Gumanitar fanlar


-Mavzu: Yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə88/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

14-Mavzu: Yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari

Reja:

1.Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

2.Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

3. Gerontopsixologiya – keksalik psixologiyasi haqida umumiy tushuncha

4. Keksalik davrining o’ziga xos xususiyatlari

5.Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlari

Yoshlik davri 23-28 yoshlarda bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mexnat faoliyati quyidagi uchta muxim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mexnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) — mexnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z urnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mexnat faoliyatining ikkinchi pallasi — 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasb-korlik maxoratini egallash; 3) maxorat sirlaridan foyda­lanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy Yetuklikni namoyish qilish yoki mexnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida yosh jixatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-xunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.

Xozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z moxiyatiga ko‘ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muxit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va xokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi o‘zilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog‘lik o‘ziga xosqkiyinchilik­lar; ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi, maxsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni yengish davrida insonning ruxiy xolatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor xamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.

Psixofiziolog P.P Lazarevning fikricha, eshitish, ko‘rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o‘zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb xisobladilar. B.G.Ananev o‘zining ilmiy-tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishlarni murakkab shaxs jixatlaridan umumiy ruxiy xolat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo bo‘lishidan metobolizm — modda almashinuvgacha), xatto shaxsning xususiyatigacha bo‘lgan xolatlarni o‘z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat taxlili orqali ko‘rsatib o‘tadi.

Ko‘zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o‘zgarishini tadbiq qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin xam davom qilishini ta’kiddaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 23-27 yoshdagi yigit va qizlarda 44 foiz, funksional xolatining barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikro davrlarida o‘sish jixatlarining o‘zaro munosabati xar xil kechishini ko‘rsatib turibdi. v Y.N.Kulyutkin katta kishilarning diqtat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda o‘rgangan. Y.N.Kulyutkin o‘z tadqiqotida 0- 130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuq voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadbiq qilib, 11-20 yoshlar oralig‘ida u 12,5 foiz, 21-30 yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy maxsuli dinamikasini o‘rgangan Z.F.Yesareva uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishini ko‘rsatib o‘tadi.

Yoshlarning ijtimoiy xayotda qatnashuvini o‘rgangan V.SHevcho‘q ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori cho‘qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu xol odamlarning 45,4 foizida bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, xatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo‘ladi.

Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 18—35 yoshlardagi xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo‘yicha normadan kam bo‘lishini ta’kiddaydilar.

- 23-28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o‘zgarishi, takomillashuvi: ko‘rish maydonining ko‘lami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi xamda o‘zgarmasligining o‘sishi boshqa fao­liyat va ko‘rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustaxkamlanishi namoyon bo‘ladi: 22-25 yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va attensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo‘ladi.

Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga uchta muxim psixologik mexanizm, ya’ni mexmat jamoasi, oila mikromuxiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mexnat jamoasidagi psixologik muxit, ma’naviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yangi a’zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asta-sekin insoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar yo‘qolishi mumkin. Mexnat jamoasiga yangi ko‘shilgan a’zo unda o‘z urni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal bo‘lsa-da chetlashishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l jamoadagi psixologik muxitga moslashishi maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi ko‘yilgan qadam xisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaxkam ichki rishtalarini yemiruvchi omil mexnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo‘yso‘nish xar bir a’zoning burchidir. U ayrim xollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai nazar bo‘shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-o‘qalariga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining xar biri bilan to‘g‘ri muloqotda bo‘lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatning ko‘lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi, totuvligi va axilligiga xalal bermaslik niyatida yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi xatti-xarakat qilishga xam majbur bo‘ladilar, o‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo‘l tutadilar. Dilkashlik uchun xar bir oila a’zosi bilan umumiy "til" topishga intiladilar. Shunga ko‘ra, oila muxiti xam yigit va qizlarning ruxiyati xamda ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.

Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar rayiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Yo‘qsak xislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol bo‘ladi, ya’ni "Do‘sting uchun zaxar yut" qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni, ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati xam bo‘ladi. Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai nazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga xam xarakat qilish ayni muddaodir.



Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-xavasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo‘l-kulchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati yoshlarga bog‘lik, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyixalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruxiy olai xech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
Yetuklik davrining birinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Kamol topishning bu bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mexnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yetaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baxolashi, dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. U endi faqat o‘zining xatti-xarakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari uchun xam javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, xayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun xam kuyadi, ularga imkoniyat boricha yordam berishga intiladi.

Yetuklik kattalik, donishmandlik, raxnamolik, g‘amxurlik, xomiylik davridir. Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda xam muayyan darajada inkiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kelganligini anglay boshlaydi. O‘ziga o‘zi xisob berish shu davrning muxim psixologik xususiyatlaridan biridir. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi.U bundan keyingi xayotning xar bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruxiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida "turg‘unlik" tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33—35 yoshlarda mnemologik — attension majmua tubdan qayta kurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) kismlarga ajralishi ro‘y beradi. Attensional xolatning omillari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellekta tarkibida xotira va tafakkur muxim o‘rin tutadi. Biroq o‘zgarishlar uning ruxiy dunyosida, kechinmalarida, xis-tuyg‘ularida chuqur iz qoldirmaydi, Yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo‘lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg‘usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi.

Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy zo‘riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma, malaka va maxorat asosida ro‘y beradi.

Yetuklikning turli davrlarida kamol topish jabxalarining o‘zaro munosabatini tadqiq qilgan B.G.Ananevlaboratoriyasi xodimlari 29-32 yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2, barqaror­lashuvi 15,8, funksional darajaning pasayishi 38,0, 33—35 yoshlarda mos ravishda 11,2; 33,3 va 55,5 foizni tashkil qilishini aniqlashgan.

Y.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka baravardir. Yetuklik davri faoliyatining maxsuldorligini o‘rgangan G.Leman uning cho‘qqisi kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30- 34, geologlar va astronomlarda 30-35 yosh ekanligini va o‘rtacha maxsuldorlik cho‘qqisi 37 yoshda bo‘lishini qayd qilgan.

Psixofiziolog S.V.Kravkov ko‘zning farqlash sezgirligi yoshga qarab o‘zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 25-50 yoshgacha davom etishi mumkinligini aniqlagan.

Z.F. Yesareva oliy maktab o‘qituvchilari aqliy faoliyatining maxsuldorligi muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertasiyasini yoqlashni matematiklar - 26, psixologlar - 32, filologlar - 34, tarixchilar - 31, fiziklar - 30, biologlar 32 yoshda amalga oshirishi mumkinligini aniqlagan. Kamolotning birinchi bosqichidagi Yetuk kishilarda ijtimoiy faoliyatda qatnashish istagi 30 yoshda 18,3 foiz, 35 yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. Demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi.

Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi Yetuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Yesareva quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi: 1) e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori; 2) chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darelik va monografiyalarning mavjudligi; 3) ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi;

ilmiy muammoni xal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

ilmiy maktabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori; 7) o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlarida foydalanish ko‘lami; 8) o‘qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) o‘qituvchining ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyati mo‘qofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.

Mazkur yoshda shaxsiy xayotdagi yutuqlar, talabalar yoki muvaf-fakiyatsizliklar kishining ruxiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takabburlik, mag‘rurlik xislari paydo bo‘ladi, o‘zini boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki, aksincha, xayot zaxmatlari uning pessimist, narsa va xodisalarga nisbatan loqayddik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin xar ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruxiy xolat xam oila a’zolari, tengqurlari, mexnat jamoasi a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yunalishga tushib qoladi.

Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga xarakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar.
Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baxolashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo‘ladi. Ular shu kungacha mexnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qoidaga boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy xayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. U turmushning ikir-chikirlari, ij­timoiy xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan xayot tajribasiga suyangan xolda munosabatda bo‘ladilar, xar bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Xayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda yetti o‘lchab, bir kes kabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi bexuda o‘tishiga achinadilar, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmanddik bilan to‘ldirishga intiladilar.

Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. Shu sababli yosh davrining chegaralari faqat shartli belgilanadi Leu omil odamlar yashayotgan oila muxitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va xokazolarga xam bog‘liqdir. Mazkur yosh davrining o‘zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muxit, uzlo‘qsiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi.

Y.N.Kulyutkin bir xil yosh davridagi odamlarda xar xil jarayonlar, xolatlar, xossalar, xususiyatlarning o‘sishi, o‘zgarishi baravar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda, aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisining jadal sur’at bilan ustirishini o‘qtiradi.

Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruxiy jixatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtiradi. Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi "Men" uch xil ko‘rinishda ifodalanadi: "Men" ko‘pincha "Men — obraz" shaklida o‘zi tomonidan ttalqin qilinadi. Shaxsning "Men — obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks etiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, o‘zining xozirgi davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi bilan bog‘lik xolda yaratiladi. Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini xayotda to‘la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabxalarida o‘zining o‘tmish obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishidan xozirgi kunga, xozirgi kundan kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari xam mavjud bo‘lib, ular o‘zini o‘zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, ko‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a) tengdoshlari; v) o‘zidan kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi.

U mazkur yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: normadan ortiq 4 foiz, normada 53 foiz, qolganlari normadan kam. Y.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni binokulyar va monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.

Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur yoshdagilarning tovush va yoruishkdan ta’sirlanish vaqti o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy axamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda esa 75 foiz bo‘lishini aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini faollik nuqtai nazaridan o‘rgangan V.SHevchuk 35 yoshdagi odamlar­ning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2 foizi qatnashishni xoxdaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu xolat shu tarzda davom etadi.

Z.F.Yesareva oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishini aniqlagan.

Umuman, Yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mexnat va ijtimoiy faoliyatlarga bag‘ishlagani bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqdanadi. Chunki insonning keksayishi xam quvonchli, xam o‘kinchli damlarga, kechinmalarga, xis-tuyg‘ularga serobligi bilan boshqa yosh davridagi odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqdashish tuyg‘usi o‘rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya’ni mexnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqlir.

Xozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir yarim — ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, ma’naviyati va ruxiyati tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish xaqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobilshggi, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, ongining yo‘qsakligi, ma’naviyatining boyligi, ruxtitining sofligi yangi zafar, mexnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.

Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S.Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron ("Katta Katon yoki keksayish haqida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), O‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va muyaohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846— 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologak ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. O‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi. Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-bioloshktadqiqotlarning ko‘payishi, Shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bo‘lishi psixoge- rontologiyaningrivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo‘yicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ongogenez psixsshogiyasi sohasiga taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi.

Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena — keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqg va muddatda) namoyon bo‘lishidir.

Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning kidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (iste’fo) — 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) — maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqglilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.

I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida ta’kid- laganidek, inson 50—60 Yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida etuklikning kechikkan davriga kirib keladi. SHu Yoshdagi odamlarningo‘limini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 Yoshgacha uzayishi mumkin. CHunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy bioloshk qarish Yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozshn, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqgiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasal- liklardan holi bo‘ladilar.

Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967 yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor appa- ratining optik funksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi, dedi. Ko‘zningranshi sezishi Yoshi ulgayishi bilan o‘zgarib boradi, hatgo, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gel’mgolsga qiyos beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi.

Psixogerontologik nuqgai nazardan sezish vaqgini tad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan.

Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologak xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 1) maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — imtihon — sinov varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari; 3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 4) inson iste’dodi, iqgidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar.

Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqgdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birta testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi. Testlar bilan ishlashda vaqg cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yul qo‘yiladi, lekin ularni aynan o‘sha sinaluvchilarda muayyan vaqg o‘tgandan keyin takror o‘tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmokda.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə