Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix01.02.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#99938
  1   2   3   4   5
1964-Текст статьи-5218-1-10-20221127



Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo 
va yechimlar. 
Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
857 
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT 
MASHG’ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISHNING AHAMIYATI 
10.53885/edinres.2022.59.54.108 
Sadriddinova Dilobar Husniddin qizi. 
Buxoro Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
uslubiyoti kafedrasi o’qituvchisi 
Rahimova Jamila Rustam qizi 
Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi
 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport 
mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazishning ahamiyati yoritib berilgan, shuningdek, jismoniy tarbiya 
soatining maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun qanchalik foydali va samarali 
ekanligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 
 Ka’lit so’zlar:
Jismoniy tarbiya, sog’lomlashtirish, mashg’ulot, bilim, ko’nikma va malaka
uzluksiz ta’lim, tayyorlov guruh, o’rta guruh, kichik guruh, Ilk qadam dasturi.
 Аннотация:
В данной статье освещается важность организации и проведения занятий 
физкультурой и спортом в системе дошкольного образования, а также насколько полезны и 
эффективны занятия физкультурой для дошкольников. 
 Annotation:
This article highlights the importance of organizing and conducting physical 
education and sports in the preschool education system, as well as how useful and effective physical 
education hours are for preschoolers . 
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining daslabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy 
maqsadi – bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish
o’qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish va maktabda 
muvaffaqiyatli o’qish uchun tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining 
qonuniy asoslari, “Ilk qadam” davlat dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 
2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan),”Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to’g’risida” (O'RQ-595-son 16.12.2019) , “Ta’lim to’g’risidagi” (O'RQ-637-son 23.09.2020) hamda 
boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. 
O’zbekistonda o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini saqlash, jismonan baquvvat, chaqon, 
ishbilarmon qilib tarbiyalash hamda ularni hayotga, mehnatga, Vatanni himoya qilishga tayyorlash 
masalalariga tegishli ko’rsatmalarni amalga oshirish uchun jismoniy tarbiya ishlarida yangicha 
yondashish, izlanishda bo’lish tizimning amaliy asoslarini ilmiy –nazariy va qayta ishlab chiqishni taqozo 
etadi.Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam 
shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir
Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari – bu bolalarning rang –barang faoliyatining ta’lim – 
tarbiyaviy majmuasi bo’lib, uning asosini harakat faolligi tashkil etadi. Bu shakllarning yig’indisi 
bolaning jismoniy jihatdan to’laqonli rivojlanishi va sog’ligining mustahkamlanishi uchun zarur bo’lgan 
muayyan harakat tartibini vujudga keltiradi. 
Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishning shakllari quyidagilardan iborat: 1) jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlari;
2) kundalik tartibdagi jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish ishlari; ertalabki gimnastika, harakat 
o’yinlari va sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, kunduzgi uyqudan so’nggi 
jismoniy tarbiya mashqlari, chiniqtirish tadbirlari;
3) faol dam olish: bolalar turizmi, 
jismoniy tarbiyali dam olish
, jismoniy tarbiya bayramlari, 
saloamtlik kunlari, ta’tillar;
4) bolalarning mustaqil harakat faoliyati;
5) uyga vazifa.
Bu shakllarning barchasi jismoniy tarbiya va bolani har tomonlama rivojlantirishning umumiy 
vazifalariga javob berar ekan, ular o’zaro aloqadordirlar, shu bilan birga har biri o’zining maxsus 
vazifasiga egadir. Bu ularning maktabgacha tarbiya muassasalari kun tartibi tartibidagi o’rnini belgilaydi. 
Ilk yoshdagi bolalar guruhida asosy ish shakli jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish 
hisoblanadi (gimnastika, massaj, harakatli o’yinlar). Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlari birinchi kichik guruhlarning barchasida boshlanadi, biroq ularning har biri yosh 
psixofiziologiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi harakat materialini hamda uni o’tkazish metodikasiga 
ko’ra o’ziga xosdir. Jismoniy tarbiya daqiqalari bolalar bog’chalarining katta guruhlarida ko’proq 
ahamiyatga ega bo’ladi. U aqliy faoliyat uyg’otuvchi (matematika, nutqni o’stirish bo’yicha) 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə