Guruh: 105 Tekshirdi


Borliqning tarixiy-materialistik konsepsiyasi



Yüklə 30,05 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#107110
1   2   3   4   5
Falsafa tarixida borliq masalasi.

Borliqning tarixiy-materialistik konsepsiyasi. K.Marks o‘zining ijtimoiy borliq haqidagi ta'limotini tarixiy materializm deb nomlagan. Uning fikricha, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, u jamiyatga fizik borliqqa o‘xshash borliq sifatida qaragan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga uning ishonchi komil bo‘lgan. Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixini Marks ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Uning fikricha, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘z-o‘zidan murakkablashishga qodir bo‘lgan o‘ziga xos borliq. Materialistik evolyusionizm ta'limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu yerda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga o‘xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o‘zgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. Shu sababli ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o‘sish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. So‘nggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo‘l bilan o‘tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil o‘sib yetiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil o‘sib yetilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to‘qnashib, burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo‘lgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə