Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida jami 209496 km yoʻl mavjud boʻlib, bular oʻz tarkibiga umum foydalanuvdagi yoʻllar, Shahar koʻchalari, qishloq va xoʻjalik yoʻllarini oladi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə1/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#139256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Xolmuminov Farrux kurs ishi


KIRISH

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida jami 209496 km yoʻl mavjud boʻlib, bular oʻz tarkibiga umum foydalanuvdagi yoʻllar, Shahar koʻchalari, qishloq va xoʻjalik yoʻllarini oladi. Avtomobil yoʻllari ahamiyati va vazifasiga qarab turli toifalarga boʻlinadi va ularning konstruksiyalari bilan farqlanadi. Ayni damda yurtimizda asfaltbeton qoplamali, sementbeton qoplamali, qum – shag`al va tuproqli yoʻllar mavjud boʻlib, vatanimizning kelajakdagi istiqbolli rejasida barcha yoʻllarni asfaltbeton va sementbeton qoplamali yoʻllar bilan qoplash bosh reja sifatida qoʻyilgan. Bundan tashqari avtomobil yoʻl sohasida judayam katta ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va bu ilmiy ishlar yoʻllardan foydalanuvchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni taminlash maqsadida olib borilmoqda. Qoʻshimcha sifatida aytish mumkinki vatandosh yoʻlchilarimiz xorij mamlakatlarida malaka oshirib zamonaviy yoʻl qurilish texnikalari va sifat nazoratlarini tekshiruvchi laboratoriya jihozlarini bizning mamlakatimiz uchun moslab amalda qoʻllashmoqda. Kundan kunga har bir soha rivojlanganidek yoʻl tarmog`iga ham Prezidentimiz tomonidan katta etibor qaratilnmoqda va yoʻlchilarning oldiga keljakda juda katta vazifalar yuklash bilan bir qatorda ularga kerakli boʻlgan barcha shart sharoitlarni yaratib bermoqda. Bizning iqlim sharoitimiz qish faslida kechasi juda sovuq boʻlib qoplamaning muzlashi va kunduzi issiq boʻlib erishi hamda yoz faslida esa juda issiq boʻlganligi sababli yoʻllarimizda tez tez buzilishga doir muommolar uchrab turadi. Bularning oldini olish uchun yoʻllarda muntazam yil davomida koʻzatuv ishlari olib borilib ekspluatatsiya qilinmoqda va ekspluatatsiya qilish natijasida yoʻllarning xavfsizligi, oʻtkazish qobiliyati, mustahkamligini oshiriladi va yoʻldan foydalanuvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi Avtomobil yoʻllarining bu qadar muhimligiga bir qancha omillarni sanab oʻtish mumkin.


Ushbu kurs loyihasida Toshkent viloyatidagi uzunligi 3.8 km boʻlgan II toifali avtomobil yo‘lini qurish texnologiyasi va uni tashkil etish ishlari amalga oshirilgan.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə