Harajatlar hisobi va mahsulot tannarxini hisobga olish holati va rivojlanishi



Yüklə 335,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü335,67 Kb.
#112051
1   2   3   4   5
harajatlar-hisobi-va-mahsulot-tannarxini-hisobga-olish-holati-va-rivojlanishi

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 331
rejalashtirish bilan bog’liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish 
bo’linmalarining moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini hisoblash uchun, 
sarflash me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq to’lash me’yorlarini ishlatishni 
hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini ko’zda tutadi. O’z navbatida 
ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish iste’molni mehnatni 
me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini me’yoriy asoslashsiz mumkin 
emas. Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni tayyorlashning 
konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini qamrab oladi. Ular 
chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan cheklangan, mehnatning 
tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. Bu holat ishlab chiqarishning 
tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani 
yana bir marta ta’kidlaydi. Har Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini 
tanlash ushbu subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Lekin umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini 
tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin. Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida 
moddiy qiymatliklarning harakati belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan 
kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish 
holatida yig’ilib boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning 
hajmiga qo’shiladi. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning 
me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan 
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxining farqi ko’rinishida 
aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan 
chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridaoxiridagi ishlab chiqarishning 
qiymatida qo’shiladi.Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga 
rioya qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri 
davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya 
hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd 
qilinmaydi.Тasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor 
mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun 
sarflanishi lozim bo’lgan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil 
mahsulotlarning har bir guruhi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan 
ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining balansi 
bo’yicha natura ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda me’yoriy tannarxi bo’yicha 
baholanadi, yoki bo’lmasa ishlab chiqarish bo’linmalaridagi tugallanmagan ishlab 
chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi. 

Yüklə 335,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə