6-Mavzu: Shaxsning hissiy va irodaviy sohasi.
Shaxs haqida tushuncha
Emosiya haqida tushuncha.
Hissiy holatlarning ifodalanishi.
Iroda haqida tushuncha.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : His-tuyg'ular, ehtiyojlar, emosional, emosiya, affekt, kayfiyat, kuchli hiyajonlanish (stres), ehtiroslar, quvonch, hayratlanish, g'azablanish, nafratlanish, qo'rquv, hissiy zo'riqish, Iroda, shaxs, faollik, undovchi, tormozlash, lokallashtirish, irodaviy akt, intilish, istak, irodaviy zo'r berish, abuliya, apraksiya, yalqovlik, qat'iylik.
Kishi idrok etish, xotirlash, hayol surish va tushuncha fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu barzda his- tuyg'u paydo bo'ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va munosabat jarayonlari bo'lib, u ana shu jarayonlarda ro'y beradi, o'zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo'qoladi.
Dostları ilə paylaş: |