilk uspirin ukuvchida uzini anglash negizida uzini uzi tarbiyalash istagi tugaladi va bu ishning vositalarini topji, ularni kundalik turmushga tatbik kilish extiyoji vujudga keladi. Lekin uzlarining uzini uzi tarbiyalashi psixologiyasidagi mavjud nuksonlarga barxam berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib krlmay, ularni kattalarga xos kup kirrali umumlashgan idealga moye ravishda tarkib toptirishiga yunaltirilgan buladi.

Ilk o`spirinlik davrida ukuvchilar uzlarida eng kimmatli fazilatlarni, ukuv va malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga extiyoj sezadilar. Ma’lumki, mazkur toifadagi ta’lim muassasi ukuvchilari ma’naviy-psixologik kiyofaga ega bulish uchun okilona ulcham, mezon, vazifalarini bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini kidiradilar. Ilk uspirinlarda ideallar bir necha kurinishda namoyon bulishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular tanikli kishilarning Kiyofalari, badiiy asar kaxramoni timsolida uzlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni) gavdalantirishni orzu kiladilar. Birok yigitlar bilan kizlar urtasida ideal obrazini tanlashda katta fark buladi. Masalan, kizlar kupincha mexnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar Kaxramonining xususiyatlari mujassamlangan kiyofalarni ideal darajasiga kugaradilar. Ammo ayrim ukuvchilar tarixiy shaxslarning masalan, bakuvvat yultusar, ok ofitser, kuv josus va boshkalarning salbiy sifatlariga takdid kilishga ham moyil buladilar.Ilk uspirin ukuvchilarning uzini uzi tarbiyalashi ukuv yurtidagijamoatchiliktashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida amalga oshishi shart. Zeroki, uzini uzi takomillashtirish jamoada munosib urin egallash, ijtimoiy burchni anglash va foydali mexnatga kizikishga xizmat kilishi keraq.

Kuzatishlar va xayot tajribalarining kursatishi ba’zi hollarda ilk uspirinlar uzlarini kurkmas, jasur kilib kursatishga, nourin xatti-harakatlarga moyil buladilar, kaltis yullar bilan uz irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho xayotlarini xavf ostida Koldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun’iy usullar va vositalar yordamida kiyinchiliklarni bartaraf kilish mumkin emasligini tushuntirish keraq Shuningdek, ularni okilona, maksadga muvofik samarali usullardan foydalanish yullari bilan tanishtirish, hakiksy chinikish malakalari bilan kurollantirish yaxshi natija beradi.

Akademik litsey, kasb-xunar kolleji ukuvchilari ma’naviy xislatlarga, axlok normalarining mohiyatiga jiddiy munosabatda buladilar. Ular axlokiy turkumlar, birliklarning mazmunini chukur anglay boshlaydilar, xar kaysi axlokiy tushunchaning nozikligi va kup ma’noligini bilishga xarakat kiladilar. Masalan, burch, vijdon, Fypyp, kadr-kimmat, faholanish, mas’uliyat, or-nomus kabi tushuncha­larni chukur taxdil kila oladilar. Lekin ularning xammalarini bu axlokiy tushunchalarni yaxshi anglaydilar, deb bulmaydi. Shunga kura, tugri axlokiy karashlar, tasavvurlar tarkib topishi uchun adolatli turmush tarzining uzi yetarli, deyish mumkin emas. Va pedagog xotirjamlikka yul kuymasligi, muxit yaratish, barkaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishi zarur. Shuningdek, maktabda, kollejda tarbiya ishlari izchil olib borilmasa, yigit va kizlarda chinakam, barkaror e’tikodlar shakllanmaydi.

Ilk o`spirinlarda axlokiy tushunchalarni okilona shakllantirish lozim, ularga nojuya xulk-atvor, chet el film-larining mazmuni ma’naviyatga va ruxiyatga salbiy ta’sir etishini tushuntirish zarur. Ijtimoiy xayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba berish, ularning ta’siridan yigit va Kizlarni asrash pedagoglar jamoasining muxim vazifasi xisoblanadi. Ilk uspirinlarda balogatta yetish tuygusi takomillashib borib, uzining urnini belgilash va ma’naviy dunyosini ifodalash tuygusiga aylanadi. Bu hol uning uzini aloxida shaxs ekanligini, uziga xos xislatining tan olinishiga intilishida aks etadi. Bunga esa modalarga mayl quyish, murakkab tasviriy san’atga, musikaga, kasb-xunarga, tabiatga qizikishni namoyish kilish yakkrl dalildir.Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, ilk o`spirin yoshidagi qizlar katta yoshdagi kishilarning ta’siriga osonroq beriladi.

Ilk o`spirin yigitlar esa kattalardan ko`ra tengdoshlari ta’siriga ko`proq beriladilar. Shuning uchun maxsus o`quv yurti o`quvchisi shaxsining tarkib topishiga maktab muxiti, xususan sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengkurlar guruxi kuchli ta’sir etadi. Sinf, kurs jamoasi umumiy maksadni belgilashga, jamoa a’zolari urtasida munosabatlar urnatishga, shaxsiy va jamoatchilik munosabatlari rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Sinf va maktab jamoalari ta’sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-tokatlilik, kamtarlik, intizomlik, xalollik, xamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, lokaydlik, munofikdik, laganbardorlik, dangasalik, kurkokdik, gayirlik singari illatlarning barxam topishi tezlashadi. Jamoa a’zolari urtasidagi axillik, birlik, yagona maksadga intilish, ilik psixologik muxit mavjud salbiy xatti-xarakatlarni yukotish uchun xizmat kiladi.

Kollej o`quvchilari shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlari aloxida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar kuiishi natijasida ilk uspirinlarda faollik, tashabbuskorlik, mustakillik, katiyatlilik, mas’uliyatlilik, tankidiylik singari fazilatlar barkarorlashadi. Mazkur tashkilotlar ilk uspirin-lardagi goyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, jamoachilik, inson-parvarlik, uzaro yordam, xamkorlik tuygularini mukammal boskichga kugaradi. Ana shularni kuzatibtadkiketgan psixolog L.I.Umanskiy tashkilotchilik kobiliyati uzaro uzviy boglik kuyidagilardan iboratligini ta’kidlaydi: 1) tashkilotchilik tuygusi (psixologik topkirlik, kashfiyotchilik, nazokat, amaliy akd-idrokda uz ifodasini topadi); 2) tengdoshlariga emotsional-irodaviy ta’sir kursatish imkoniyati (muammolar yechimiga jalb kilish, ularning kuch-gayratini biriktirish); 3) tashkilotchilik faoliyatiga moyillik (emotsional xis-tuygu, ijobiy munosabat, faollik kursatish, kat’iy kizikish va xrkazolar); L.I.Umanskiyning fikricha, ilk uspirin namunali tashkilotchi bulishi uchun unda Kuyidagi xislatlar bulishi kerak: a) axlokiy xislatlar — jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, mexnat-sevarlik; b) irodaviy xislatlar — matonat, katiyat, mustakillik, tashabbuskorlik, batartiblik, intizomlilik; v) emotsional xislatlar — xushchakchakdik, tetiklik, xazilkashlik va yangilikni xis etish, uz kuchiga ishonch, optimizm va boshkalar.

Ilk o`spirinlarning yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi dustlik, urtoklik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu xis-tuygular yigit va kizlarning ma’naviyati va psixologiyasida kanday tus olishiga karab, tarbiyaviy chora va tadbirlarni amalga oshirish yaxshi natija beradi. Sinfdagi xamkorlik faoliyatida uzaro yordam, xamjixatlilik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan urtoklik munosabatlari yuzaga keladi. Urtoklik munosabatlarining yuksak chukkisi dustlik xissida namoyon buladi. Dustlik xissi urtogiga mexribonlikda, u bilan uchrashish va suhbatlashish, uz fikr va xissiyotlari bilan urtok-lashishda kurinadi. Xakikiy dustlik xissi uzaro talabchanlik bilan boylik bulib, xatolarni birgalikda tuzatishda ifodasini topadi. Yigit bilan kiz urtasida muhabbat tuygusi vujudga kela bosh­laydi. Muxabbatning kuvonchli laxzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning ruxiyatini egallaydi va tobora chukurlashib boradi, ular uchun dastlabki xayot sinovi buladi. Mazkur xis-tuygu uspirinlarning uzaro yakinligi, xayotga qarashlari, kiziqishlari, didlari va ezgu niyatlarining umumiyligi xamda butun umrga axillik, ittifokdik umidini bagishlagan shodlik bilan xarakterlanadi.

Ilk o`spirin o`quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy xayot go`zalliklarini paykash, idrok kilish, sevish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuka olish xislatlari paydo buladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yokimli nido, kalbni tulkinlantiruvchi musika, nozik xis-tuygu, ezgulikxislari, mayllari kuchayadi. Ayniksa, estetik xislar ularning ma’naviyatidagi kupol, noxush, xunuk va yokimsiz kilikdarning yukolishiga yordam beradi. Lekin bundan ilk uspirinlar jushkin, keskin, shavk va zavkdi damlardan butunlay voz kechadilar, degan ma’no kelib chikmaydi. Shunga karamay, ilk uspirin yigit va kizlar orasida estetik tuygusi tula shakllanmagan, notugri tasavvurga ega bulgan shaxslar xam uchraydi. Ularda estetik xis-tuygu uziga xos qarashlar va nuktai nazarning usishida ilm-fan va texnikaning rivoji, tafakkurning takomillashuvi, takdidchanlik muxim rol uynaydi. Buning uchun muayyan reja asosida turli muzeylar kurgazma va konsert zallariga, kino, teatr, radio va telestudiyaga sayoxatlar uyushtirish mak,sadga muvofikdir.

Mazkur o`quvchilarning o`quv mashguloti o`z xususiyati va mazmuni bilan boshka yosh davridagi ukuvchilarning ta’lim jarayonidan tubdan farq kiladi. Ukuv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi fanlar va fakultativ kurslarning kiritilishi uzlashtirishni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni takrzo etadi. Ana shu sababli ularning munosabati xam uzgaradi, ularda fanlarga turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi. O`quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan kaysi fanning inson dunyokarashidagi roliga, faoliyatidagi va ijtimoiy axami-yatiga, amaliy xususiyatiga, uzlashtirish imkoniyatiga va uni ukitish metodikasiga boglik buladi. Ushbu yoshda bilishga qizikish amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, bu kizikish ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnikaga, tabiatga, osmon jismlariga, jamiyatshunoslikka, xukukiy muammolarga, sport va xrkazolarga yunalgan buladi. Ularning tugaraklarda faol katnashishi kobiliyat va aqliy imkoniyatlariga Karab amalga oshadi

Ilk o`spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantikiy xotira, eslab kolishning yul va vositalari esa ta’lim jarayonida yetakchi rol uynay boshlaydi. Ular toshlirikdarni bajarishda uning ma’nosi xamda moxiyatini tula anglab ish tuta-dilar, eslab kolish, esda kolish, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlar muvaf-fakiyatli amalga oshishini ta’minlovchi dikkatning sifati va mikdori uzgaradi. Dikkatni kuchirish va taksimlash sezilarli rivojlanadi, boshkalarning nuktai nazariga e’tibor berish, ularning nutkini tinglash, yozib olish, muloxaza yuritish maxrrati oshadi va akliy kobiliyati takomillashadi. Ilk uspirinlarning tafakkuri tobora faol, mustakil va ijodiy xususiyatlarga ega bulib boradi. Lekin ularning fikr yuritishida birmuncha obyektiv va subyektov kamchiliklar uchraydi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə