Haqda ayniqsa fransuz matematigi Henri Puankare hamda German Veylning



Yüklə 8,71 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,71 Kb.
#151329
Matematikaning-WPS Office


Matematikaning rivoji inson tafakkuri ta’sirida amalga oshadi. Shu sababdan ham

matematikani o’rganish o’rganuvchidan tafakkurni rivojlantirishni talab etadi. Bunda

matematik tafakkurning o’ziga xos usul va shakllaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu

haqda ayniqsa fransuz matematigi Henri Puankare hamda German Veylning

matematik tafakkur haqidagi fikrlari, uni yoshlikdan tarbiyalab borish zarurligini

tasdiqlaydi.

Tafakkur – inson ongida ask etgan obyektlar tomonlar va xossalarini ajratish va

ularni yangi bilim olish uchun boshqa obyektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish

jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur obyektiv borliqning inson ongida faol

aks ettirish jarayonidir. Tafakkur ham mazmun va shaklga ega. Alohida fikrlar

tuzilmasi va ularni maxsus birlashmalariga tafakkurning shakllari deyiladi.

Tafakkurning shakllari quyidagilar: tushuncha, hukm va tasdiqlar. Uning haqiqatliligi

– ularni to’g’ri o’rganish, mustahkam va ishonchli sistemani ta’minlaydi.

Tushunchalar obyektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks

ettiradi, bunda birlik va umumiylik xossalari mavjud. Birlik xossalari faqat shu

obyektga tegishli bo’lib, uni boshqalaridan farqlovchi belgilarini o’z ichiga oladi,

umumiy xossalari – obyektlarga tegishli muhim xossalarni ifodalash uchun

tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta’minlash uchun

qo’llaniladi. Tushunchaning xususiyatlari: moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya

hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo’ladi; tushuncha o’ziga xos

inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda va

belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Tushunchaning shakllanish jarayoni

bosqichlari: qabul qilish, hissiy bilish, tasavvur, tushunchaning shakllanishi.

Umumlashtirishda bir necha obyektlarga tegishli umumiyliklar ajratilib, farqlari

qaralmaydi, abstrakt tushunchalar shunday paydo bo’ladi. Bunda obyektlarning

kattaroq to’plami qaralib, ularga xos umumiy va turg’un xossalari ajratiladi. Tushuncha

mazmun va hajmga ega: mazmun – bu tushunchaning barcha muhim belgilari

to’plamidan iborat, hajmi esa – bu tushunchani qo’llash mumkin bo’lgan obyektlar



to’plami, demak, mazmun – belgi, xossalar, hajm – obyektlarni ifodalaydi.
Yüklə 8,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə