Hikoyalarda ayol obrazining talqini O’zbek qissalaridagi ayol(Odil Yoqubov,,Muqaddas) II bob o’zbek va Jahon adabiyotida ayol obrazining talqin etilishi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə2/3
tarix20.01.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#98843
1   2   3
Kurs ishi

Kurs ishining maqsad va vazifalari: ,,Muqaddas’’, ,,O’tkan Kunlar’’, ,,Jamila’’, ,,Noma’lum ayol maktubi’’,asarlarini o’rganish va tahlil qilish orqali kitobxonga asarning tushunarli bo’lishiga va ilmiy xulosalardan chiqarishdan iborat.
Kurs ishining amaliy va nazariy ahamiyati: Mazkur kurs ishi materiallaridan o’quv darsliklarida,oliy ta’lim muassalarida qo’shimcha ma’lumot sifatida foydalanish.
Kurs ishining metodolik asosi. ,,O’tkan kunlar’’, ,,Muqaddas’’, ,,Noma’lum ayol maktubi’’kitoblari, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari.
Kurs ishining tuzilishi.Kurs ishi kirish qism,ikki bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.

Badiiy asarlarda ayol obrazi ishlatilish tarixi.Adabiyotshunoslikda insonni tadqiq etish fanning bosh xususiyatlaridan biri sanaladi. Bu esa, avvalo, insonning qarashlari, inson haqidagi badiiy-estetik tushunchalarni o‘rganishni talab etadi. Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli ekanligi inobatga olinsa, har bir ijtimoij sharoitda yangi qahramon, yangi obraz yaratish kun tartibiga chiqishi oydinlashadi. Masalan, eramizdan oldingi davr madaniyati, milodning V asrigacha bo‘lgan madaniyat, qoraxoniylar davri madaniyati, O‘rta asrlar uyg‘onish davri, temuriylar davri kabi tushunchalar ostida o‘z davri uchun yangi qarash va tamoyillar asosidagi inson konsepsiyasi yotadi. Insoniyat taraqqiyoti zamonaviy tamaddungacha bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan. Qizig‘i shundaki, boshlangan bosqichlar avvalgisiga nisbatan yangi davr deb atalgan. Insoniyat ongi va idrokidagi o‘zgarishlar mazkur davrlar uchun yangi inson konsepsiyasi bo‘lgan. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, mustaqillik qo‘lga kiritilgach, adabiyotimizda ham yangicha fikrlaydigan, yangicha dunyoqarashga ega odamlar tasvirlana boshlandi. Demak, bugungi o‘zbek adabiyotida yangi inson konsepsiyasining yetakchi ijtimoiy asosi milliy mustaqillik bo‘ldi. Aynan mustaqillik qo‘lga kiritilgach, ijodiy erkinlik berildi. Avval obrazlar sobiq tuzum mafkurasining ma’lum tamoyillari asosida tasvirlanishi talab qilingan bo‘lsa, endi inson qanday o‘ylasa, yashasa, qanday mavjud bo‘lsa, shu bilan birga ijodkor qanday taassavur qilsa, shunday tasvirlash, uni sof ijtimoiy-psixologik sub’ekt sifatida real tasvirlash imkoni yaratildi.3
Dunyoda onalar bo‘lmasa hayot to‘xtaydi. U xoh inson bo‘lsin, xoh o‘simlik bo‘lsin, xoh hayvon barcha yaratiqning onasi, dunyoga keltiruvchisi bo‘ladi. Ayol ona demakdir. Ayolsiz hayot bo‘lmas ekan, adabiyotda ayollar qatnashmagan asar ham yo‘q. Zero, “Ayol bo‘lmasa, adabiyot bo‘lmas edi. Adabiyot avvalo ayolga atab, ayol uchun, uning ko‘nglini olish, dilidagini bilish, ayol degan xilqat ne o‘zi - shuni anglash uchun yaralgan. Abdulla Qahhor aytganidek, qushning ham erkagi sayraydi. So‘z san'ati avvalboshi er kishining ijodidir, demak, erkakni qiziqtirgan bosh masala adabiyotning asosiy muammosi bo‘ladi. Erkakni esa, tabiiyki, eng avvalo ayol qiziqtiradi. Shu bois, adabiyotning asosiy qahramoni, bosh mavzui – ayoldir”4. Darhaqiqat, deyarli barcha qalam mahsullarida ayol obrazi asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda, asli hayot erkak va ayol munosabatlari ustiga qurilgan. U istalgan jihatdan bo‘lsin, ana shu ikki insonning munosabati zamirida mavjud bo‘ladi. Adabiyot esa inson va uning qalbini o‘rganuvchi fandir. Aytish mumkinki, adabiyotda turli mavzu va qarashlar ko‘p, ammo ularning tag zamirini qarasak, barchasi ayol va uning tevaragida aylanadi. Hatto mavzusi hayotni anglashga qaratilgan asarlarning ham mag‘zi birinchi navbatda, ayolni anglashga qaratiladi. “To‘g‘ri, so‘z san'atida ota-onaga muhabbat, tabiat go‘zalligi, halollik, bolalarni sevish, yovlarga nafrat... kabi o‘nlab mavzular bor, bularning har biri ming yillardan beri yuzlab xalqlarning so‘z san'atida chuqur, har taraflama ishlangan. Ammo baribir, ularning hech biri ayol tasvirichalik mavqe kasb etmaydi. Shu ma'noda, insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya'ni ayolni o‘rganish, inkishof etish ilmidir. Kuzatsak, eng qadimgi asarlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto, aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzuining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog‘liq”5. Shunday ekan, bu mavzuni tadqiq etish ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ayol obrazining adabiyotda mavjud bo‘lishi xalq og‘zaki ijodining qadimiy davrlariga borib taqaladi. Bu ayniqsa, diniy hikoyatlarda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Islomgacha bo‘lgan davrda ham, undan so‘ng ham ayol kishi masalasiga alohida e’tibor beriladi. Darhaqiqat, islomgacha bo‘lgan davrda ayollar, pari kampirlar obrazi mavjud bo‘lsa, Islom dini jamiyatida esa eng katta hurmatga loyiq zot bu turmush ko‘rgan ayol, ya’ni ona hisoblanadi. Bu Payg‘ambar alayhissalomning “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, degan hadislarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, ayol masalasi hech bir davrda quyi o‘ringa tushgan emas, doimo bosh masala hisoblanadi. Chunki, insoniyat ibtidosidan boshlab odam bolasini ona dunyoga keltiradi va atrof-olam bilan tanishtiradi. Shuning uchun deyarli ko‘p hikmat, rivoyatlarda asosiy obraz shaklida ayollar turadi. Ulardan eng qadimiylari Umay ona, Momo Havo obrazlaridir. Umay ona qadimgi turkiy qavmlarning onasi, yaratuvchisi hisoblanadi. “Bu kult onalarni, bolalarni himoya qiluvchi iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning umr yo‘ldoshi deb tasavvur qilingan”6. Darhaqiqat, bu narsani Mahmud Koshg‘ariy ham o‘zining “Devon”ida yozib o‘tadi. Umayni yo‘ldosh, ya’ni bolaga yopishib yuruvchi narsa deya ta’riflaydi.
Demak ona obrazi, ayol qiyofasi, turmush o‘rtoq shaklida ham azaldan mavjud bo‘lgan. Shu tariqa ayol, ona obrazlari afsona va rivoyatlardan o‘sib, shakllanib kelgan. Yuqoridagilar badiiy adabiyot namunalari bo‘lib, badiiy talqinda kirib kelsa, o‘rta asr tarixiy asarlarida ham afsonaviy ayol yoki ona obrazlariga murojaat etilgan. Buni Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida ko‘ramiz. Asarning ikkinchi bobida “turk-mo‘g‘ul xalqlarining afsonaviy onasi Alanquva va undan tarqalgan avlod”7 haqida so‘z boradi. Bitta katta bob onaga bag‘ishlangan. Bu narsani taniqli adib Pirimqul Qodirov o‘zining “Yulduzli tunlar. Bobur” tarixiy romaniga ham mohirona olib kiradi. Asarga Bobur nutqi orqali
“ – Ana shu Yulduzxonning nevarasi – afsonaviy ayol Alanquva qurlos urug‘idan ekan. Qurlos barlosga qon-qarindosh. Nomi ham uyqash. Men buni Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobidan o‘qidim. Ilohiy ruhdan homilador bo‘lib o‘g‘il tuqqan Alanquva turkiy qavmlarning afsonaviy onasi sanalar ekan”8, shaklida kiritiladi.
Momo Havo esa islom va uning aqidalarida kirib kelgan. U shayton hiylasi tufayli Odam Atoga ta’qiqlangan mevani yedirib qo‘yadi. Bunda ayol obrazining o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘ladi. Ya’ni, Odam Ato bilan munosabati, unga o‘z ta’sirini o‘tkaza olishi va shu bilan birga uning ajralmas maslakdoshi bo‘lishi ko‘rsatiladi. Bu leytmotiv dunyo dinlarining deyarli barchasida mavjud.
Xalq og‘zaki ijodiyoti janrlarining har qaysisida ayol obrazi bor. Ertaklarda asosiy o‘rinda ayol obrazi turadi. Bunda ayollarning turli jihatlari, xil-xususiyatlari, xarakterlari ochiladi. Ularning ba’zilarida qalbi mehrga to‘la, farzandi uchun jonini beruvchi, samimiy ona qiyofasida ko‘rsak, ayrimlarida qahrli, makkor, o‘z manfaati uchun hech narsadan qaytmaydigan yovuz qiyofada ko‘ramiz. Lekin e’tiborli jihati shundaki, ertaklarning ham asosiy qahramonlari ayollar hisoblanadi. Bundan tashqari, xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish dostonlarda ham ayol obrazi va uning qiyofasi alohida qabariq holatda tasvirlanadi. O‘zbek xalqining mumtoz dostoni – “Alpomish”da Barchinoy, Qaldirg‘ochoyim obrazlari ana shunday obrazlar hisoblanadi. Dostonda ayol obrazining badiiy talqini ham asosiy o‘rinni egallaydi. “Alpomish” dostonida ayollarga xos bo‘lgan fazilatlar, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni Barchin obrazi orqali nozik badiiy bo‘yoqlarda go‘zal va ehtirosli tasvirlangan”9. Nafaqat Barchin obrazi orqali balki, Qaldirg‘ochoyim obrazi orqali ham ayollarning mardligi, qat’iyatliligi, va’daga vafoli bo‘lish kerakligi, or-nomus masalasi yorqin ifodasini topgan. Ularning aql-farosati, donoligi namoyon etiladi. Barchinning ayol, ona pozitsiyasida to‘g‘ri qaror qabul qila olishi ham diqqatga sazovor. Dostonda “Barchin alplarga qarshi vafo, sadoqat, insoniy huquq, elat nomi bilan jang qilib, qalmoq alplarining ma’naviy jihatdan tubanliklarini isbot qiladi. Barchinning o‘z erki, huquqi uchun mardlik va jasurlik ko‘rsatishi alp qizning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqeining aks etishidir. Chunonchi, “Alpomish” dostonidagi har bir voqea, har bir obraz, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, xalqning ma’naviy barkamolligini, uning teran va keng miqyosli dunyoqarashini aks ettiradi, ayolning sadoqatli muhabbatini tarannum etadi”10. Birgina bu dostonda emas, barcha xalq dostonlarimizda bu jihatlar mushtaraklik kasb etadi, asosiy leyitmotiv hisoblanadi.
Ayol, ona obrazi yuqoridagilarda og‘zaki aks etib, bugungi kungacha yetib kelgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham ahamiyatli o‘rinni ishg‘ol etadi. Uning kurtaklari ilk turkiy yozma adabiyotning namunasi bo‘lmish O‘rxun-Enasoy bitiklarda uchraydi. “Moyin Chur otasi Kul dono xoqon bilan birga turk xoqonligi qo‘shinini itoat ettirganini hikoya qiladi. Qo‘y yili (745-yili) O‘zmish tiginni asir olgani va uning xotinini o‘ziga olganini hikoya qilar ekan, uch qarluq xalqi baribir, Moyin churga itoat etmasdan, g‘arbiy turk xoqonligiga qo‘shilib ketgani haqida xabar beradi”11. Bitiktosh xuddi To‘nyuquq bitigida To‘nyuquq og‘zidan yozilgani kabi Moyin churning shaxsan o‘zi tomonidan hikoya qilinadi. Jang tafsilotini keltirish mobaynida dushmanining xotiniga ham to‘xtalib o‘tishi o‘sha davr jamiyatidagi ayollarning o‘rnidan, mavqeidan darak beradi. Shu tariqa ayollar alohida obraz sifatida shakllanib kelgan. Bundan tashqari, XI-XIII asrlar adabiyotida ham mavjud bo‘lgan, ammo u avvalgi afsona va rivoyatlarning negizida ekanligi bilan xarakterlanadi.
XV- XVI asr adabiyotiga kelib ayol obrazi asarning asosiy qahramoni darajasiga ko‘tarila bordi. Bu davrda obrazlar mukammallashdi va asardagi ijodkorning badiiy g‘oyasini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Alisher Navoiyning ijodida, tarixiy asarlarida, “Xamsa” dostonlarida ko‘ramiz. “Xamsa”ning ilk dostoni “Hayrat ul-abror”da keltirilgan 20 hikoyatning ko‘p qismida ayol obraziga duch kelsak, keyingi dostonlarda ular bosh qahramon darajasiga ko‘tariladi. Sharq mumtoz adabiyotining ulkan an’anasiga aylangan xamsanavislikda ayol obrazi bosh qahramonlar sirasiga kiradi.
Navoiy tomonidan yaratilgan “Farhod va Shirin” dostonida ayol obrazi badiiy g‘oyaning ochilishida muhim ahamiyat kasb etadi va asar davomida mukammal tasvirlanadi. Dostonda keltiriluvchi Mehinbonu obrazi diqqatga sazovor. U asarda zukko, oqila ayol sifatida katta badiiy ahamiyatga ega. Shuningdek, Shirin obrazi boshqa bu turkumdagi dostonlardan o‘zining aqlli, vafodor, chin muhabbat egasi ekanligi, insoniy fazilatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash lozimki, Navoiygacha bo‘lgan davrda Shirin obrazi o‘ziga yarasha talqinda mavjud edi, ammo bu obrazlar “adabiy qahramon sifatida har qancha shuhrat topmasin, ular o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonli, o‘z ichki olamiga, faqat o‘ziga xos fe'l-atvorga ega inson sifatida gavdalanmaydi, binobarin, o‘z davrining kitobxoni ayni obrazni emas, u ifodalayotgan estetik ma’no va g‘oyani baholashi mumkin edi, xolos”12. Navoiy ijodida ular obraz sifatida yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. “Layli va Majnun” dostonidagi Layli obrazi boshqa ijodkorlar qalamidagi obrazdan tubdan farq qiladi, ya’ni asarda keltirilgan ijobiy fazilatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, “Sab‘ai sayyor” dostonidagi Dilorom ham ayollarga xos bo‘lgan butun latofat-u tarovati bilan izohlanadi, jozibali tarzda chiziladi. Ayol kishining oqilaligi, donoligi, kun kelib g‘alaba qozonishi badiiy jihatdan o‘z isbotini topadi. “Saddi Iskandariy” dostonida ayol, ona obrazlari yorqin bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Bunday obrazlardan biri Lo‘bati Chin hisoblanadi. Uning mardligi, qo‘rqmasligi, erkakcha kiyinib erlarga qarshi chiqishi tahsinga loyiq. Asarda Iskandarning onasi ham takrorlanmas yaratilgan. Umuman, Navoiy ijodidagi barcha ayollar, onalar o‘ziga yarasha obraz hisoblanadi, asar g‘oyasini tashkil etish, ochishda muhim o‘rinni egallaydi. Muallif obrazlari orasida afsonaviylari ham, zamondoshlari ham bor. “Navoiy ijodidagi bir qator tarixiy-badiiy obrazlar, jumladan, Alanquva, Zoli zar, Halima ona, Bilqisi soniy – Xadichabegim timsollari o‘zbek adabiyotshunosligida muayyan darajada tahlil etilgan”13. Darhaqiqat, muallif ijodida onalarga qilgan e’tibori tahsinga loyiq. Uning “Nasoyim ul-mahabbat” asarida mavjud shayx ayollardan tashqari, onalar obrazlari ham alohida mehr bilan, ismlari keltirilgan holda tasvirlanadi. Asarda o‘ttiz besh ayol shayxlar haqida alohida qism mavjud. Unga kiritilgan ayollarning har biri ismi, nasabi izohlab o‘tiladi. Shayxlarning onalariga bog‘liq voqealarni izchil syujet asosida beradiki, bunda ularning obraz sifatida ichki psixologizmi ochilib boradi. Asarda shayx Abu Abdulloh Xafifning onasi Ummi Muhammadiya ona obrazi mavjud. Unga bog‘liq syujet asarning eng diqqatga sazovor qismlaridan biri hisoblanadi. Asardan ayol ruhiyati, onalik, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarni olishimiz mumkin, zero asarda maktabdor ayollar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asar hikoyalardagi onalar Navoiyning ideal qahramonlari timsoli, orzu-intilishlarini obrazlarga singdirib yuboradi.
Shuningdek, mumtoz adabiyotimizda “Gul va Navro‘z”dagi Gul obrazini, Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonidagi Zulayho obrazlarini keltirish mumkin. Ushbu asarlarda ayol obrazining ham zohiriy, ham botiniy go‘zalliklari o‘z ifodasini topadi. Zamon va davr ruhidan kelib chiqilgan holda ifoda etiladi. Ular o‘ziga xos badiiy qiymati, bajarayotgan vazifasi, asar g‘oyasini ochishi bilan diqqatga sazovor.
Vaqtlar o‘tishi bilan obrazlarning qiyofasi, xarakter-xususiyatlari taraqqiy etib bordi. Endi o‘zbek adabiyotida yaratilgan asarlarda ayol obrazi o‘zining boshqa qirralarini namoyon eta boshladi. Asarlarda ayollarning nasihat, xulosa qilish, qissadan hissa chiqarish jarayonidan ko‘ra ko‘proq bevosita jamiyatdagi o‘rni, faol kurashi, ijtimoiy hayotning yorqin namoyandasi sifatidagi badiiy talqiniga kengroq o‘rin berila boshladi. Davr asarlarida ayollar jadal o‘zgarib borayotgan ijtimoiy turmushning ishtirokchisi sifatida jamiyatdagi adolat, oilaviy baxt uchun kurashchi shaxs sifatida talqin etila bordiki, holat butun jamiyatdagi kishilar ongining taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.
Jadid davri adabiyotida ayol obrazi munosib o‘ringa ega. Jadid g‘oyalarini yoyishda faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Masalan, Hamzaning “Maysaraning ishi” asaridagi Maysaraning ijtimoiy adolatsizlikka, tengsizlikka qarshi kurashi, ma’lum ma’noda adolatga erishishi isbotidir. Muallif qalamiga mansub “Jaholat qurbonlari” asaridagi Maryamxon davrning oldi qizlaridan sanaladi. Uning o‘z baxti, kelajagi uchun ijtimoiy muhitga qarshi chiqishi, xurofiy tartibga bo‘ysunmasligi va jisman halok bo‘lsa ham ma’nan maqsadiga erishishi ham shunga misol bo‘la oladi.
XX asr boshlaridagi o‘zbek nasri adabiyotimizda tub burilish yasadi. Unda ayol obrazi endi tom ma’nodagi teng huquqli bosh qahramon darajasiga ko‘tarildi. Obrazlarning ruhiyati, dunyoqarashi, asardagi o‘rni, obraz sifatidagi qiyofasi teran ochildi. O‘zbek oyim, Oftob oyimlar, Kumushlar, Zaynablar, Ra’no, Zebilar-u Gulnorlar maydonga keldi. Ular chin ma’noda realistik obraz bo‘lib shakllandi. Ayniqsa, Kumush obrazi millat faxriga aylandi. Asarda obraz orqali chin ma’nodagi dadil, dilbar ayolni ko‘ramiz. Kumush obrazi Otabek, otasi hayotini asrab qolish uchun xon saroyiga adolat istab kirib borgan jasoratli ayol. Asarda ayol ruhiyati keng qamrovda ochilgan obrazlar kam emas, “Oybek Abdulla Qodiriy haqidagi risolasida, O‘zbek oyim obraziga yuksak baho berib, uni romandagi “eng jonli, realistik chiziqlar bilan ko‘rsatilgan shaxs” deydi. Bu ayol bir qarasangiz chala-dumbul, o‘jar, basir, “o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydigan qiziq tabiatga molik” kimsa”14. Lekin shunday bo‘lsa-da, u ona. Muallif shu jihatni ochib bera olgan. Obraz roman dinamikasida muhim rol o‘ynaydi. Kuyovini-da “bolamiz” deb aytuvchi Oftob oyim mavjudki, obraz qalbi mehrga to‘la onalarga qo‘yilgan haykal kabidir. Zaynab esa asarda ijtimoiy turmushning tipik vakili sifatida talqin etiladi. Uning ruhiyati, qarashlari asar mazmunidan yaqqol ko‘rinadi. Zaynabning xarakteri, ruhiyat portreti, xarakter komponentlari, peyajlar orqali o‘quvchiga yetkazib beriladi.
“Mehrobdan chayon” romanidagi Ra’no obrazi davrining mukammal yaratilgan obrazlari sirasiga kiradi. Obrazning aqli, “she’riy bir husn” egasi ekanligi insonni o‘ziga rom etadi. Ilm jihatidan Ra’no yetuk qilib tasvirlanadi. Shuning uchun bu obraz kitobxonda yorqin taassurot qoldiradi. Shuningdek, “qalbi insof va diyonat bilan limmo-lim to‘lgan Mohlaroyim, Nigorxonim, Ruzvon, To‘xtabibi, Og‘acha oyim, Nodira kabi ayollar obrazlari chinakkam ma’noda nosir estetik ideallarini tashiydi”15. Obrazlar asarda turli pozitsiyada tursa ham umumiy ma’noda ayollarning, ona, opa-singillarning yorqin qiyofasini ochadi.
Cho‘lpon nasri orqali esa “qora kun”ni boshidan kechirgan, otasi tengi insonlarga xotin, onasi yoshigadi juvonlarga kundosh bo‘lgan, qari eshonlarga nazir qilingan ayol obrazlarini ko‘ramiz.
O‘zbek adabiyotida XX asrning 60-yillaridan boshlab har jabhada faol ayollar obrazi tasvirlandi. Ular “Nimjon narsa – yuragi yomon”16 bo‘lishiga qaramasdan erkaklar bilan teng mehnat qildi. Jamiyatning turli sohalarida yekladosh bo‘ldi. “O‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilishiga bir bahya qolgan”17, kuch-quvvati, g‘ayrati jo‘shgan xotin-qizlar shaklida yaratildi.
Mustaqillik davriga kelib ayol obraziga murojaat butkul o‘zgacha, rang-barang tus oldi. Ulug‘bek Hamdam, Izzat Sulton, Nazar Eshonqul, Shoyim Bo‘tayev kabi hozirgi adabiy jarayon ijodkorlari asarlarida turli xarakterdagi ayol obrazlari uchraydi. Bundan tashqari, Zulfiya Qurolboy qizi asarlari ham diqqatga sazovor. Unda mashaqqatli hayot yo‘llarini bosib o‘tgan ayollar tasvirlansa, hayotga yengil qarovchi xotin-qizlar obrazini yaratish Salomat Vafo ijodida yaetakchilik qiladi.
Umuman olganda, o‘zbek adabiyotida ayol obrazi juda katta tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Har bir davr o‘z manzarasi, ehtiyoji, sharoitidan kelib chiqib badiiy obraz yaratdi. Ularning orasida komillik darajasiga chiqa olganlari ham, bir o‘qishda unitilib ketganlari ham mavjud.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarga keldik, tarixiy romanlar, umuman, roman janri jahon adabiyotida munosib orin egallaydi. Shuningdek, bizning o‘zbek milliy adabiyotida ham salmoqli ishlar qilingan va qilinmoqda. Adabiyot jamiyatning in’ikosi sifatida davr bilan hamisha hamnafas yashaydi va kelajakka umid uygotadi. Kelajakni tarixsiz qurib bolmaydi. Hamonki shunday ekan, har qanday zamonda ham tarixiy romanlarga ehtiyoj tugilaveradi.
Har bir yaratilayotgan tarixiy romanlarni adabiy-tanqidiy, ilmiy jihatdan, tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilib borish lozim. Tarixiy haqiqatga, haqqoniylikka munosibligi organilishi kerak. Bu bilan badiiylik jihatiga chegara qoyishdan yiroqmiz, balki asarning mantiqiy togriligini baholashni nazarda tutmoqdamiz. Ayol – dunyo beshigi. U bo‘lmasa hayotning davomiyligi uziladi. Yashashning istalgan sohasini, shuningdek, adabiyotni ham usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yuqoridagi bobda ayol, ona obrazining o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi tadrijiy taraqqiyotda yoritildi.
Avvaliga mualliflarning bayon matnida kirib kelgan zot, keyinchalik obraz darajasiga ko‘tariladi. O‘zbek adabiyotining, umuman turkiy yozma adabiyotning bosh bo‘g‘ini hisoblanuvchi O‘rxun-Enasoy obidalarida uchragan xotin hukmdorga o‘lja sifatida qaralgan bo‘lsa, XV asr ayoli bosh obraz darajasiga chiqdi. Keyinchalik u erkaklar bilan teng mehnat hayotiga sho‘ng‘ib, nafosatini, o‘z qiyofasini yo‘qotayozdi. Ammo bu jarayon nihoyasiga yetmadi, mustaqillik yillarida yaratilgan ayol obrazlari umuman boshqa qiyofa kasb eta boshladi.



Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə