35
Qon ketishi arterial, venoz, kapillyarli, ichki va tashqi hamda
parenximatozliga bo’linadi. Tashqi qon ketishi oddiy ko’z bilan ko’rinadi. Ichki
qon ketishida qon to’qima yoki anatomik bo’shliqga oqishi tufayli uni aniqlash
qiyin. Bo’shliqlarda to’plangan qon turli asoratlarni chaqiradi; masalan: plevra
orasida– gemotoraks, bo’g’im ichida– gemartroz, bachadon ichida – gemometra,
ko’z ichida – gemoftalmus.
Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi qon ketish
jarohat sodir bo’lgandan so’ng birdaniga, yoki bir necha soatdan keyin boshlanishi
mumkin. Ikkilamchi qon ketishi qonni to’xtatgandan so’ng bir necha soatdan yoki
kundan keyin qayta tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: