16
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini bolaning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirishni tavsiya qiladi.
«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
davlat
talablari dasturi»da bolalarga matematika asoslarini o‘rgatishning mazmuni belgilab
berilgan. Bu mazmunga muvofiq tarbiyachi bolalarini uyda o‘rgatayotgan ota-
onalarga ba’zi tavsiyalarni berishi lozim. Agar bolaning matematik ta’limi
rivojlantirilmasa, tasodifan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga qaramay, uning aqliy
rivojlanish saviyasi bu yoshdagi darajasida bo‘la olmaydi.
Maktabgacha yoshidagi ta’limni bola o‘rganayotganini tushuna oladigan qilib
tuzish maqsadga muvofiq.
Savolga javob berganda bola tashqi ta’sirga qarab orientir olmasligi kerak.
Kubchalarni bevosita sanab chiqib, katta kubchalar ham, kichik kubchalar ham bir
xil miqdorda ekaniga ishonch hosil qilishi zarur.
Bola topshiriqni bajarib aniq javob berishi bilan cheklanmay, balki uni
(javobini) asoslay olishi, bunday natijaga qanday kelganini
gapirib bera oladigan
bo‘lishi kerak. Tafakkur nutqdan ajralmasdir. Nutq va tafakkur o‘zaro uzviy
bog‘liqlikda rivojlanadi. SHu sababli bolaga o‘z harakatlarining ketma-ketligi va
ularning natijalari haqida mufassal va boshqalar tushunadigan qilib gapirib berish
imkonini berish kerak. Bola kattalar tekshiruvi ostida o‘zini xuddi tashqaridan
tinglagandek tinglaydi va o‘z da’volarining ishonchli ekanini baholaydi.
Son haqidagi tasavvur bolaning buyumlarni sanay olishi bilan chegaralana
olmaydi. Bolalarning ketma-ket sonlar orasidagi munosabatlarni tushunib etmog‘iga
erishmoq kerak. Qo‘l ostida mavjud bo‘lgan har qanday materialdan — toshchalar,
soldatchalar, qurilish nabori yoki mozaika elementlaridan —
foydalanib, sonlar
orasidagi munosabatlarni ortiq, kam, teng so‘zlari bilan aniqlab, har xil buyumlar
guruhini taqqoslash mumkin. Buni qanday qilish kerak? Qog‘oz varag‘iga ikkita
qator chizamiz. YUqoridagi qatorga bitta oq tugma, pastdagi qatorga oltita qora
tugmani joylashtiramiz. Bolaga qaysi tugmalar ko‘p, qaysilari kam, yoki ular teng
ekanini aniqlashni taklif qilamiz. Bola savolga yo qayta sanash usulidan foydalanib,
yo oq va qora tugmalarni juftlab chiqib javob berishi kerak.
17
Maktabgacha yoshidagi bolalarning xos bo‘lgan fikrlashdagi konkretlikdan
qutilish,
shuningdek, bola buyumlarning katta guruhi har doim yuqorida bo‘ladi,
degan xulosa chiqarishga o‘rganib qolmasligi uchun buyumlarning kichik guruhini
goh yuqoriga, goh pastga qo‘yib turish zarur. Aks holda bolalarning noto‘g‘ri
shakllangan tasavvurlariga duch kelishga to‘g‘ri keladi. Tarbiyachining qanday
kvadratlar ko‘p, qanday kvadratlar kam, deb bergan savoliga Karimaning (4 yasharu
4 oylik) javobini keltiramiz: «Qizil kvadratlar ko‘p, chunki ular yuqori qatorda
turibdi, yuqori qatorda esa har doim ko‘p bo‘ladi».
Buyumlarning ikki guruhini taqqoslashda teng sonli bo‘lmagan katta
buyumlarni bitta buyumni qo‘shish yoki ayirish bilan teng sonli to‘plamlarga
qanday almashtirish kerakligini ko‘rsatish kerak. Masalan, 6 ta kubchani bir qator
qilib qo‘yamiz, ularning tagiga ettita toshchani terib qo‘yamiz. Bolaga nima ko‘p,
nima kamligini, toshchalar ko‘pmi yoki kubchalar ko‘pmi, yoki ular baravardanmi
ekanini aniqlashni taklif qilamiz. Kubchalar toshchalardan
kam ekani aniqlab
olingach, bolalarga shunday topshiriq berish kerakki, toshchalar bilan kubchalar
tengdan bo‘lsin. Aytib berishga shoshilmay, bolaning o‘zi to‘g‘ri echimni topishiga
imkon berish muhimdir. Odatda, bolalar bunday ishning uddasidan chiqadilar va
boshdayoq yana bitta kubcha qo‘shish kerakligini aytadilar. Katta bola bilan
birgalikda kubchani qo‘yadi, kubchalar guruhini sanab chiqadi, endi toshchalar bilan
kubchalar baravar — ettitadan ekanini aniqlab bunday deydi. «Etti va etti — teppa-
tengdan». Teng sonli bo‘lmagan buyumlar guruhini aylantirishning ikkinchi usulida
pastki qatordan bitta toshchani olish kerakligini ko‘rsatish zarur.
Bolalar yuqori
qatordagi ham, pastki qatordagi ham buyumlarni qaytadan sanab bunday deyishadi:
«Olti va olti — teppa-teng» dan.
Ota-onalarga o‘z bolalari bilan shug‘ullanganlarida ko‘proq o‘yin
metodlaridan foydalanishni maslahat beramiz. Bolalar uchun «Nima o‘zgardi?»
o‘yini qiziqarlidir. Bu o‘yin buyumlarning ikki guruhini taqqoslash oson, qiziqarli
tarzda o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Masalan, pastki va ustki qatorda ikki xil rangli
oltitadan uchburchak turibdi. Bola qizil rangli uchburchaklar ham, sariq rangdagi
uchburchaklar ham oltitadan ekanini ta’kidlaydi. SHundan keyin u ko‘zlarini
18
yumadi, bolalardan biri shu vaqt ichida bitta qizil uchburchakni olib qo‘yadi.
Bola ko‘zini ochib, nima o‘zgarganini aniqlashi va bu haqida gapirib berishi
kerak. O‘yinni davom ettirib, goh yuqori qatordan, goh
pastki qatordan bittadan
buyumni olish mumkin, goh yuqori poloskaga, goh pastki poloskaga bittadan
buyumni qo‘shish mumkin. Ba’zan esa hamma buyumlarni qatorlarda o‘zgarishsiz
qoldirish ham mumkin.
Bolalar o‘zgarishlarni payqab, bunda ham qanday buyumlar ko‘p, qanday
buyumlar kam yoki buyumlar teng ekanini aniqlashlari kerak. Bolalarning sevimli
o‘yinlari bo‘lmish koptok o‘ynashdan matematik
bilimlarni mustahkamlashda
foydalanish mumkin. Sayr paytida siz bolaga koptokni irg‘itasiz va sonni aytasiz.
Bola to‘pni orqaga qaytarib, kelishilganiga binoan, bundan bitta ortiq yoki bitta kam
sonni aytishi kerak.
19
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki j
oriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qo‘yida qarorning to‘liq matni bilan tanishib
chiqishingiz mumkin.
3
Dostları ilə paylaş: