Gumanitar fanlar


II BOB HUQUQIY TARBIYADA SHAXS XUSUSIYTLARI



Yüklə 381,5 Kb.
səhifə5/12
tarix14.06.2022
ölçüsü381,5 Kb.
#89436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
huquqiy otarbiyada shaxs xususiyati

II BOB HUQUQIY TARBIYADA SHAXS XUSUSIYTLARI
2.1 Huquqiy tarbiyada shaxs xususiyatlarini hisobga olish

Mustaqillik O’zbekiston hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Bunday o’zgarishlar natijasini sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida yaqqol ko’rish mumkin. Milliy qonunchilikning yangilanishi bilan bog’liq normalarni huquqiy mushohada qilish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlash aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongini tubdan o’zgarishini talab etadi. Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish davrida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning muhim sharti hisoblanadi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish haqida qanchalik tugal va mukammal nazariy fikrlar bildirilmasin, ularni shaxs huquqiy ongiga singdirish borasida muntazam hamda tizimli ish olib borilmasa, ko’zlangan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Buning uchun inson qalbiga yo’l topish zarur. Inson qalbiga yo’l topish avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi2.


Huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo’llay olish ko’p jihatdan huquqiy ta’limning mazmun-mohiyatiga bog’liqdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, huquqiy ta’lim har bir shaxsning o’z huquqlarini bilishi va himoya qilishini ta’minlashning zaruriy sharti va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishiladi, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi3. Bu esa yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishning muhim omili bo’lgan huquqiy ta’limni tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarni muntazam o’rganib borish, ilmiy tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Bunda huquqiy ta’lim-tarbiya, huquqni o’qitish, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim, ko’nikma va malakaning o’rni bilan aloqador masalalarni o’rganish muhimdir. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da belgilanganidek, ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o’rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o’zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazilishi ayniqsa dolzarbdir4.
Mavzuning dolzarbligini yana quyidagilar bilan asoslash mumkin:

Yüklə 381,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə