|
![](/i/favi32.png) «hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasiumumiy va xususiy xirurgiya.
Aseptik yallig’lanish
mexanik, fizik, kimeviy omillar ta’sirida hosil bo’ladi.
Kechishi bo’yicha u – o’tkir va surunkali, ekssudat xiliga qarab serozli, seroz –
fibrinozli va fibrinozli bo’ladi. Ekssudat tarkibida eritrotsitlar bo’lsa u gemorragik
deyiladi. Skipidar va boshqa kimyoviy moddalar ta’sirida aseptik yiringli
yallig’lanish paydo bo’ladi.
Infeksion yallig’lanish
hayvon to’qimalariga mikroorganizmlarning
o’rnashishi natijasida rivojlanadi. Kechishi og’irroq bo’ladi. Yiringli
yallig’lanishni streptokokk, stafillokokk, ko’k yiring tayoqchasi va boshqalar
chaqiradi. Fakultativ anaeroblar esa chirish jarayonlarini rivojlantiradi.
Yallig’lanish himoya – moslashish jarayoni bo’lib, ikki o’zaro bog’liq
komponentlardan iborat: degeneratsiya – buzilish va regeneratsiya – tiklanish. Shu
komponentlarning bir biridan ustunligiga ko’ra yallig’lanish quyidagilarga
bo’linadi:
1.
Normergik yallig’lanish
– bunda organizmning javob reaksiyasi
shikastlovchi omilga teng. Bu turdagi yallig’lanishda kasallik yengil kechib,
tuzalish bilan tugaydi.
2.
Giperergik yallig’lanish
– nerv sistemasining adaptasion – trofik
finksiyasi buzilganda, allergik holatda va o’lgan to’qimalar ko’p bo’lganida
kuzatiladi. Kechishi o’tkir. Bunda buzilish jarayonlari tiklanish jarayonlaridan
ustun keladi.
3.
Gipoyergik yallig’lanishda
shikastlovchi agent ta’siriga organizmning
javob reaksiyasi past bo’ladi. Bu hildagi jarayon oriq, kuchsiz, ilgaridan
kasallangan hayvonlarda ko’proq kuzatiladi.
Organizmning himoya reaksiyasi kuchsiz bo’lgani sababli infeksiya
kuchayadi va tez tarqaladi. Bunday yallig’lanishlar asosan anaerobli infeksiya
va ionli
radiasion nurlanishlarda kuzatiladi.
Yallig’lanish ikki fazada kechadi. Har bir fazada o’ziga xos mahalliy biofizik
– kimeviy o’zgarishlar kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|