Hisoblash usullari



Yüklə 28 Kb.
tarix27.05.2022
ölçüsü28 Kb.
#88150
Gulixon taqriz


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA–– INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 3­­-KURS 19.08.B - GURUH TALABASI TURDIQULOVA GULIRUXSOR O’TKIRJON QIZINING “HISOBLASH USULLARI” FANIDAN “REKTIKATSION USTUN TARELKASIDAGI SUYUQLIK OQIMI HARAKATINING YACHEYKALI MODELI KOEFFITSIENTLARINI HISOBLASHDA AMALIY DASTURLAR”
MAVZUSIDA BAJARILGAN KURS ISHIGA


TAQRIZ.
1. Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida matritsaning xos sonlari va xos vektorlarini topishning Levere va noaniq koeffisiyentlar usuli yordamida hisoblash tog’risida fikr yuritilgan. Ushbu usullarning imkoniyatlari o’rganilib, topshiriqlar bajarilgan.
2. Ishning bo’limlariga tasnif: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat bo’lib, jumladan, 10 ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 3 ta internet ilova va resurslaridan, 12 ta asosiy formulalardan iborat. Kurs ishining asosiy hajmi 27 bet matndan tashkil topgan.
Kurs ishining boblarida giperbolik va parabolik tipdagi tenglamarni to’r metodi usulida yechish hamda o`zgarmas va o`zgaruvchan koeffitsientli tenglamalarni yechish usullari haqida umumiy ma’lumotlar o’rganilgan.
3. Ishning ijobiy tomonlari: Kurs ishining ijobiy tomoni uning talab darajasida yetarli loyihalanganligi, mavzu to’liq yoritilgan va uning mavzulariga mos ma’lumotlar berilganligi, me’yoriy talablar asosida tayyorlashga erishilganligi hamda mavzuga doir dolzarb malumotlar berilgan.
4. Ishning kamchiliklari: Kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
5. Xulosa: Ushbu kurs ishni ko’rib chiqib, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, mavzuni dolzarbligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, talab va me’yorlar doirasida bajarilganligi uchun Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 19.08B-guruh talabasi Turdiqulova Guliruxsor O’tkirjon qizining " Rektifikatsion ustun tarelkasidagi suyuqlik oqimi harakatining yacheykali modeli koeffitsientlarini hisoblashda amaliy dasturlar" mavzusida bajarilgan kurs ishi belgilangan talabga javob beradi va himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Q.Rahimov
Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə