«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


O’ tkir  va yarim o’tkir yallig’lanishlarni davolash



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

O’
tkir  va yarim o’tkir yallig’lanishlarni davolash

          O’tkir yallig’lanishda – birinchi 12 – 24 soat ichida mahalliy gipotermiya va 
kuchsiz  siquvchi  bog’lamlar  qo’llanadi  (to’qima  shishini  qaytaradi,  og’riq 
kamayadi).  Undan  tashqari  kisqa  novokain  qamali  bilan  birgalikda    ionoforez 
orqali gidrokortizon yuboriladi. 
 
Ikkinchi  kundan  boshlab  issiq    muolajalar  ya’ni  spirtli  quriydigan 
bog’lamlar,  isituvchi  kompresslar,  Minin  lampasi,  qizil  yorug’lik    va  boshqalar 
qo’llanadi. 3–4 kundan so’ng og’riq pasayganda   massaj bilan birgalikda ozokerit 
va parafin applikatsiyalari qo’llanishi zarur. 
 
Yarim o’tkir va surunkali yallig’lanishni davolash usullari fibrinli  – plastik 
va  proliferativ  o’zgarishlarga,  to’qimalarni  ko’p  miqdorda  chandiqlashishiga  yo’l 
qo’ymaslikka qaratilgan. 
 
Qo’llanadigan  usullar
:  o’tkir  qo’zg’atuvchi  malhamlar    bilan    massaj 
o’tkazish.  Linimentlar  bilan  issiq  muolajalar  qo’llash,  to’qima  terapiyasi,  teri 
ostiga pirogenal, shaftoli moyi yoki provansal moyi aralash skipidar, metilsalitsilat 
va boshqa qo’zg’atuvchi vositalarni qo’llash. Nuqtali va chiziqsimon kuydirishdan 
keyin (termokauterizatsiya) otlarga qizil simob malhami, qoramollarga ikki xromli 
kaliy  malhamini  so’rish  yaxshi  natija  beradi.  Proliferat  sohasiga  ultratovushni 
ayniqsa fonofarez bilan birgalikda qo’llash juda yaxshi samara beradi. 
 
O’tkir yiringli yallig’lanishni davolashda yallig’lanishning bosqichiga qarab 
etiotrop va patogenetik usullar qo’llaniladi. Infeksiya bostirilib yo’qotiladi. To’liq 
biriktiruvchi  to’qimali  to’siq  hosil  bo’lishiga  yordam  beriladi.  Ko’p  miqdorda 


15 
 
tarqalgan  nekrozlar  va  yiringlanishning  oldi  olinadi.  To’qima  buzilishi  natijasida 
hosil  bo’lgan  va  mikroblar  ishlab  chiqargan  toksinlar    neytrallashtirilib 
organizmdan chiqariladi, hosil bo’lgan yiring tashqariga chiqarib tashlanadi. 
 
Organizmning  moslashish  (adaptasion)  reaksiyalari,  himoya  mexanizmlari 
va  regenerativ  –  tiklanish  jarayonlarini  maqsadli  boshqarish  va  buzilgan 
faoliyatlarni normallashtirish maqsadida neyroendokrin tizimi orqali ta’sir etuvchi 
usullar va vositalar kompleksi qo’llanadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə