Gumanitar fanlar



Yüklə 381,5 Kb.
səhifə6/12
tarix14.06.2022
ölçüsü381,5 Kb.
#89436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
huquqiy otarbiyada shaxs xususiyati

Birinchidan, shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy munosabatlarda ishtiroki bilan bog’liq muammolar huquqshunoslik fanlarining asosiy masalasi bo’lib kelgan. Huquq ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. Ayni paytda, u ijtimoiy voqelikning in’ikosiga, bilish quroli, usuliga aylanadi. Ushbu murakkab ruhiy sohada kechadigan ichki fikrlash jarayoni huquqiy borliqning ongdagi aksini tushunib yetish va huquq haqidagi bilimlarni shakllantirish bilan bog’langan. SHu bois ham ushbu jarayonni o’rganish dolzarb hisoblanadi.
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy xulq-atvori huquqiy ong bilan bevosita bog’liq bo’lib, huquqqa bo’lgan munosabatning ruhiy in’ikosi hisoblanadi. Huquqiy ong tarkibida tushuncha, tassavur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarning huquq normalarigina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo berish, adliya idoralari xizmati, prokuratura va boshqalar) bilan ham bog’langan.
Uchinchidan, huquqiy ong va huquqiy davlat o’zaro aloqador bo’lgan ijtimoiy hodisalardir. SHaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. CHunki, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning zarurligini, undan oqilona foydalanish lozimligini anglash, amaldagi qonun hujjatlarining mavjud ijtimoiy munosabatlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash va ularga baho bera olish, huquqiy qoidalarni o’rnatish va amalda tatbiq etish huquqiy ong darajasi bilan bog’liqdir. Bu esa huquqiy ong rivojlanishining hozirgi davrdagi xususiyatlarini tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
To’rtinchidan, shaxs huquqiy ongining shakllanishi huquqiy ta’lim, huquqiy savodxonlik, huquqni o’qitish, huquqiy bilim, ko’nikma va malakaning darajasi bilan belgilanadi. SHaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy normalarini bilib oladi. SHundagina huquqiy tarbiyaning murakkab vazifalari bo’lgan: ta’lim oluvchilarga o’zining xatti-harakatlarini baholash, o’zga shaxslarning huquqqa munosabati haqida fikr bildirish, huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etish ko’nikmalarini hosil qilish, qonunga rioya etishni shakllantirish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikni tarbiyalashga erishiladi.

Yüklə 381,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə