Hayvonlar anatomiyasi fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar



Yüklə 288,63 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü288,63 Kb.
#158375
Презентация Microsoft PowerPoint



HAYVONLAR ANATOMIYASI FANIDAN 
AMALIY-LABORATORIYA 
MASHG‘ULOTLAR


Dumg’aza umurtqalari tuzilishi

Dumg‘aza umurtqalari yoki dumg‘aza suyagi – vertebrae sacralis. –s. os
sacrum. Dumg‘aza umurtqalari har xil hayvonlarda turli sonda, masalan, 
qoramolda – 5 ta, qo‘yda – 4 ta, cho‘chqada – 4 ta, otda – 5 ta, itda – 3 
ta bo‘ladi. Hamma dumg‘aza umurtqalari birlashib bitta dumg‘aza
suyagi – os sacrum ni hosil qiladi. Dumg‘aza suyagining elka o‘simtalari –
processus spinosus dumg‘aza tarog‘i – crista sacralis ni hosil qiladi, 
yoylararo teshik bo‘lmaydi. Umurtqaaro kesigi 4 juft dorsal dumg‘aza
teshigi – foramina sacralia dorsalia ni hosil qiladi. Bu teshiklardan qon
tomirlari va nervlar o‘tadi. Ko‘ndalang qovurg‘asimon o‘simtalari uchli
yon qismi – partes laterales ni hosil qiladi. Birinchi ikkita ko‘ndalang
o‘simtalar to‘rtburchak shakldagi dumg‘aza qanoti – alae ossis sacri ni
hosil qiladi. Dumg‘aza qanotida tos suyagi bilan birlashishi uchun
quloqsimon bo‘g‘im maydonchasi – facies auricularis bo‘ladi.


Ensa suyagi – os occipitalis – bosh 
suyagining orqa (aboral) tomonida
joylashgan bo‘lib, asosiy (tana), 2 ta 
yon qism va tangachasimon qismlardan
tarkib topgandir. Asosiy qism yoki
tanasi – pars basilaris, s.corpus
occipitalis – bosh suyagining asosida
joylashadi va ponasimon suyak bilan
birlashadi. Ensa suyagining tashqi
yuzasida, ya’ni ponasimon suyak bilan
birlashgan joyida bosh muskullarining
kelib birikishi uchun juft muskul
do‘ngligi – tubersulum muskularis
bo‘ladi.


Ponasimon suyak – os. sphenoidale. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida
ponasimon suyakning tuzilishini
qoramol misolida ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak, toq suyak bo‘lib, bosh 
skeletining asosida, ensa suyakdan
oldinroqda joylashadi va u 
panjarasimon, dimog‘, qanotsimon, 
tanglay, peshona, chakka, ensa
suyaklari bilan birikkan bo‘ladi. 
Ponasimon suyakda tanasi chakka va
ko‘z qanoti farqlanadi. Tanasi – corpus 
ossis sphenoidalis – ikki qismdan
tuzilgan: oldingi yoki presfenoida –
praespenoid va orqa qismi
bazesfenoida – basisphenoid


Pastki jag‘ suyagi - os mandibulare ikkita
suyakdan tuzilgan bo‘lib, chakka suyagining yonoq
o‘simtasi bilan birikib turadi. Bu suyakda tanasi –
corpus mandibulare hamda jag‘ shoxchasi – rami 
mandibulare farqlanadi. Pastki jag‘ joylashadigan
katakchalari – margo alveolaris da esa tishlarning
kesuvchi qismi – pars incisiva, asosiy qismi – pars 
molaris farqlanadi. Kesuvchi qismida tashqi
qavariq lab yuzasi – facies labialis va ichki botiq
til yuzasi – facies lingualis bo‘ladi. Bu ikkala yuza
alveolyar yuzada bir biriga birlashadi va shu erda
4 ta tish alveola katakchalari bo‘ladi. Kesuvchi
qismida tishli alveolyar cheti – rami-margo
alveolaris bo‘lib, u tishsiz cheti – rami-margo
interalveolaris ga o‘tadi

Yüklə 288,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə