Gumanitar fanlar



Yüklə 381,5 Kb.
səhifə7/12
tarix14.06.2022
ölçüsü381,5 Kb.
#89436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
huquqiy otarbiyada shaxs xususiyati

Beshinchidan, huquq normalari – ma’lum qoidani o’rnatib, shaxsning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi. Huquqning tartibga solish ta’siri, uning shaxs ongiga ta’sirida namoyon bo’ladi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi, tushuniladi va o’zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga aylanadi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo etadi.
Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, ya’ni konstitutsiyaviy savodxonlik shaxs huquqiy ongini shakllantirishda muhim omil ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo’llarini tizimiy o’rganishni talab etadi5.
Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to’g’ri anglash, ularga moslashishga erishiladi.
Huquqshunos deganda, sudya, advokat, prokuror, tergovchi, notarius, yurist-maslahatchi, militsiya va FHDYo bo’limi xodimi kabi mutaxassislar tushuniladi. Ushbu mutaxassislar tizimiga huquq fanlaridan dars beradigan pedagoglarni kiritish lozim, deb hisoblaymiz. Huquqshunos-pedagoglar ham maxsus ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalaridir.
Huquqshunos-pedagoglar shaxs huquqiy ongini shakllantirishda asosiy sub’ekt bo’lib, ular kasbiy faoliyatiga qarab yuridik va noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchilarga bo’linadi.
Yuridik va noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchilar oliy o’quv yurtlarining davlat ta’lim standartlari doirasida huquqshunoslik fanlariga doir tushunchalarni egallaydilar. Ular har bir mavzuni bayon etishda (masalan, davlat va huquqning paydo bo’lishi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari, majburiyatlar, nikohni tuzish tartibi, mehnat shartnomasi, yerdan foydalanish huquqi, jinoyatda ishtirokchilik, voyaga yetmaganlarni so’roq qilish, xalqaro huquq manbalari, ma’muriy huquqbuzarlik va h.k.mavzularni) nazariy bilimlar bilan bir qatorda pedagogik mahoratga ham ega bo’lishlari shaxs huquqiy ongini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchi huquqshunos – pedagoglar
oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori6da berilgan bilim sohalari (8ta) bo’yicha huquqshunoslik fanlarini o’qitadilar. Ular quyidagilardan iborat:

  • ta’lim;

  • gumanitar fanlar va san’at;

  • ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;

  • fan;

  • muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;

  • qishloq va suv xo’jaligi;

  • sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;

  • xizmatlar.

Har bir bilim sohasi bir qator yo’nalish (268 ta) va mutaxassisliklar (1412 ta) ni o’z ichiga oladi.
Huquqshunos-pedagoglar shaxs huquqiy ongini shakllantirish jarayonida pedagogik usul va vositalardan foydalangan holda faoliyat yuritadilar. Ta’lim oluvchilarning amaldagi huquq va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari, g’oyalari, tasavvurlari, his-tuyg’ularini namoyon etishda maxsus ma’lumot va tayyorgarlikka ega bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to’g’risida”gi 296-sonli qarorida (1994 yil, 13 iyunь) huquqshunos – pedagoglarni tayyorlash uchun huquqiy pedagogika hamda “Davlat va huquq” mutaxassisligi o’qituvchilarini qayta tayyorlash bo’yicha malaka oshirish fakulьtetlari tashkil etilgan. Lekin oliy ta’lim muassasalarining huquqshunos – pedagoglari respublika oliy pedagogika institutida malaka oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, ta’limning sifat samaradorligi rivojlanishini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o’qitishning yangi shakl, noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko’rishni taqozo qiladi. Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri bu – ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir.
Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik printsiplar va normalarni anglab yetishga yo’naltiradi.
Huquqiy ongni shakllantirish ko’p jihatdan huquqiy ta’limga bog’liq. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo’llash, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish uchun huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni asosiy vazifa qilib belgilangan7. SHuningdek, ushbu dasturda tarbiyaviy va o’quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik printsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo’naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusida o’qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan.
Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o’zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o’z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.
Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo’li bilan erishiladi.
Huquqiy ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat:

  • davlat huquqiy ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’limning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug’ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi;

  • huquqiy ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o’quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish;

  • huquqiy fanlar asoslarini chuqur o’rgatadigan o’quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash;

  • darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish;

  • yuridik o’quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash.

SHuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. SHaxs huquqiy ongini shakllantirishga bevosita ta’sir etadigan hayotiy omil – huquqiy ta’lim-tarbiya tizimidir8. Huquqiy ta’lim-tarbiya ijtimoiy borliqning o’ta murakkab shakllaridan biridir. SHuning uchun ham u turli ijtimoiy vazifalarni bajaradi.


Yüklə 381,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə