Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu



Yüklə 158,53 Kb.
səhifə1/7
tarix25.05.2022
ölçüsü158,53 Kb.
#87919
  1   2   3   4   5   6   7
ismoilova kurs ishi

Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu


uchun aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning
salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari,
imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat risklarini,
qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini
kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga
erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda
olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni
tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash;
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish;
hisobotni tayyorlash va uning taqdimotidir.
Odatda marketing tadqiqotlari
bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi:
I. Muammoni belgilash, tadqiqot
budjetini hisob-kitob qilish.
I
I. Axborot manbalarini tanlab olish
III. Axborot to‘plash va qayta ishlash.
IV. Axborotni tahlili qilish va bashorat
qilish.
V. Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi (research desing) – marketing
tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal
etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish
muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali
o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil
rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega
bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar
(uslublar)ni aniqlashtiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki
komponetlarni kiritadi:
1. Zaruriy axborotlarni aniqlash.
2. Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish.
3. O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish.
4. Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa
uslubini aniqlash.
5. Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash.
6. Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.

Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning ahamiyati


Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida kasalni oldini olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday rol o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Muammoni aniqlash tadqiqotlari va muammoni xal etish tadqiqotlari mazmunan va metodologik nuqtai nazardan har xil vazifalarni qaratilgan bo‘lsada, ikkalasini jamlasa bo‘ladi. Masalan, xorijiy kompaniyalar tajribasida (“Scott Paper” kompaniyasi) bozordagi ulushini kamayishini tadqiqot qilinganda, uning asosida raqobat kuchayotganligi (muammoni
aniqlanishi) aniqlandi va raqobatchilar bilan kurashish uchun bozorga yangi tovarlar chiqarish zarurligi haqida qaror qabul qilishgan (muammo yechimi).
Muammoni aniqlash uchun MT (problem identification research) – hozirgi yoki kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin aniq bo‘lmagan muammoni muvofiqlashtirishga yordam berishda foydalaniladi.
Bozor munosabatlari sharoitida kutilmagan vaziyatlardan kam sarf bilan chiqib ketish tadbirkorlik faoliyatida muhim muammolardan biri hisoblanadi. Albatta, samarali faoliyat yuritishda ichki va tashqi omillarning ta’sirini oldindan bila olish, ularning zarariy ta’sirini kamaytirish hammani qo‘lidan
kelavermaydi. Shu sababdan marketing tadqiqotlarini
o‘tkazishni asosiy vazifalaridan bo‘lmish, yuzaga kelgan
va kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan
bashoratlash vazifasi muhim o‘rin egallaydi. Bekorga
biznesda “kim birinchi ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorni egallaydi”, degan ibora o‘zining dolzarbligini ko‘rsatib kelmoqda.

Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə