|
Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlarHozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo1848-Текст статьи-5433-1-10-20221201Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo
va yechimlar.
Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
1095
beradi. Bunday psixik muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to'g'ri ketma-
ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. L.S.Vigotskiy ijtimoiy muhit sog'ligi
imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir, degan g'oyani ilgari suradi.2
Xuddi shuningdek, u imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishini ildizi yomon o'simlikka o'xshatadi.
«Uning ingichkagina ildizlari oziqlantiruvchi tuproqning qatlamlari va shakliga mos kelmaydi. Ular
o'zo'zicha tuproqning oziqa beruvchi qatlamlariga yetib borolmay, quruq va zaharli qatlamga kirib qoladi.
Bunday o'simlik muvofiq sharoitlarda gullashi mumkin edi, biroq odatdagi sharoitda taraqqiyotning
cho'qqisiga yetmasdan, bujmayib so'lib qoldi», deydi.3 Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini har bir millat va
elatning o'ziga xos tomonlari, milliy an'analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda
tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning rayiga, mustaqil
bo'lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini
shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar o'z-o'zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada
o'jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo'lishi bu kattalarning haddan tashqari
paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi. Psixolog olima L.M.Krijanovskaya imkoniyati cheklangan
bolalarning inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya berishda psixologik korreksiyalash metodlari orqali
tarbiyalash yo'llarini keng yoritib bergan. Uning fikricha, inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya
ishlarining samarali bo'lishi, yaxshi yutuqlarga erishishda maktab psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-
onalar hamkorligi uzviy bog'langan bo'lishi lozim.4
Inklyuziv ta'lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar
ham juda ko'plab muammolar va to'siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat;
Hamjamiyatda ko'rinmaslik; Moddiy mablag' muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o'quvchilar
soni; Qaramlik; Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Salbiy
munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta'lim muasasalari tizimida ta'lim tarbiya olaishlari uchun
eng katta to'siq bo'lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar,
hamjamiyat a'zolari, o'qituvchilar, umumta'lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto
maxsus ehtiyojli bolalrning o'zlaridagi umumta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya olishlariga nisbatan
qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto'g'ri fikr, ular
to'g'risida ma'lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o'sganligi va
boshqalardir. Hamjamiyatda ko'rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko'pincha ko'plab maxsus
ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hyech kimga ko'rsatmaydilar,
ro'yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to'g'risida hyech bir ma'lumot berilmaydi. Natijada ko'plab
nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo'ladilar. Ular to'g'risida hyech bir ma'lumotni
bo'lmasligi ta'lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.
Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini
topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab
mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olibib borilsa abatta
ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.
Adabiyotlar
1.
Маъмуров, Б. Б., & Хамраев, И. Т. (2020). Субъективные особенности
ценностного отношения студенток к специальным тестам «AЛПОМИШ» и «БАРЧИНОЙ».
In
Педагогическое
образование:
вызовы
XXI
века
(pp.
417-421).
https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&hl=ru&cluster=1813447085392371526
2.
Ma’murov, B. B. (2019). Forming Future Teachers’ Competence in Educational
Process Design based on Acmeological Approach.
Eastern European Scientific Journal
, (1).
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=_aXmRXUAAAAJ&cs
tart=20&pagesize=80&alert_preview_top_rm=2&citation_for_view=_aXmRXUAAAAJ:UebtZRa
9Y70C
3.
Мамуров, Б. (2019). Физическая активность и развитие интеллекта
человека.
Педагогическое
образование
и
наука
,
(6),
132-134.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=_aXmRXUAAAAJ&cs
tart=20&pagesize=80&alert_preview_top_rm=2&citation_for_view=_aXmRXUAAAAJ:4TOpqq
G69KYC
4.
Mamurov, B. B. (2017). Forming Skills of Academic Process Design for Future
Teachers and Methods of Determining Its Quality.
Eastern European Scientific Journal
, (1),
156-159.
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=_aXmRXUAAAAJ&cs
|
|
|