Harbiy ta’lim fakulteti 305-gurux talabasi Ochildiyev Baxtiyor Ravshan L o‘g‘lining 4+2 yillik malakaviy pedagogik amaliyoti yuzasidan hisoboti



Yüklə 1,48 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#111507
Ҳисобот Фозилов якуний


‘‘Tasdiqlayman”
Maxsus tayyorgarlik sikli boshlig‘i
S.Valiev
___“_______"2023 yil


Harbiy ta’lim fakulteti 305-gurux talabasi Ochildiyev Baxtiyor Ravshan l o‘g‘lining 4+2 yillik malakaviy pedagogik amaliyoti yuzasidan


HISOBOTI

O‘quv yilining 15 sentyabr kuni fakultetimiz 3-kurs talabalari bilan malakaviy pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanni fakultetimiz boshlig‘i polkovnik A.Uzoqov ochib berdi. So‘z sikl boshlig‘i podpolkovnik S.Valievga berildi. U o‘z so‘zida pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng pedagogik amaliyot raxbari podpolkovnik A.Xonimqulov so‘zga chiqib amaliyot jarayonida talabalar tomonidan yuritiladigan hujjatlar va talabalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.


Men, 16 sentyabr 2022 yil Toshkent shaxar, Toshkent shahar, Yunusobod tumaniga qarashli 97-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot o‘tash uchun bordim. Malakaviy amaliyot dasturiga asosan Men biriktirilgan ta’lim muassasasi bilan tanishuv o‘tkazdim.

Pedagogik amaliyot raxbari podpolkovnik A.Xonimqulov amaliyot jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida ko‘rsatmalar berdi.


P edagogik amaliyot 4+2 shaklida, haftaning juma va shanba kunlari o‘tkazildi. Bu davrda Men o‘zimga biriktirilgan sinf o‘quvchilari bilan tanishdim, sinf raxbarining yuritadigan hujjatlari va o‘quv rejalar, manaviy-ma’rifiy ishlar rejalarini o‘rganib chiqdim va o‘z rejalarimni tuzib oldim va tasdiqlatdim.


Tasdiqlangan manaviy ma’rifiy rejaga asosan 11 ta tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etdim.


Pedagogik amaliyot dasturiga asosan 12 ta dars mashg‘ulotlarini kuzatdim va biriktirilgan metodist o‘qituvchi bilan darslarni taxlil qildim va taxlil daftarimga kayd qildim.


Pedagogik amaliyot dasturiga asosan 1ta sinov darsi, 8ta dars mashg‘ulotlari va 1ta ochiq dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdim.




Malakaviy pedagogik amaliyot davomida Men, umumiy o‘rta ta’lim muassasining ijtimoiy muxiti, ta’lim muxiti, muassasa subektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsplari, mediasavodxonlik va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ldim.


Men ta’lim muassasasi raxbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchanlik faoliyati, fan o‘qituvchilarining dars davomida o‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlarini va me’yoriy hujjatlarning yuritilishini o‘rgandim.
Ushbu pedagogik amaliyot Mening Chaqiriqqacha qadar yoshlarni tayyorlash o‘qituvchisi bo‘lib shakllanishimda yordam beradi.


305-gurux talabasi: B.Ochildiyev
Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə