Gumanitar fanlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə57/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

Estеtik his-tuyg`ular sub'еktning hayotida yuz bеradigan turli xildagi narsalarga va ularning san'atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bеma'ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi. Estеtik his-tuyg`ular kishining madaniy jihatdan rivojlanganligi, uning ongi shaqllanishi mahsuli hisoblanadi. Kishi faoliyat va muomala jarayonlarida ma'naviy, intеllеktual va estеtik tuyg`ularni boshdan kеchiradiki, ba'zan ularda kishining sotsial voqеlikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg`ular dеb ham aytiladi. «Yuksak his-tuyg`ular» ham shartli. Chunki odobsizlikka, ma'naviyatsizlikka, maslaksizlikka,va boshqalarga undovchi ba'zi salbiy mazmundagi his-tuyg`ularni xam shu guruhga kiritishga to`g`ri kеladi. «Maydon»da bo'lgan qo'zg'atuvchi bilan bevosita belgilanadigan ixtiyorsiz harakatdan farqli o'laroq, oldindan mo'ljallangan harakat buning kerakli vositalar (belgilar, normativ baholar va boshqalar) yordamida, ya'ni bilvosita amalga oshiriladi. O'quvchi chizmani o'qiydi, instruksiyalarni bajarish mumkinligini bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir xavfsirashlarni yengib o'tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi. Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o'z ichiga oladi. Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to'g'risida qaror qabul qilarkan, yosh yigit qator ichki va tashqi to'siqlar hamda qiyinchiliklarni bartaraf etadi va o'z nichtini amalga oshiradi. O'z navbatida murakkab harakatlar kishining ongli ravishda qo'yilgan yaqin va uzoq maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi, unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari namoyon bo'ladi, irodasi ko'rinadi.

Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir. Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi. Iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning-undovchi va tormozlash (to'xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi. Undovchi vazifasi kishining faolligini bilan ta'minlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o'yinda tashlangan to'pni qaytaradi, qo'pol so'zdan xafa bo'ladi va hokazo) bilan bog'liq bo'lgan paytdagi reativlikdan farqli o'laroq faollik harakatning ayni o'zida namoyon bo'ladigan ichki holatiga nisbatan sub'yektning o'ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (o'zaro zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o'rtog'ini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon-veridagilarga qo'pollik qilishga yo'l qo'yadi va hokazo).

Oldindan mo'ljallanmaganligi bilan farq qiladigan tabiiy xulq-atvordan farqli o'laroq, faollik ixtiyoriyligi bilan, ya'ni ongli ravishdagi maqsadga muvofiq harakatning sharoitlari bilan farq qiladi. Faollik bir daqiqalik vaziyat talabi bilan, unga moslashuv, berilgan chegaralarda harakat qilish istagi bilan yuzaga keltirish mumkin va mumkin emas, u vaziyat ustunligi bilan, ya'ni asos qilib olingan ma'lumotlarning, kishining vaziyat talablari darajasiga ko'tarila olish, asosiy vazifaga nisbatan ziyod kuchli iroda bo'lgan joydagina mumkindir. Irodaning undovchi va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit birligidagina shaxsning maqsadga erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.

Falsafa va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, hech narsa bilan belgilanmaydigan va hech narsaga bog'liq bo'lmagan (ya'ni indeterministik), kishiga u yoki bu harakatni tanlash va amalga oshirish imkonini beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik faoliyat hech narsa bilan belgilanmaydigan, ongsiz ravishda bo'ladigan eng dastlabki faollikka bo'ysungan bo'ladi. Amerika psixologi U.Jems harakatda hech narsaga bog'liq bo'lmagan irodaviy hukmga yetakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o'z- o'ziga «Fiat» (lotincha «ha bo'la qolsin!» degan ma'noga ega bo'lgan so'zni bildiradi) deydi va go'yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladi.

Amalda kishining ishlari va harkatlari ob'yektiv ravishda belgilangandir.

Irodaviy harakatni o'z ichiga oladigan motivlar hozir va o'tmishda o'rin olgan tashqi ta'sirlar natijasi tariqasida, kishining psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. Irodaviy harakatlarning determinizmlashgaligi fakti (sababiy bog'langanligi) u yoki bu faoliyat usuli kishiga zo'rma-zo'raki berilganini, u o'z qilmishlari uchun javobgar emasligini va ularning peshonasiga yozilganligini dadil qilib ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko'rinishlaridan bir sifatida namoyon bo'ladi.



Tavakkalchilik-bu sulb'yekt uchun uning cheki noma'lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo'ladigshan noqulay oqibatlar (jazolash, og'riq ta'sirini o'tazish, travma, obro'ni yo'qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg'unlashtirilishi bilan belgilanadi. Shunday savol tug'iladi: agar mag'lubiyat ehtimoli ko'p bo'lsa, mag'lubiyat uchun esa jazo ancha kuchli bo'lsa, kishi nimani deb tavakkal qiladiq Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart sifatida irodaning qo'shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish xatti- harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi.

Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning birinchi turi bu yutuqqa umid bog'lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar oqibati darajasidan ortishidir (situativ tavakkalchilik). Bu o'rinda muvaffaqiyat motivasiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik hulq-atvor, garchi kishidan irodaviy qarorni talab qiladigan bo'lsa-da unchalik noyob narsa emas.

Xatti-harakatning xavfli variantini afzal biladigan hulq-atvor yoki tavakkalchilikning ikkinchi turi uchun sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir.

Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə