Guruh talabasi Nazarov Bunyodning Dasturlash II fanida 2-deadline topshirig’i. Bloknot Dasturini tayyorlash



Yüklə 1,47 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#111259
Bunyod Nazarov


614-21 guruh talabasi Nazarov Bunyodning Dasturlash II fanida 2-deadline topshirig’i. Bloknot Dasturini tayyorlash.
Men Kalkulyator dasturini yaratishda C++ builder dasturlash muhitining RAD Studio XE3 versiyadan foydalandim. Dastlab yangi loyiha yaratamiz va saqlaymiz.So’ng uning Captionini “Yangi hujjat” qilib o’zgartiramiz. Formaga MainMenu komponentasini joylashtirib Formaga yangi File, Edit, Font, Help menyularni qo’shib chiqamiz. Ushbu menyular qaysi klaviatura tugmasi bosilganda ishga tushishi uchun ShortCut metodiga yozib chiqamiz.
Formaga ImageList komponentasini joylaymiz va menyularga mos rasmlarrni yuklaymiz. ImageListni MainMenuga bog’lab ImageIndeksidan qaysi rasm kerak bolsa tanlab joylaymiz. Formaga Memo komponentasini joylashtiramiz va Alignini alClient qilib olamiz. Linesdan yozuvni ochirib tashlaymiz. So’ng Formaga bir nechta dialog oynalarni joylashtirib chiqamiz. Yangi fayl ochish uchun OpenDialog, saqlash uchun SaveDialog, fontni o’zgartirish uchun FontDialog, Printerga chiqarish uchun PrintDialoglardan foydalanamiz.
Menyularni ishga tushirish uchun endi ularga kod yozib chiqamiz. Menyuga o’tib Shriftni tanlaymiz va unga kod yozamiz. Shrift bosilganda FontDialog ishga tushadi va font o’zgartirish mumkin. Bunda Execute metodidan foydalanib ishlatamiz.
Edit menyusidagi Nusxa olish, Qirqib olish, Joylashtirish va Hammasini belgilash menyulari uchun Memo ni maxsus o’zining metodlaridan foydalanamiz. Nusxa olish – CopyToClipboard(), Qirqib olish uchun- CutToClipboard(), Joylashtirish uchun - PasteFromClipboard(),Barchasini belgilash uchun- SelectAll() metodlaridan foydalanamiz.
Qayta saqlash , Saqlash menyulari uchun SaveDialog ishlatamiz. Qayta saqlashga kod yozamiz so’ng Saqlash uchun ham shartlar va kodlardan foydalanamiz. Saqlash bosilganda qayta saqlash ishga tushsa ish yana ham oson bo’ladi. Fayllarni ochish uchun OpenDialogdan foydalaniladi. Faylni ochishdan oldin saqlashga ruxsat so’rashi uchun MessageDialogdan foydalanamiz. Agar saqlash bosilsa saqlab so’ng fayllarni ochishi uchun kodlarni kodlarni yozib chiqamiz.
Yangi fayl ochish uchun ham avval MessageDialogdan foydalanib shartni tekshirib olamiz. Shartlar tekshirilgandan keyin avval Saqlab keyin yangi fayl ochishi yoki Saqlamasdan yangi fayl ochishi uchun kod yozamiz. Dastur ishlab Faylni Printerga jo’natish uchun PrintDialogdan foydalanamiz. Buning uchunAnsiString tipida ozgaruvchi olamiz . Fayl nomini o’zgaruvchiga tenglab Printerning maxsus kodini yozamiz.
Dastur chiqib ketish uchun Close() funksiyasidan foydalanamiz. Dasturning ozini OnClose hususiyatiga kod yozamiz. Bunda ham MessageDialogdan foydalanib ishlaymiz . Agar true qiymat qaytarsa Saqlab so’ng dastur ishlashdan to’xtaydi, agar false qiymat qaytarganda dastur faylni saqlamasdan ishni to’xtadi. Bunda Abort() funksiyasidan foydalanamiz.
Help menyusidagi Yordam va Dastur xaqida menyulari uchun ikkita alohida Forma xosil qilamiz va uni asosiy Formaga bog’laymiz. Formalar uchun alohida componentalar qo’shib Dastur xaqidagi malumotlarni yozib chiqamiz.
Dasturimizni ishga tayyor ekanligini tekshiramiz.
Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə