Hozirgi o'zbek adabiy tili dan ma'ruzalar matni



Yüklə 12,45 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü12,45 Kb.
#97701
Hozirgi o\'zbek-WPS Office leksi


Hozirgi o'zbek adabiy tili dan ma'ruzalar matni

НазваниеHozirgi o'zbek adabiy tili dan ma'ruzalar matniстраница7/60Дата13.08.2013Размер1.12 Mb.ТипДокументыскачать

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 60

1. /ona tilidan maruza va amaliy mashg'ulot matni.docHozirgi o'zbek adabiy tili dan ma'ruzalar matni


IKKINCHI BO'LIMLEKSIKOLOGIYA
Reja:

Leksikologiya haqida umumiy ma'lumot

So'z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida

So'zning o'z va ko'chma ma'nosi

So'z ma'nolarining ko'chish usullari

So'zlarning shakl va ma'no munosabatlariga ko'ra turlari


Adabiyotlar

H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005

M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978

O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.

B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007

Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.

Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996

Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001

S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001

S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.

Leksikologiya haqida umumiy ma'Iumot

Leksikologiya grekcha (leksikos)"lug'at" (so'z)ga, oid (logoz) "ta'limot", "fikr" kabi tushunchalarni anglatadi. Leksikologiya tilshunoslikning lug'at tarkibini tekshiradigan bo'limidir. O'zbek till leksikologiyasi esa o'zbek tili lug'at boyligini o'rganadi.

Demak, tildagi so'zlar yig'indisi leksika va uni o'zgaruvchi ta'limot esa leksikologiya deb yuritiladi. Turg'un iboralar ham o'z xususiyatiga ko'ra leksikologiyada tekshiriladi.

Leksika atamasi adabiy tilning lug'at tarkibi ma'nosida ham, biror sheva so'zlari (Toshkent shevasi), biror kasb-hunar kashta-do'zlik yoki bog'dorchilik), ayrim shoir yoki yozuvchi asarlari (G'.G'ulom) leksikasi ma'nosida ham ishlatilaveradi. Leksikologiya so'zlarni ichki va tashqi tomondan tekshirish xususiyatiga ko'ra bir qancha sohalarga bo'linadi.

1. Semasilogiya - grekcha (semasia) belgi, tamg'a, (logos) ta'limot tushunchalarini bildiradi. U so'z va iboralarning ma'no xususiyatlarini teksbiradi. Masalan, paxta so'zi oq rangdagi yumshoq predmet, texnika o'simligining bir turi ma'nosini bildiradi. Bu esa shu so'zning asosiy belgisidir.

2. Etimologiya - grekcha (etymon) haqiqat va (logos) ta'limot demakdir. So'zlaming kelib chiqishi, ulaming fonetik va semantik tuzilishida davrlar o'tish bilan qanday o'zgarishlar yuz berganligi, qaysi tilga oid so'z ekanligini tekshiradi. Masalan, apelsin so'zi inglizcha apel - ohna, sin(chin ) Xitoy, ya'ni "Xitoy olmasi" nomini ifodalovchi apelsin tarzida hind-yevropa tillaridan bizgacha yetib kelgan.

3. Onomosiyalogiya - grekcha (anoma) nom, (logos) ta'limot degan ma'noni anglatadi va hozirgi o'zbek tilshunosligimizda nomshunoslik haqidagi soha hisoblanadi.

Bu ta'limot, asosan, atoqli otlarini tekshiradi. Masalan, Safar (safar oyida) Juma (juma kunida) tug'ilgan bolalarga qo'yiladi.

O'zbek leksikologiyasi davr nuqtai nazaridan ikki turga bo'linadi:

l)tarixiy leksikologiya;

2) hozirgi leksikologiya.


So'z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida
Leksikologiya so'zni o'rganar ekan, birinchi navbatda so'zning o'zi va uning mohiyati, belgilari nimalardan iborat ekanligini izohlashga to'g'ri keladi. Borliqdagi predmet, narsa, hodisalar haqidagi tushunishlarni ifoda qilish uchun tovush qobig'iga, semantik tomoniga ega bo'lgan til birligi so'z deyiladi.

So'z til va nutqning eng muhim hamda asosiy birligi sanaladi. So'z til unsuri sifatida nomlash, atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Masalan, tog', daraxt, osmon, predmet, qizil, oq (bildi), keldi, yozdi (harakat) kabilar. So'z nutq unsuri sifatida aloqa (kommunikativ) vazifasini bajaradi ya'ni ular ma'lum qoidalar asosida birikib so'z birikmasi va gapni hosil qiladi. Masalan, O'zbekiston gullagan diyor, gapida uchta so'z birikib bir gapni tashkil etgan.

So'z bir qancha o'z i g a xos shakliy belgilarga ham ega:

So'z xotiramizda tayyor holda mavjud. Nutq jarayonidakeraklisini ishlatamiz.

So'z o'zining tovush qobig'iga ega, uning tovush tomonifonetikada o'rganiladi.

So'z gap ichida yoki undan ajratib olingan holda ishlatilishimumkin. Masalan, oltmish yoshli otangdan osh so'rama? - gap;uning tarkibidagi, oltmish yosh ota, osh. so'ramoq esa so'zlardir.

Semantik xususiyatga ega bo'lgan so'z turli grammatik shakllarda qo'llanish imkoniyatiga ega.

Mustaqil bar bir so'z o'z urg'usiga ega; kitob, tolzor.guldasta, binokor, o'qimoq kabi.

So'z ma no va grammatik belgilarining o'xshashligiga ko'raturkumlargabo'lmadi. Masalan, tog', tosh(ot), katta, kichik (sifatkabi.)

7. So'z emotsional-ekspessiv ma'no noziklik bildirishxususiya-tiga ham ega. Masalan, toychog'im, bo'talog'im(farzandni erkalatish).


So'zning o'z va ko'chma ma'nosi
So'zning nutq (gapdan) tashqarida alohida olingan holda ifodalaydigan ma'nosi so'zning o'z (to'g'ri) ma'nosi deyiladi. Oltin olma, olqish ol (Maqol). Oltin - qimmabaho metallarning bir turi (o'z ma'nosida), kumush qoshiq birikmasida - kumush o'z ma'nosida qo'llangan. So'zning gap ichi (kontekstdan o'z ma'nosidan tashqari boshqa ma'nolarini ifodalashi ko'chma ma'no deyiladi. Masalan: Oq oltindan tog'day xirnion yaratdik, kumush tola yetkazib beramiz gaplaridagi oltin va kumush so'zlari ko'chma ma'nolardir. So'zning o'z yoki ko'chma ma'noda qo'llanganligini kontekst (gap) belgilaydi.

Ko'p ma'noli va bir ma'noli so'zlar

Tilda so'zlarning bir yoki bir necha ma'noga ega bo'lishi so'z ma'nolarining o'zgarishi bilan bo'g'liq hodisadir. Chunki kishilar o'zaro so'zlashuv, aloqa qilish jarayonida bir so'zni brr necha ma'noda qo'llaydilar. Shuning natijasida ko'p ma'noli so'zlar paydo bo'ladi. So'zning qanday ma'no bildirishi gap ichida aniq anglashiladi. Boshqacha aytganda, so'z alohida olinganda bir xil ma'noni, gap ichida boshqacha ma'noni anglatishi mumkin.

Bosh va yasama ma'nolar sababli birdan ortiq ma'noga ega bo'lgan so'zlar ko'p ma'noli (polistmantik) so'zlar deyiladi. Alohida blingaii yoki gap ichida ham qaysi ma'noda ishlatilsa, shu ma'no uning bosh ma'nosi sanaladi.

Qolgan ma^ftelaresa yasama ma'nolar deyiladi.Yasama ma'nolar gapda ma'lunHjir nutqi y sharoitda yuzaga keladi.

O'zbek tilidagi ko'pcnilik so'zlar ma'nolidir. Masalan: bosh so'zining o'z ma'nosi - kalla gavdaning bosh qismidir. Ko'rdinki, osh, ko'tarma bosh (Maqol).Ammo bu so'z turli so'z birikmalariga turlicha ma'no ifodalaydi: bosh masala birikmasida so'z birikmasida asosiy va muhim masala; bosh ko'tarmoq - qo'z-g'almoq, harakatga kelmoq, bosh yo'l - asosiy yo'l, boshtegirmon - birinchi yoki yuqorida joylashgan tegirmon; bosh qo'shmoq -birikmoq, bosh egmoq - bo'ysinmoq, bosh farzand - birinchi yoki katta farzand, bosh bo'lmoq - rahnamolik qilmoq, bosh-boshiga, o'z-o'ziga, kabi ma'nolarni anglatadi.

Quyidagi o'yin so'zining ma'nolarini qiyoslang.

1. Birortamashg'ulotturi: futbol o'yiniga qatnashdik. 2. Raqs o'yinining birturi: nazokat kasb etib, Gulsunbibi yo'rg'alay ketdi. (A.Qodiriy.) 3. O'ziga xos jozibali, lekin betartib harakat: o'ynab o'ting shabodalar (qo'shiqdan). 4. Sahna yoki boshqa tomoshalar ko'rinishi: Bolalar teatrning oldiga kelganlarida, o'yin boshlanishiga birinchi signal - qo'ng'iroq ham berilgan edi (Oydin). 5. Ko'ngil ochish va ermak maqsadidagi mashg'ulot: U juda zerikib nima o'yin o'ynashini bilmas edi (Oybek). Gap ichida ham. gapdan tashqarida ham aynan bir ma'noni ifodalovchi so'zlar bir ma'noli (monosemantik - grekcha mono "bir xil," sema "belgi") so'zlar deviladi. Bir ma'noli so'zlarga asosan, ilm fan, texnika, adabiyot san'at va boshqa sohalarga old atamalar kiradi. Bunday atamalanii ko'chma ma'noda ishlatib bo'lmaydi. Qiyos: fonetika, unli. undosn. morfema, tibbiyot, matematika va boshqalar.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 60

Обсудить данную работу

Похожие:Документы
1. /Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili.doc
Документы
1. /Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili (darslik).doc
Документы
1. /Hozirgi o'zbek adabiy tili sintaksis B.Bahriddinova.doc
Документы
1. /Hozirgi o`zbek adabiy tili (Morfologiya va sintaksis).doc
Документы
1. /Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis.doc
Документы
1. /Hozirgi o'zbek adabiy tili fonetika-fonologiya. B.Bahriddinova.doc
Документы
1. /O'ZBEK TILI/HOZIRGI O'ZBEK TILI (USLUBIY MAJMUA) (D. LUTFULLAYEVA).doc
2.
Документы
1. /Nemis tili stilistikasi ma'ruzalar matni.pdf
Barcha fanlarda bo‘lgani kabi o‘zbek tili ta’limida ham mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texno­logiyalar asosida yaratilgan o‘quv-metodik ada­biyot­larning ahamiyati katta
«O‘zbek tili» darsliklari qayta ishlanib tako­millashtirildi. 2011-2012-o‘quv yilida o‘zbek tili fanidan 2-sinf uchun A. Rafiev rahbar­ligidagi...
Shunga ko‘ra, joriy o‘quv yilida 4-sinf «O‘zbek tili» darsligi (Mualliflar: A. Rafiyev, G. Mu­ham­madjonova) qayta ishlanib takomillashtirildi
«O‘zbek tili» darsliklari va metodik qo‘llanmasi ekspertlar xulosasiga ko‘ra g‘olib deb topildi
Документы
1. /Hozirgi adabiy jarayon_Маъруза-Eshjanova G. Abduvaliyva D.doc

Дочери, безумно похожие на своих звездных матерей

Как сейчас выглядят актеры, по которым 15 лет назад все ...

От сварщика до программиста: востребованные профессии ...

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы

База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015


При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации

Доклады


Лекции

Справочники

Методички

Новый тренд высокой моды - гобеленовый принт на волосах!

Ежики запоминают свою кличку и даже могут показать чего ...

Миллиардная прибыль! Самые кассовые фильмы последнего ...



Те самые туфли, которые Елизавета II надевала на свою ...
Yüklə 12,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə