Hozirgi vaqtda jahon miqyosida fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi



Yüklə 46,8 Kb.
səhifə1/2
tarix27.05.2023
ölçüsü46,8 Kb.
#113555
  1   2
kurs ishi


KIRISH

Hozirgi vaqtda jahon miqyosida fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson turmush tarzining barcha sohalarida ajralmas vositaga aylanib ulgurdi va bu soha asosida insoniyatning turmush tarzi yaxshilanishini inkor etib bo'lmaydi.


Shunday ekan, axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti va yutuqlari fan hamda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va zamin bo'ladi. Axborot har qanday fanni ba'zi tushunchalarni umumlashgan va bir-biriga bog'lagan holda o'rganadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmonida "umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish" [2], 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmonida "o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish" kabi bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan [3].


Rivojlangan davlatlar safidan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan mamlakatimiz xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi ta'lim sohasida ham ilg'or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta'lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda [4].
Shundan kelib chiqib ushbu ishda, umumta'lim maktablarida botanika fanini o'qitish uchun zarur elektron resusrslar yaratish va amaliyotga joriy etish va samaradorligini aniqlash maqsad qilib olindi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining o'qitilishmi sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo'lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta'lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi o'rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etish to'g'risidagi takliflari kiritilgan.
Oliy ta'lim muassasalari — o'quv jarayonini metodik qo'llab-quvvatlaydi, yuqori malakali professor-o'qituvchilarni va iqtidorli talabalarni ta'lim jarayoniga jalb etadi, mahorat darslari va to'garaklarni tashkil etadi [5].
Ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchilar uchun bir qator: fan materiallarini elektron shaklda tayyorlash, taqdimotlar tayyorlash, mavzularni multimedia vositalari yordamida tushuntirish, tajriba ishlarini vizual tarzda bajarib ko'rsatish, amaliy masalalarning yechimlarini yuqori aniqlikda olishni o'rgatish va boshqa ko'plab qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Talaba o'quvchilar uchun esa multimedia vositalari yordamida boyitilgan fan materiallarini chuqur o'rganish, tajriba ishlarini vizual tarzda real hayot bilan taqqoslab bajarish, amaliy masalalarni yechishda kompyuter dasturlaridan keng foydalanish va ularning natijalarini turli sohalarga tatbiq etish imkoniyatlarini yaratadi [6].
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi:
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi:
- talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
- o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o'zlashtirilishiga;
- o'quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o'qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga;
- sun'iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o'quv materiallarini o'zlashtirish strategiyasini egallashiga;
- axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
- o'rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi [7].
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doirasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar, axborot texnologiyalari to'g'risidagi keng ko'lamdagi bilim va ko'nikmalar hamda ulardan foydalanish borasidagi malakalarga ega bo'lishi davr talabidir. Jamiyatning tobora informatizasiyalashib borishi uzluksiz ta'lim tizimida ham axborot kommunikatsion texngiologiyalardan unumli fîydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Biologiya fanini o'qitish yanada samarali bo'lishi uchun o'quv mashg'uliotlari davomida o'qituvchilar AKTni ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag'batlantirishlari zarur. Biologiya fani o'qituvchilari dars o'qitish uchun samarali AKT yaratishlari uchun Ms Word, Ms Excel, Ms Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta'minotlardan va boshqa "Veb" vositalardan foydalanishlari mumkin.
AKT o'quvchilarni rag'batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi.
AKT o'quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko'mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o'quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi.
AKT XXI asrning yangi ta'lim berish vositasidir.
AKT o'rganish va o'qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
AKT o'qituvchilarning kasbiy o'sishi uchun ularga o'z fanlari bo'yicha o'qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo'llashga, g'oyalarni ro'yobga chiqarish va yangi ko'nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
AKT o'z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi.
AKT o'quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni hamda mablag'ni tejaydi.
AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o'qish jarayonini o'quvchilar uchun qiziqarli hamda ko'ngil ochar qiladi.
AKT moslashuvchandir.

AKT turli yoshdagi o'quvchilar, turli darajada o'qituvchilar uchun moslashtirilishi mumkin hamda ta'lim jarayonida o'qituvchilar va o'quvchilar uchun ko'makdir [8].


Tabiiy fanlar, shu jumladan, biologiyani o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish uchun biologiya ta'limi mazmunining o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zarur. Biologiyani o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
orqali o'quvchilarning o'quv motivlarini rivojlantirish, tabaqalashtirilgan ta'limni tashkil etish, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, tahsil oluvchilarning mustaqil va ijodiy izlanishlarini tashkil etish mumkin [9].
Axborot texnologiyalari mahsullaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko'rgazmali, interfaol bo'lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o'quvchining o'z tempi bo'yicha bilim olish, o'qituvchi esa, o'quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda o'qitishda natijalarini nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi.
Biologiya fani mazmunidagi hujayra, to'qima, kimyoviy elementlarning molekula, atomning tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen injeneriyasiga doir jarayonlarni o'quvchilar bevosita kuzatish imkoniyati bo'lmaydi, mazkur jarayonlarni vizual holatga aylantirish ko'zlangan natijani beradi [10].
Biologiya fani mazmunidagi hujayra, to'qima, kimyoviy elementlarning molekula, atomning tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen injeneriyasiga doir jarayonlarni o'quvchilar bevosita kuzatish imkoniyati bo'lmaydi, mazkur jarayonlarni vizual holatga aylantirish ko'zlangan natijani beradi [10].
Ilmiy tadqiqotlar 2020-2021 o'quv yilida Toshkent viloyati bo'yicha ikkita maktabda, ya'ni Toshkent viloyati Parkent tumani 34-maktablarda olib borildi.
Tajriba guruhi o'quvchilariga botanika fanini o'qitishda yaratilgan kompleks elektron resurslardan foydalanilgan holda dars mashg'ulotlari olib borildi.
Tadqiqotda o'quvchilarga botanika fanini o'qitishda elektron nashrlardan o'rganish, elektron o'quv darsliklaridan o'rganish, aralash o'rganish, birgalikda o'rganish usullaridan foydalanildi.
Nazorat sinflarida esa an'anaviy tartibda qabul qilingan dars mashg'ulotlari olib borildi.

Tadqiqotlar 2020-2021 o'quv yili boshidan boshlab ushbu umumta'lim maktablarining 6-sinf o'quvchilariga botanika fani bo'yicha bilimlarining sifat ko'rsatkichlarini o'rganish asosida dars mashg'ulotlari olib borildi va har ikkala maktabda ham (obyekt sifatida) 1 ta sinf tajriba, 1 ta sinf nazorat sinflari sifatida tanlab olindi. Tajriba guruhi o'quvchilariga botanika fanini o'qitishda yaratilgan kompleks elektron resurslardan foydalangan holda dars mashg'ulotlari olib borildi. Nazorat sinflarida esa an'anaviy tartibda qabul qilingan dars mashg'ulotlari olib borildi.


Tadqiqot ishida har o 'nta mavzudan keyin (oraliq) nazorat testlari olinishi va natijalar tahlil qilinishi rejalashtirilgan. Nazorat va tajriba sinflariga o 'quv yili boshida bir xil tartibda 5-sinf dasturida o'tilgan botanika fanidan takrorlash


bo'yicha boshlang'ich nazorat testi olindi. Boshlang 'ich nazorat testi olingandan boshlab 10 ta dars mashg 'uloti tajriba sinflarida yaratilgan elektron resurslarni qo'llagan holda hamda nazorat sinflarida an'anaviy tartibda o'tilgan dars mashg'ulotlari asosida olib borildi va birinchi nazorat testlari, yana shu tartibda 10 ta dars mashg 'ulotidan keyin ikkinchi nazorat testlari qaytadan olindi va (20 ta dars) natijalar qiyoslandi.
Umumta'lim maktablari botanika fani uchun ta'lim beruvchi dasturiy elektron vosita (elektron resurs) yaratish maqsadida ko'plab ma'lumotlar bilan tanishib chiqildi, ko'plab resurslar o'rganildi. O'rganilgan ma'lumotlarga tayangan holda ta'lim beruvchi dasturiy elektron vosita (elektron resurs) yaratildi. Yaratilgan ta'lim beruvchi sistema tarkibiy qismi quyidagilardan iborat: glossariy, ma'ruza, taqdimot, mavzu yuzasidan savollar, mavzu yuzasidan test, Pisa test, topshiriqlar, video dars, audio dars.
Tadqiqot davomida olingan natijalar qiyoslanib, Toshkent viloyati Parkent tumani 39-maktab tajriba sinfi o'quvchilaridan olingan boshlang'ich nazorat testi va birinchi nazorat testi orasidagi farq 22% ga, birinchi nazorat testi bilan ikkinchi nazorat testi orasidagi farq 4% ga, nazorat sinfi o'quvchilaridan olingan boshlang'ich nazorat testi va birinchi oraliq nazorat testi orasidagi farq 8% ga oshganligi, birinchi oraliq nazorat testi bilan ikkinchi oraliq nazorat testi orasidagi farq o'zgarishsiz qolganligi aniqlandi.
Toshkent viloyati Bekobod tumani 34-maktab tajriba sinfi o'quvchilaridan olingan boshlang'ich nazorat testi va birinchi nazorat testi orasidagi farq 20% ga, birinchi nazorat testi bilan ikkinchi nazorat testi orasidagi farq 14% ga, nazorat sinfi o'quvchilaridan olingan boshlang'ich nazorat testi va birinchi oraliq nazorat testi orasidagi farq 16% ga, birinchi oraliq nazorat testi bilan ikkinchi oraliq nazorat testi orasidagi farq 12% ga oshganligi aniqlandi.
Tadqiqot davomida obyekt sifatida olingan maktablarda yaratilgan dasturiy elektron vositalarni (elektron resurslarni) qo'llash natijasida dars oshishi bilan bir qatorda elektron resurslarni qo'llash jarayonida ayrim kamchiliklar (axborot - kommunikatsiya texnologiyalari hamda elektron bazalar yetishmasligi) mavjudligi aniqlandi.
Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ilmiy pedogogik jarayonlar bilan qiyosiy analiz qilinganda 46% dan 72% gacha, 48% dan 82% gacha o'zlashtirish jarayonida samarali ekanligi kuzatildi. Demak, umumiy o'rta ta'lim maktablarida botanika fanini oqitishda elektron resurslardan foydalanish ta'lim sistemasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini yaratishi tadqiqot natijasi sifatida baholanadi.

Maqolada hozirgi paytda oliy o„quv yurtlarida biologiya fanlarini o„qitishda yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari, turlari, muammolari hamda yangi zamonaviy texnologiyalarning qo„llanilishi, vazifalari, lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Klaster” “Ven diagrammasi” va “Atamalar zanjiri” kabi texnologiyalardan foydalanish, biologiyani o„qitishning eng samarali usullaridan biri axborot texnalogiyalari ekanligi hamda uning vazifalari to„g„risida so„z yuritiladi.


Bugungi kunda oliy o'quv yurtlarida biologiya fanlarini o'qitishda yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari, turlari, muammolarida hamda yangi zamonaviy texnologiyalari, vazifalarni, ta'limiy vazifasi, ko'rgazmalilik vazifalari, nazorat vazifalarni, rivojlantiruvchi vazifasi, tarbiyaviylik vazifasi, o'quvchilar ilmiy dunyoqarashini rivojlantiruvchi vazifasi yangi zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalarini qo'llash mahsulotlari hamda yangi zamonaviy texnalogiyalarning maqsadlari haqida maqolada fikr yuritiladi.
Biologiyani o'qitish texnologiyalariga didaktik o'yin texnologiyasi ,muammoli ta'lim texnologiyasi, hamkorlikda o'qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyalari va a'nanaviy texnologiyalar kiradi [1].
Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan "Klaster" "Ven diagrammasi" va "Atamalar zanjiri" kabi texnologiyalardan foydalanish zarur. Klasterdan foydalanishda sinf o'quvchilarini teng sonli guruhlarga bo'linadi, o'zlari klaster tuzib himoya qilinadi hamda eng yaxshi klaster tuzgan va yaxshi ta'riflagan guruh g'olib deb aniqlanadi [3].
Venn diagrammasi fakt tushunchalarni tahlil qilish ,sintezlash ,taqqoslash ishlari olib boriladi. Atamalar zanjiri bu darslikdagi atamalar ro'yxati va ularning ta'riflari haqidagi texnalogiya.Bu texnalogiyada 8o'quvchilar guruhlarga bo'linadi O'quvchilar atamalarga ta'rif berishlari yoki ta'riflar orqali atamalarni topishi kerak bo'ladi .Bu usul xotirani mustahkamlashda foyda bo'ladi [4].
Biologiyani o'qitishning eng samarali usullaridan biri axborot texnalogiyalaridan foydalanishdir .
Bularning vazifalari:
Ta'limiy vazifasi -bu o'rganilayotgan mavzuni tushunchalar va ularning izohlari jadvallar ,diagramma ,asosiy qo'shimcha materiallar yordamida tushunishiga yordam beradi.
Ko'rgazmalilik vazifasi -animatsiyalar o'quvchilar tomonidan biologiyaviy jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlash imkoni mavjud .
Nazorat vazifasi - o'quvchining qay darajada o'zlashtirgani ,baholash tizimi haqqoniy bo'lishiga zamin yaratadi.
Rivojlantiruvchi vazifasi -vazifalar qiyinlik darajisidagi tartibda qo'yilib o'quvchining bilmaganlarini izlab o'rganishiga o'tilgan mavzularni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Tarbiyaviy vazifasi -aqliy va o'quv ko'nikmalarini o'zlashtiradi

Biologiyani o'qitishda quyidagi axborot texnalogiyalari mahsulotlaridan foydalanish mumkun:


1. mavzuga doir taqdimot tayyorlash;
2. qiyinchilik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar tayyorlash;
3. test savollari tuzish;
4. krossvord tayyorlash;
Bugungi kundagi eng dolzarb muommolardan biri maktablarda axborot texnologiyalarini yetishmovchiligida, laboratoriya jihozlari, kimyoviy moddalarinig yetishmovchiligidir. Hozirgi muammolardan biri darslarni tashkil etishda o'qituvchi didaktikadan ishlab chiqilgan ta'lim mazmunini o'qitish metodlari va vositalarning uzviyligik prinsipiga amal qilish mavzulari rejada pedagogik texnologiyalarning qaysi turlarini foydalanishi o'quv yili boshida belgilash kerakligidadir [2].
Axborot texnologiyalarining eng qulay tarafi hozir O'zbekistonda ham onlayn ta'lim rivojlanib bormoqda.Bu ta'lim tizimida axborot texnalogiyalarning o'rni juda katta bo'lib bunda o'quvchi uydan chiqmagan holda darsni o'zlashtirishi lozim. O'qituvchi dars o'tishida ham o'quvchi darsni tushunishida ham yangi zamonaviy texnjlogiyalarning mavjudligi juda muhimdir. O'qituvchilar axborot texnologiyalari orqali taqdimot, video, jadval, tarqatma materiallar ,multimedia tayyorlashlari va prezentatsiya vositalari yordamida o'quvchilarga yetkaza olishlari ularning pedagogik mahorati nechog'li yuqoriligidan dalolat beradi [2].
Xulosa qilib aytganda biologiya fanlarini o'qitishda yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda muammolar mavzusida shunday fikrlar kelib chiqadiki, biologiya fanlarini o'qitishda pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalarini birga olib borish o'quvchilarni o'zlashtirish salohiyatini yanada oshiradi. Biologiya tabiiy fanlar qatoriga kirgani sababli biologiya fanini yaxshi o'zlashtirishda tabiiy narsalardan foydalanish misol uchun ra'nodoshlar oilasi mavzusi o'tilayotgan bo'lsa ra'nodoshlar mavzusiga oid meva, gul, barg, poya, ildizlar asosida dars o'tilsa yanada samarali bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki o'quvchi kitobda o'qigan malumotni, slaydda ko'rgan malumotni, ishlagan testlarda ega bo'lgan tushuncha tabiiy o'z ko'zi bilan ko'rsa o'quvchida o'zlashtirish qobilyati ikki hissa ortadi

Biologiyani o'rganishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o'quvchilarning o'tgan mavzu yuzasidan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, ulami tizimlashtirish,


yangi mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalaminazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o'rganish jarayonida lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Insert», «Waster», Venn diagrammasi, «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag'i», tezkor o'yinlar va o'yin mashqlaming turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalami o'qitishda «Keys»dan foydalanish yuqori samara beradi. «Keys» — case studies ingliz tilidan olingan bo'lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi. Dastlab bu texnologiyadan biznesmen va tadbirkorlami o'qitishda foydalanilgan bo'lib, hozirgi paytda o'qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlaming tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ulami hal etish uchun o'quv munozaralari tashkil etiladi. Biologiyani o'qitishda dastur mazmunidagi evolutsion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek, munozarali «o'simliklarning paydo bo'lishi va rivojlanishi», «hayvonot olamining paydo bo'lishi va rivojlanishi» kabi mavzulami o'qitishda foydalanish mumkin. Ta’lim-tarbiya jarayonida keysdan foydalanish uchun o'qituvchi:
• dastur mazmunidagi muammoli mavzulami aniqlashi, shu mavzularni o'qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;
• dars davomida muammoli savol-topshiriqlaming qiyinchilik darajasiga ko'ra yakka tartibda yoki o'quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlami tashkil etilishini aniqlashi;
• o'quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o'quv munozaralari orqali bahsda qatnashtirish yo'llarini rejalashtirishi;
• muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o'quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim. Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o'rganish nazarda tutilgan mavzularda Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert — lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo'lib, o'quvchilar tomonidan o'quv materialidagi asosiy g'oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo'llaniladi. O'quvchilami Insert yordamida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o'rganiladigan o'quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O'quvchilar har bir jumlani o'rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi.
Agar jumlada berilgan ma’lumot shu kungacha o'zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, «Bilaman» - V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bo'lsa, u holda «Ma’qullayman» +, agar ma’lumotlar o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda «o'rganish lozim» —, o'quvchilar o'quv materiallarini o'zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda «Tushunmadim» ? belgisini qo'yadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi:
• o'quvchilar kichik guruhga ajratilishi, lekin Insert vositasida dastlab har bir o'quvchi yakka tartibda ishlashi va jadvalni to'ldirishi,guruh a’zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan so'ng, fikrlarini taqqoslashi;
• o'quv bahsi orqali kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo'lishini ta’minlashi, ya’ni jadvaldagi keyingi ikki ustun bo'yicha bir xillikka erishishi; j
• o'qituvchi o'quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilari asosida o'quv bahsini tashkil etishi lozim. Insert bilan ishlashning afzallik tomoni awal kichik guruh a’zolari o'rtasidarscTng kichik guruhlar bilan o'zaro o'quv bahsi o'tkazilishi, bahsda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni to'ldirish, bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan o'qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi. Insertdan foydalanilgan o'qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbayi funksiyasi birmuncha kamayib, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, o'qituvchi bu masalalami puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim o'rin tutadi Waster — cluster — ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan va o'zlashtiradigan g'oya, nazariya, qonuniyat hamda tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• biologiya kursi mazmunidagi muayyan g'oya doska yoki qog'oz o'rtasiga yoziladi;
• ushbu g'oya bilan bog'liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog'liq holati ko'rsatkich bilan belgilanadi, so'ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma’lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi;
• awal o'rganilgan mavzu va o'rganiladigan mavzu o'rtasidagi bog'lanishlar haqida xulosa chiqariladi. Klasterdan foydalaniladigan darslarda o'quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o'quv topshirig'ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so'ng, ular belgilangan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o'zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Waster aniqlanadi, g'oliblar rag'batlantiriladi. Klasterni bitta mavzu yoki bob bo'yicha yaxlit holda tuzish o'quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosidan asosiy g'oya yoki tushuncha o'rin oladi, masalan, hujayraning tuzilishi bo'yicha quyidagicha tuziladi:
Keyin har bir qism bo'yicha tarmoq shaklida, masalan, harakatlantiruvchi kuchlar qismiga irsiy o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish kiritilib, keyingi qatorda ularning turlari yoziladi va shu tariqa tushunchalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik jadval tarzida tasvirlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo'llaniladigan texnologiyalardan biri — Venn diagrammasi bo'lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Jon Venn nomi bilan yuritiladi.
Yüklə 46,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə