Guruh talabasi Razzakova Shalolaning Ta’lim psixologiyasi fanidan 5-amaliy ishi. Mavzu



Yüklə 38,23 Kb.
tarix08.02.2022
ölçüsü38,23 Kb.
#83591
Guruh talabasi Razzakova Shalolaning Ta’lim psixologiyasi fanida


921-18 guruh talabasi

Razzakova Shalolaning



Ta’lim psixologiyasi fanidan

5-AMALIY ISHI.

MAVZU:Ta'lim jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatli munosabatlarini o’rganish.

1-Topshiriq. “Baliq skeleti” metodida Ta'lim jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatli munosabatlarini toping va yechimini ko‘rsatib bering.


Mavzuga tayyorlanmaslik

Xolis baholamaslik

Tushuntira olmaslik

kamsitish

manmanlik

Bo`ysunmaslik





tushunmaslik

Ko`p tergash

Ortiqcha yuklama

Qo`pollik

badjahllik

korrupsiya


Nazorat savollari:

  1. Ta’lim tushunchasi?

  2. O’qitish va o’rganish bu…?

  3. O’qituvchi va o’quvchining o’zaro bog’liqligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  4. Ta’limni o’zlashtirishning 3 ta omillari haqida gapirib bering?

Javoblar:

1. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

T.ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, T. haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib brogan.



2. O`quv jarayonining mohiyati davlat ta‘lim standarti fan bloklarida ko`rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o`zlashtirib olish, zarur malaka, ko`nikmalarni egallashdan iborat. Tinglovchi bilimlarni o`qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o`quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo`llay olish malakalarini ham egallashi zarur.O`quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o`stirish, tug`ma iqtidor (iste‘dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat .Inson hayotida o`qish-o`rganish jarayoni umr bo`yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik hodisa. Demak, o`quv yurtida ta‘lim olish davrida tinglovchi o`z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o`qib – o`rganish malaka va ko`nikmalarini hosil qilishi lozim. Maktabda o`quv jarayoni – tinglovchi bilan o`qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Tinglovchi - o`quv jarayonining subyekti, o`qituvchi ta‘lim jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi. Pedagogik-psixologik fanlar, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o`quv (didaktik) jarayoni, jumladan oliy ta‘lim muassasasidagi o`quv jarayoni ham, to`rtta bir-biri bilan uzviy bog`liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-maqsad (M.M.); 2-tinglovchining o`quv-biluv faoliyati (O`.F); 3-o`zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4-ta‘limning natijasi (N).Demak, oliy maktabda o`quv jarayoni (O`.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin. O`J=M.M+O`.F+B+N .

3. Oʼqitishning emotsionalligi taʼlimning muvaffaqiyatliligini taʼminlovchi omillardan biridir. Taʼlim berish jarayoni emotsional jarayon. Аgar ukuvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuygʼu uygʼotmasa, uni oʼquvchilar esda yaxshi saqlab qolmaydilar. Oʼquvchilarning psixik xolatlari, yaʼni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari, ulardagi kuvonchli, optimistik kayfiyat oʼquv faoliyatini juda samarali qiladi. Oʼquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustrok oʼzlashtirib oladilar. Jamiyatimizdagi mexnat - haqqkiy ijod, kuvonch manbai hisoblanadi. Maktab oʼquvchilarida oʼquv mexnatiga ijodiy munosabat uygʼotib, mehnatning haqiqiy ijod, quvonch manbaiga aylanishiga koʼmaklashishi kerak. Taʼlim jarayonida ukuvchilarning bilishga kizikishlari gʼoyat katta rolь oʼynaydi. Maʼlumki, qiziqish oʼquvchilarning emotsional bezagi hisoblanib, u oʼquvchining biror faoliyatni tanlashga munosabati va yunalishida namoyon boʼladi. Psixologiyada qiziqishning ikki turi oʼquvchilarning taʼlim jarayonidagi faoliyatida aniklanadi: birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi esa bilvosita qiziqishdir. Har bir oʼqituvchi oʼz oʼquvchilarida oʼz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali oʼquvchilarda taʼlimga faol munosabat namoyon boʼladi. Psixologiyada qiziqish shaxsning oʼzi uchun qimmatli yoki yoqimli boʼlgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatdir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri boʼlib hisoblanadi.

Yüklə 38,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə