2.2. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi
o‘qitishning har xil usullari — amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin usullaridan
foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar mazkur bosqichda echiladigan dastur
masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning
mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda
ulardan ratsional foidalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:
elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning
nutqda aks ettirilishi;
Tsnglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli
bo‘yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni
bo‘yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob’ektlarning miqdori,
shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash
malakasi;
bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash,
o‘lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur
vaziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash,
amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish. Masalan, o‘yin shart-sharoitlarida
12
belgilarning tartibi, almashinib kelish konuniyatini, umumiy xossalarni topishni
o‘rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod etakchi
metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini
bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy
aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil
qilishdan iborat.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning
xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
➢
aqliy faoliyat uchun asos bo‘ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;
➢
didaktik materiallardan keng foydalanish;
➢
didaktik
materiallar
bilan
amaliy
ishlash
natijasi
sifatida
tasavvurlarning paydo bo‘lishi;
➢
eng elementar usulda sanash, o‘lchash va hisoblash ko‘nikmalarini
hosil qilish;
➢
turmushda, o‘yinda, mehnatda, ya’ni faoliyatning har xil turlarida
shakllangan tasavvur va o‘zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar
ko‘rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma ma-
terial bilan mustaqil ish ko‘rinishida topshiriq shaklida berilishi mumkin.
Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining
stoli oldida bajaradigan yakka tarzda bo‘lishi mumkin. Hamma bolalar bajaradigan
mashqlardan bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish
uchun ham foydalanish mumkin. YAkka-yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham
o‘sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo‘nalish oladigan
obraz (namuna) sifatida ham xizmat qiladi. Ular orasidagi bog‘lanishlar
vazifalarining umumiyligi bilangina emas, balki doimo almashinib kelishi, qonuniy
ravishda bir-birlarining o‘rnini bosishi bilan ham aniqlanadi.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o‘yin elementlari kichik
guruhda — syurpriz moment ko‘rinishida, o‘xshash harakatlar, ertak qahramoni va
13
h. k. dan iborat bo‘ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa
xarakterini oladi.
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha
bo‘g‘inlardan tashkil topadi. O‘quv-bilish mazmuniga oid o‘yin-mashqlar muammo
shaklida emas, ko‘pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo‘yicha harakat
qilish, topqirlikni namoyish qilish, aqllilikni ko‘rsatish talab qilinadi. CHunonchi,
tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif
qiladi; katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga osib qo‘yilgan kartochkadagi
doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni,
kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi, buyumlar miqdori teng ekanini
isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo‘g‘indan
iborat bo‘lsa, ikkinchi holda 3 ta bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.
Kompleks mashqlar eng samaralidir chunki, ular dasturning har xil
bo‘limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish
imkonini beradi. Masalan, «Geometrik figuralar», «Kattalik», «Miqdor va sanoq»
bo‘limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar
mashg‘ulotlarning foydali ish koeffitsientini oshiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bunday xildagi mashqlar (ya’ni bir xil
maqsadni ko‘zlovchi va bir ma’noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng
foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni,
o‘lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi; bir qator elementar
matematik tasavvurlar shakllanadi.
Mashqlarni tanlashda ularning tarkiban bir mashg‘ulotda birga hal
qilinishinigina emas, balki istiqboldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg‘ulotdagi
mashqlar sistemasi yil davomida o‘tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy
sistemasiga tarkiban qo‘shilib ketishi kerak.
Hozirgi vaqtda mavjud mashklar sistemasi hamma yosh guruhlarda ushbu
qoida asosida tuziladi, har bir oldin keluvchi va undan keyin keluvchi mashq
umumiy elementlar-materiali, harakat usullari, natijalarga ega. O‘zaro bog‘liq va
o‘zaro o‘xshash harakat usullari (masalan, ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish),
14
munosabatlar (masalan, katta-kichik, ortiq-kam, baland-past, keng-tor), arifmetik
amallar (qo‘shish-ayirish) ni o‘zlashtirishga oid mashqlarni berish vaqt jihatidan
yaqinlashtiriladi yoki bir vaqtda beriladi.
Mashqlarda o‘zaro bog‘lanishlarning mumkin bo‘lgan hamma variantlarini
nazarda tutish kerak, masalan, har xil ob’ektlarni bir xil o‘lchovda o‘lchashni, bir xil
ob’ektlarni har xil o‘lchovda o‘lchash, har xil ob’ektlarni har xil o‘lchovlarda
o‘lchash va h. k. ni tashkil qilish mumkin. Bola mashqlarnn bajarishda bir xil
matematik aloqalar, bog‘lanishlar va munosabatlarning har xil ko‘rinishlari bilan
to‘qnashib, ularni oson va tez tushunib, umumlashtira oladi. Bolalarning mashqlarni
bajarish jarayonidagi faollik, (mustaqilliq, ijodkorlik ko‘rsatishlariga qarab,
reproduktiv (taqlidiy) va produktiv mashqlarni ajratish mumkin.
Reproduktiv mashqlar harakat usulini oddiy takrorlash (tiklash)ga asoslangan.
Bunda bolalarning harakatlari kattalar tomonidan namuna, tushuntirish, talab, nima
qilish va qanday qilishni belgilovchi qoidalar shaklida to‘la chegaralanishi mumkin.
Ularga qat’iy ergashish ijobiy natija beradi, topshiriqni to‘g‘ri bajarishni
ta’minlaydi, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini oladi. Mashqlarning
borishi va natijasi tarbiyachining bevosita kuzatuvida bo‘ladi, u ko‘rsatmalar,
tushuntirishlar bilan bolalar harakatini to‘g‘rilab turadi.
Produktiv mashqlar shunisi bilan xarakterliki, ularda harakat usullarini
bolalarning o‘zlari to‘la yoki qisman ochishlari kerak bo‘ladi. Bu bolalarning
mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ijodiy yaqinlikni talab qiladi, maqsadga
yo‘nalganlik va maqsadga intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish
kerakligini aytadi, ammo harakat usulini aytmaydi ham, ko‘rsatmaydi ham.
Mashqlarni bajarishda bola fikrlash va amaliy sanashlardan foydalanadi, fikrlarni
aytadi va ularni tekshiradi, mavjud bilimlarini ishga soladi, ulardan yangi
vaziyatlarda foydalanishini o‘rganadi, aqlliligi, topqirligini ko‘rsatadi. Bu xil
mashqlarni bajarishda pedagog bevosita emas, balki bilvosita yordam beradi,
bolalarga o‘ylash va yana bir marta harakat qilishni taklif qiladi, to‘g‘ri harakatlarni
ma’qullaydi, bola ilgari bajargan shunga o‘xshash mashqlarni eslatadi va h. k.
Produktiv va reproduktiv mashqlar nisbati bolalarning yoshlari, amaliy va
15
bilimiga doir masalalarni echish tajribalari qandayligi, matematik tasavvurlarning
xarakteri va ularning bolalarda qay darajada rivojlanganligi bilan aniqlanadi.
Bolalarning yoshi kattalashishi bilan mashqlarni bajarishdagi mustaqilliklari
ortadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil
qiluvchi va yo‘naltiruvchi og‘zaki ko‘rsatmalar, tushuntirishlar, oydinlashtirishlar
roli orta boradi. Bolalar topshiriqni, mashqni bajarganlaridan keyin o‘z harakatlarini
va o‘rtoqlarining harakatlarini, o‘zini-o‘zi va o‘zaro tekshirishni o‘rganadilar.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o‘sha o‘qitishning mustaqil
usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo uni amaliy usullar guruhiga kiritish ham
mumkin. Bunda har xil o‘yinlarning, har xil amaliy harakatlarning, masalan,
qismlardan butun tuzish, figuralar qatorlari sanoq, ustiga va yoniga qo‘yish
guruhlash, umumlashtirish, taqqoslash kabi harakatlarni o‘zlashtirishdagi alohida
ahamiyati hisobga olinadi.
Didaktik o‘yinlardan eng ko‘p foydalaniladi. Bola bilish mazmunini o‘yin
shakliga kirgan o‘rgatuvchi masalani (o‘yin mazmunida), o‘yin harakatlari va
qoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o‘zlashtiradi. Didaktik o‘yinlarning
hamma turi (buyumli, stolda o‘ynaladigan bosma va og‘zaki turlari) elementar
matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usullaridir. Buyumli
va og‘zaki o‘yinlar matematika mashg‘ulotlarida va ulardan tashqarida o‘tkaziladi,
stolda o‘ynaladigan — bosma o‘yinlar odatda mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |