Hozirgi zamon dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi



Yüklə 72,91 Kb.
tarix06.05.2018
ölçüsü72,91 Kb.
#42980

Hozirgi zamon dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi

Jahon siyosiy xaritasi global miqyosdagi bir necha siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllangan. Shularning ichida birinchi va ikkinchi jahon urushlari va ularning oqibatlari bilan bog’liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimning yemirilishi hamda bir necha o’nlab mustaqil davlatlarning barpo bo’lishi, qo’shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e’tiborga loyiqdir. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishida 80 –yillarning so’nggi va 90 – yillarining dastlabki davrlarida bo’lib o’tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo’shilib, yagona Germaniya davlatining tashkil etilishi, Chexoslovakiya o’rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalarining barpo bo’lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina respublikalari hamda Serbiya va Chernagoriya respublikalari federatsiyasining shakllanishi va ayniqsa, Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi oqibtida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbajon, Qozg’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston respublikalarining mustaqil davlatlar sifatida dunyo siyosiy xaritasida o’z o’rinlariga ega bo’lishi juda muhim ahmiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy xaritasidagi davlatlar va mamlakatlar nisbati hamda soniga dastlab (1997–yil , 1–iyulda) Buyuk Britaniya mustamlakasi Gongkong (Syangan)ning, keyinchalik (1999–yil, dekabr oyida) Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kirishi 2000–yilda esa BMT tomonidan Indoneziya tarkibida bo’lgan Sharqiy Timorga alohida maqom berilishi ham ma’lum ta’sir ko’rsatdi.


Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 229 mamlakat mavjud
bo’lib, ularning 169 tasi mustaqil davlatdir.
JADVAL

Mamlakatlar Jami


mamlakatlar
soni Afrika Amerika Osiyo Yevropa Avstraliya va Okeaniya Rossiya
Federatsiyasi

Jami mamlakatlar shundan: 229 57 50 50 45 26 1

1.Respublikalar
jami: 140 48 25 33 30 3 1

Shundan: Unitar 102 36 19 18 26 3 -

Federativ 18 2 5 6 4 - 1

Xalq 7 2 - 5

Islom 3 1 2

Federativ Islom 2 1 1

Jamaxariya 1 1

Demokratiya 5 4 1

Birlashgan 1 1

Kooperativ 1 1

2.Monarxiyalar
jami: 29 3 13 12

Shundan:


Konstitutsiyaviy monarxiya 20 3 6 10 1

Mutlaq monarxiya 4 4

Mutlaq teokratik monarxiya 2 2

Federal monarxiya 3 2 1

Mustamlakalar
jami: 60 7 4 4 23 22

Shundan:


Unitar 49 4 3 20 22

Federativ 3 3

Monarxiya 1 1

Maqomi noma’lum mamlakatlar 7 3 4

REJA

1. Kirish


2. Jadval
3. Geosiyosat fani haqida tushuncha
4. Geosiyosiy bosqichlar
5. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari
6. Davlat kuch-qudrati va geosiyosat
7. Geosiyosat va geografiya fani o’rtasidagi aloqadorlik
8. Fridrix Ratsel va geosiyosat
9. Geosiyosatning fan sifatida shakllanishida R.Challen va K.Xausxofer ishlarining ahamiyati
10. X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari
11. N.Spaykmen va klassik ,,Atlantizm”
12. Geosiyosatda kontinental yo’nalish
13. Angliya-Amerika geosiyosati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari

14. Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari


GEOSIYOSAT FANI HAQIDA TUSHUNCHA
Geosiyosat – turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit (muhit) ga bog’liq holda rivojlanishini o’rganadigan fandir. XX asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan o’zgarishi, hududiy, ijtimoiy-ekologik va demografik muammolarning keskinlashuvi geosiyosat faniga bo’lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o’rganish geografiya, tarix, demografiya, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bo’yicha ham bilimlarga ega bo’lishni taqazo etadi. Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo’lib, 1916-yilda shvetsiyalik olim Rudol Chellen kiritgan. Uning fikricha, har qanday davlat bir butun geografik organizm sifatida qaralmog’i lozim.
Geografik organizmni ma’lum bir landshaft o’z navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, iqtisodiy majmua bo’lib hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg’un (static) holatdagi tavsifini tuzish bilan shug’ullanadi. Siyosiy geografiyani ko’proq davlatlarning joylashishi, hududining shakli, o’lchamlari, chegaralari, xo’jaligi, aholisining savodxonlik darajasi, madaniyati qiziqtiradi.
Geosiyosat fan siyosiy jarayonlarning geografik makondagi o’zaro aloqalarini, ularning Yerga va madaniy omillarga ta’sirini o’rganadi. Geosiyosat fani asosiy e’tiborni tabiiy muhit omillarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik maqsadlarida faol foydalanishga qaratadi.
Geosiyosat fanining o’rganish obyekti: sayyoraviy (planetar) makon, geosiyosiy jarayonlar va hodisalardir. Sayyoraviy makonga quruqlik, suvlik (Dunyo okeani), havo qobig’i, davlatlar va ularning resurslari kiradi.
Geosiyosatning asosiy vazifasi, ya’ni o’rganish predmeti sayyoraviy makonni nazorat qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o’rganish va baholash muhim ahamiyatga ega. Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi:

geografik (geografik o’rni, tabiiy resurslari);

siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi, asosiy erkinliklarning mavjudligi);

iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quvvati va tarkibi, aholining turmush darajasi, strategic zaxiralar va safarbarlik (mobilizatsion) quvvatlari);

harbiy ( qurolli kuchlarning kattaligi, quvvati, harbiy tayyorgarligi, harbiy kadrlarni tayyorlash holati);

ekologik ( cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan) resurslarga bo’lgan demografik bosim, xomashyo resurslarining kamayishi va tugashi, aholi turmush darajasining o’zgarishi);

demografik (aholi soni, o’sish suratlari, zichligi va tarkibi);

madaniy-ma’rifiy.


Yuqoridagi omillarni geosiyosiy jihatdan tahlil qilish uchta yo’nalishda olib boriladi:
a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma’lum bir hudud va davr rivojlanishi bilan bog’liq holda tadqiq etish;
b) ma’lum bir hudud to’g’risidagi haqiqiy ma’lumotlarni ayrim hollarda tamomila qarama-qarshi tasavvurlar bilan taqqoslash;
d) makonni o’zgartirish bo’yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni bashoratlash.

GEOSIYOSIY BOSQICHLAR



Insoniyat tarixini geosiyosiy nuqtayi nazardan geosiyosiy bosqichlarning yoki ma’lum bir kuchlarning navbatma-navbat almashinib kelishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy bosqich kuchlar muvozanatiga, ta’sir doirasiga va chegaralariga ega bo’ladi.
Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanish jarayonida Vena bosqichi o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu bosqich Vena kongressining (1814 – 1815) tuzilishi bilan xarakterlanadi. Buning asosi sifatida geografik hududni nazoratda tutish tamoyili olingan.
Bu bosqichda jahon kuchlari markazi sifatida Rossiya va Avstriya – Vengriya imperiyasi, Britaniya kalonial imperiyasi (imperiya sifatida 1876-yilda e’tirof etilgan bo’lsa ham) Germaniya imperiyasi (1871-yildan), XIX asrning o’rtalaridan jahon kuchlari markazi sifatida Fransiya (qonuniy jihatdan respublika hisoblanar edi) o’zini namoyon eta boshladi. 1877-yildan boshlab Turkiya sultoni ,,Usmonli turklar imperatori” maqomini qabul qildi.
Bu bosqichda yirik geosiyosiy markazlarning harbiy, siyosiy va boshqa ko’rinishdagi nizolari, goh bir markazning rivojlanishi (AQSH, Germaniya) yoki, aksincha, parchalanishi, yo ta’sir doirasining pasayishi (Rossiya, Ispaniya) kuzatiladi.
Bu bosqichdagi eng yirik siyosiy voqealardan biri ikkita yirik ittifoqning shakllanishi hisoblanadi. Birinchi ittifoq ,,Uchlik ittifoqi” hisoblanib, unga Germaniya, Avstriya - Vengriya va Italiya kirgan edi. Ikkinchi ittifoq Antanta hisoblanib, unga Fransiya, Angliya va Rossiya davlatlari birlashgan edi.
,,Uchlik ittifoqi”ning Birinchi jahon urushida (1914 – 1918) parchalanib ketishi Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan xarakterlanadi va geopolitik kuchlar nisbatining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo’lib hisoblangan Gemaniya, Avstriya – Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo’lgan nisbatan kichik davlatlarning Versal shartnomasining mualliflari o’z ta’sir doiralariga kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta’minlab berdi.
G’olib davlatlar siyosatchilari nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy yo’q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya AQSH Prezidenti Vilsonning rejalariga ko’ra Rossiya davlati bir necha ta’sir doiralarga bo’linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O’rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning o’zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo’lmagan qaram davlat tuzish ko’zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o’z qo’shinlarini Rossiya hududiga kiritdi.
Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSH burjuaziyasi erishdi. U o’z kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington konferensiyasida AQSH Angliya bilan bir qatorda harbiy dengiz flotiga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdi.
Millatlar ligasi yordamida g’olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya o’rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta’sir doirasida bo’lgan bir guruh davlatlardan iborat ,,sanitary kordon” tashkil etildi va bu bilan ikki yirik davlatning to’g’ridan to’g’ri aloqalariga chek qo’yildi.
Ikkinchi jahon urushi Versal tinchligiga chek qo’ydi. Urushning barcha qiyinchiliklari sobiq Ittifoq o’z bo’yniga oldi, lekin ushbu urushdan u harbiy va geosiyosiy jihatdan mustahkam bo’lib chiqdi. O’z tarixida birinchi marta Rossiya atrofida yirik geopolitik blokni tashkil etdi. Keyinchalik ushbu blokni mafkuraviy va axborot qurollari yordamida parchalash uchun yarim asr vaqt sarfladi.
YER YUZIDAGI MAYDONI ENG YIRIK DAVLATLAR

Davlatlar Maydoni


(ming kv.km.) Qaysi materik
(qit’a) da

Rossiya 17075 Yevrosiyo

Kanada 9976 Shim. Amerika

Xitoy 9597 Osiyo

AQSH 9363 Shim. Amerika

Braziliya 8512 Jan. Amerika

Avstraliya 7687 Avstraliya

Hindiston 3288 Osiyo

Argentina 2777 Jan. Amerika

Qozog’isto 2717 Osiyo

Sudan 2506 Afrika

… … …


O’zbekiston 448.9 Osiyo

AHOLISINING SONI ENG KO’P BO’LGAN DUNYO MAMLAKATLARI (2004)

Aholisi eng ko’p davlatlar Aholi
mln.kishi Aholisi eng kam davlatlar Aholi
ming kishi

Xitoy 1266,4 Ueyk orollari 0,2

Hindiston 1064,4 Vatikan 0,8

AQSH 291,0 Muduey 1,0

Indoneziya 214,5 Pitkern 1,0

Braziliya 176,6 Niue 2,0

Pokiston 148,4 Tokelau Norfolk 2,0

Rossiya 143,4 Folklend orollari 2,0

Bangladesh 138,1 Avliyo Yelena orollari 6,0

Nigeriya 135,6 Sen Pyer va Mikelon 6,0

Yaponiya 127,2

Potsdam bosqichi 1945-yildan boshlandi. Berlin shahri yaqinida joylashgan bu shaharchada imzolangan shartnoma Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng Yevropadagi kuchlar muvozanatini o’zida aks ettirdi, yangi geosiyosiy kuchlarning holatini, yangi chegaralarni aniqlab berdi. Shartnoma jahonning ko’pqirralilikdan biopolyar tizimga o’tganligidan dalolat berar edi. Ya’ni bir tomondan, kontinental (quruqlik) kuchlarini namoyon qiluvchi sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, ko’proq dengiz kuchlarini o’zida namoyon qiluvchi AQSH va uning ittifoqchilari geosiyosat olamida tan olindi. Bu ikki qutbning qrama-qarshiligi Potsdam bosqichining mazmunini aniqlab berdi. Uning ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikkita yirik qutbning qarama-qarshiligi ,,sovuq” va yadro urushlari o’rtasidagi muvozanatda kechdi.


Belovej davri yangi davlatlarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Birinchi navbatda jahonning yangi hukmdorlari ,,barxatli” va ma’lum kuchga tayangan holda sobiq Ittifoq atrofida, so’ngra Rossiyada yangi jahon qoidalarini shakllantirmoqdalar. Ular Versal shartnomasi qoidalariga asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
GEOSIYOSATNING ASOSIY KATEGORIYALARI
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jahon siyosiy makoni o’z navbatida mintaqalarga, rayonlarga, davlatlar va ittifoqlariga bo’linib ketadi.
Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, davlatlar bloki, geosiyosiy ittifoqlar, qudratli, tengi yo’q davlat, kuch markazlari, geosiyosiy chiziqlar (yo’nalishlar), frontal raqobat va boshqalar.
Geostrategik mintaqa jahon siyosiy makonining bir qismi bo’lib, u o’ziga xos hududga, savdo va madaniy-mafkuraviy aloqalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Geosiyosiy mintaqa esa geostrategik mintaqaning bir qismi bo’lib, maydoni uncha katta bo’lmasa ham, siyosiy, iqtisodiy va savdo aloqalarining yuqori darajadagi sur’ati bilan ajralib turadi (Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o’z navbatida davlatlar chegaralari bilan mos tushuvchi siyosiy rayonlarga bo’linadi. Siyosiy rayonning eng muhim xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon o’ziga xos shakl va o’lchamga ega.
Davlat chegaralarining barpo qilinshi va rasmiylashtirilishi milliy davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi davrida amalga oshiriladi. Chagaralar ular o’rab turgan ,,Millat – davlat” makonining geosiyosiy rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari, tabiiy va sun’iy chegaralar mavjud. Tabiy chegaralarga tog’lar, daryolar, dengiz va ko’l akvatoriyalari kiradi. Sun’iy chegaralar quruqlikda ham, suvda ham aniq tabiiy obyekt bo’lmagan joylarda o’tkaziladi. Bunda geografik kenglik va uzunlik elementlari bo’lgan parallellar va meridianlar hisobga olinadi. Masalan, AQSH va Kanada o’rtasidagi davlat chegarasi 49 parallel bo’yicha 1450 km ga cho’zilgan. Sun’iy chegaralar davlatlarning o’zaro kelishuvlari asosida o’tkaziladi va tasdiqlanadi.
Geosiyosatda tabiiy chegaralarga ko’proq e’tibor beriladi. Dengiz chegaralari eng qulay chegara hisoblanadi. Mashhur olim F.Ratsel: ,,qirg’oq bizlarga qo’shni sifatida tabiatni in’om etdi va bu qo’shni har qanday do’stona davlatdan afzaldir”, - degan edi. Dengiz chegaralari boshqa davlatlar bilan aloqa o’rnatishga katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi ortgan sari ortib boradi.
Chegara siyosiy, mudofa va harbiy strategic vazifalarni bajaradi. Har qanday chegara chegaraoldi hududiga ega. Ayrim hollarda bunday hududlar ,,bufer davlat”larga aylantiriladi. ,,Bufer davlat” odatda kichik mamlakat bo’lib, u ikkita kuchli davlatni turli xil kutilmagan xatti-harakatlardan saqlab turadi. Yevropada Reyn daryosining quyi qismi va Shveytsariyadagi tog’ dovonlari, Niderlandiya, Shveytsariya va Belgiya hududlari shunday hududlar qatoriga kiritiladi. Chunki ular Germaniya va Fransiya o’rtasida joylashgan. Rossiya bilan Buyuk Britaniya o’rtasida ,,bufer davlat” vazifasini Afg’oniston bajargan.
Bir necha ,,bufer davlat”lar ,,bufer zona”larni hosil qilishi mumkin. Birinchi jahon urushi davrida Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Shveytsariya, Polsha, Eron, Afg’oniston, Koreya kabi davlatlar ana shunday ,,bufer zona”larini tashkil qilgan. Keyinchalik ,,bufer zona”lar Germaniya va sobiq Ittifoq tomonidan bo’lib olingan (Sudet viloyati, Polsha, G’arbiy Ukraina, G’arbiy Belorus va boshqalar).
DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT
Geosiyosiy tahlilning muhim elementi davlatning kuch-qudrati hisoblanadi. Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa tushuniladi: birinchidan, davlatning o’z maqsadiga boshqa davlat siyosatiga tashqi siyosat orqali ta’sir ko’rsatish yo’li bilan erishish; ikkinchidan, uning o’z manfaatlarini o’zining imkoniyatlari vositasda himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi.
Har qanday davlatning kuch-qudratini quyidagi omillar belgilab beradi: davlatning geografik o’rni, tabiiy resurslar; sanoat salohiyati; qurolli kuchlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari; inson resurslari; milliy xususiyat; milliy ma’naviyati; diplomatiya sifati; davlat boshqaruvi darajasi.
Davlat kuch-qudratini aniqlab beruvchi bunday yondashuv atributli yondashuv deb ataladi. Chunki mazkur yondashuvda asosiy e’tibor kuch-qudratning eng muhim jihatlarini o’rganishga qaratiladi.
Qadimdan kuchli hisoblangan davlatlar nisbatan bo’sh davlatlarni bo’ysundira olmaganligi haqida juda ko’p misollar mavjud. Masalan, miloddan avvalgi V asrda benihoya qudratli Fors davlati yarim asrlik urush natijasida erksevar yunon shaharlari – polislar tomonidan mag’lub qilingan. XX asrning ikki buyuk davlati – AQSH va sobiq Ittifoq ham maqsadiga erisha olmadi. AQSH Vyetnam urushida, sobiq Ittifoq qurolli kuchlari Afg’onistonda mag’lub bo’ldi.
Shu munosabat bilan hozirgi geosiyosat nazariyasi davlatlar o’rtasidagi kuchlar nisbatini baholash masalasiga e’tibor bermoqda. Ushbu muammo xalqaro hamjamiyatda kuchlar muvozanatini aniqlash bilan bog’langan.
Kuchlar muvozanati tarixiy ketegoriya bo’lib, u insoniyatning va mintaqalarning taraqqiyotini belgilab beradi. Raqobat qilayotgan davlatlar frontal raqobatga ham sabab bo’lishi mumkin. Bizga ma’lumki, bunday raqobat davlatlarning barcha manfaatlarini o’zaro yo’q qilishga yo’naltiriladi.
Geosiyosiy raqobat gorizontal va vertikal xususiyatga ega. Gorizontal raqobat quruqlik va dengiz yuzasida vujudga kelib, suvdagi va quruqlikdagi raqobatga bo’linadi. XXasrning 60-90-yillari va hozirgi paytda harbiy havo kuchlarining kuchayishi bilan vertikal raqobat vujudga keldi.
Raqobat cheklangan xususiyatga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday raqobat cheklangan hududda vujudga kelishi va chuqurlashishi mumkin. Masalan, Kuba, Yaqin Sharq bunga misol bo’la oladi.
Raqobatda geosiyosiy yo’nalishlar muhim vazifani bajaradi. Ular juda muhim quruqlik, dengiz va havo yo’llari hamda kommunikatsiyalar bilan bog’langandir. Mazkur yo’nalishlarga neft va neft mahsulotlarini Yaqin Sharqdan Yevropa va AQSHga yetkazib beruvchi asosiy yo’llar va quvurlar kiradi.
Geosiyosiy yo’nalishlar jahon geosiyosiy xaritasini shakllantiruvchi, unda mintaqalarni birlashtiruvchi vosita rolini bajaradi.
Shunday qilib, geosiyosiy yo’nalishlar (chiziqlar) – bu geosiyosiy makonni tashkil etuvchi jarayonlarning elementlaridir. Geosiyosiy makon (siyosiy makon) deyilganda davlat yoki davlatlar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turadigan makon tushuniladi.

SIYOSAT VA GEOGRAFIYA FANI O’RTASIDAGI ALOQADORLIK


Qadimgi davrlardanoq olimlar geografik muhitning inson siyosiy hayotiga ta’sirini o’rganishga qiziqqanlar. Arastu o’zining ,,Siyosat” deb nomlangan asarida quyidagi fikrni aytib o’tgan: ,,Iqlimi sovuq bo’lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi, ammo ularda xayoliy orzular va ixtirolar qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko’proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. Janubiy xalqlar, aksincha, chuqur o’ylaydigan va qiyin holatlardan chiqib ketishga ustadirlar. Ammo ular g’ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik, tobelik ularga xos ,,tabiiy holatdir”. Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa o’zlarida Shimol hamda Janub xalqlariga xos bo’lgan eng yaxshi xislatlarni jo qilganlar”.
Bunday siyosiy nazariyada geografik determinizm an’analariga yo’l ochib berilgan edi. Mazkur yondashuv Jan Boden tomonidan rivojlantirildi. U insonning rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko’rsatadi, degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar mo’tadil mintaqada, 40 – 50 shimoliy kengliklar oralig’ida mavjud. Aynan mana shu hududlarda qudratli davlatlar vujudga kelganligini ko’rsatib o’tadi. Jan Boden mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o’rab turgan tabiiy sharoitning ta’siriga bevosita bog’liq, deb hisoblangan.
Sh.Monteske ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblagan hamda mamlakat qonunlari uning geografik sharoitlariga mos bo’lishi zarurligini asoslab bergan.
Geografik determinizm g’oyalari Germaniyada XVI va XIX asrlarda siyosiy geografiyadan geosiyosatgacha bo’lgan davrni bosib o’tdi.
Geografik determinizm (lotincha ,,determine” – aniqlayman) g’oyasiga binoan ijtimoiy sharoitni mamlakatning geografik joylashishi va tabiiy sharoiti belgilab beradi. Geografik determinizm g’oyasi vakillarining fikricha, kishilik jamiyatining rivojlanishini geografik sharoitning xususiyatlari belgilab beradi. Masalan, Ritter dunyoni ikki qismga bo’ladi – suvlik (okeanlar) va quruqlikka. U quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni ,,Eski dunyo” (Yevropa, Osiyo) va ,,Yangi dunyo” (Shimoliy va Janubiy Amerika)ga bo’ladi.
Uning fikricha, ,,Eski dunyo” g’arbdan sharqqa katta masofaga cho’zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega. ,,Yangi dunyo” esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho’zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta. Mazkur iqlimiy farqlar Ritterning fikricha, mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi.
Geogrfik determinizm – insoniyat taraqqiyotida tabiiy sharoitning ahamiyatini bo’rttirib ko’rsatuvchi g’oya, yondashuv.
Eski dunyo – Xristofor Kolumbgacha insonlarga ma’lum bo’lgan dunyoning bir qismi.
Yangi dunyo – Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi va boshqa sayyohlar tomonidan ochilgan dunyo.
FRIDRIX RATSEL VA GEOSIYOSAT
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi Fridrix Ratsel (1844-1904) birinchi bo’lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi. Uning fikricha, makon – siyosiy resurs, taraqqiyot omili bo’lib hisoblanadi. Ratsel o’zining asosiy geosiyosiy g’oyalarini ,,Antopogeografiya” va ,,Siyosiy geografiya” nomli asarlarida yoritib beradi. Uning fikricha, mamlakatning mustaqil davlat sifatida ,,oyoqqa” turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi geografik sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan. Shuning uchun ham u davlat tashqi va ichki siyosatining geografik sharoitga bog’liq ekanligini isbotlash bo’yicha muhim ilmiy ishlar olib bordi.
Ratsel davlatning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan: mamlakat hududining kattaligi; geografik o’rni va chegaralari; o’simlik dunyosi; boshqa hududlarga bo’lgan munosabati.
F.Ratsel tomonidan geosiyosat sohasida juda muhim bo’lgan quyidagi qonuniyatlar ishlab chiqilgan:
- davlat makoni (madaniyat rivojlangan sari kengayib, o’sib boradi);
- davlat siyosati (g’oyalar, savdo, diniy targ’ibot va boshqalarning rivojlanishi bilan bir paytda amalga oshadi);
- davlatning taraqqiyoti va kengayishi kichik davlatlarni qo’shib olish hisobiga amalga oshadi;
- davlat chegarasi uning o’sishini ta’minlashi, qudrati yoki zaif tomonlari o’zgarishining asosiy sababchisi bo’lishi mumkin;
- davlat rivojlanishi davomida o’zini o’rab turgan eng muhim tabiat elementlari – qirg’oq chiziqlari, daryo vodiylari, tog’lar, tekisliklar va resurslarga boy mintaqalarni qo’shib olishga doimo harakat qiladi;
- sodda (kuchsiz) davlatlarga hududini kengaytirish haqidagi dastlabki turtki tashqaridan, yuqori darajali madaniyat markazlaridan keladi.
Davlatning kengayishi yoki torayishi uning ichki hayotida ro’y beradigan jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. F.Ratsel katta davlatlarda geografik ekspansiya (bosib olishga intilish)ga moyillik mavjudligini va bu xususiyat asta-sekin sayyoraviy (planetar) miqyosda kengayib borishini aniqlagan.
F.Ratsel tadqiqotlarining asosiy va eng muhim jihatlaridan biri – uning ,,Geografik makon siyosiy kuch sifatida geosiyosatning asosini tashkil etadi”, degan xulosasidir.

GEOSIYOSATNING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHIDA R.CHELLEN VA K.XAUSXOFER ISHLARINING AHAMIYATI


Geosiyosat fanining rivojlanishiga R.Chellen va K.Xausxofer juda katta hissa qo’shgan.
R.Chellen birinchi bo’lib davlat inson kabi sezuvchi, his qiluvchi va o’ylovchi mavjudotdir, degan fikrni aytgan. Davlat Yer yuzasida o’zining kuchiga bog’liq holda mavjuddir. U kurash holatida bo’lib, tirik mavjudotlarga o’xshab so’liydi va halok bo’ladi, deb ta’kidlaydi R. Chellen.
Yashash uchun kurash, R.Chellen fikriga ko’ra, har qanday davlat organizmining mohiyatini tashkil etadi. Urush geografik makonni egallash maqsadida olib borilayotgan ushbu kurashning aniq bir shaklidir.
Kuch-qudrat davlatni ushlab turish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunga nisbatan muhimroq asosdir. Chunki qonunning o’zi faqat kuch orqali ushlab turiladi. Qonun davlatga ma’naviy-axloqiy elementlarni olib kirsa, kuch-qudrat uning faoliyatini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. R.Chellen davlat o’z nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashg xizmat qiluvchi organizm emas, degan xulosaga kelgan.
K.Xausxofer (1896-1946) jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlarida ,,hayotiy makon” kategoriyasiga katta e’tibor berilgan.
,,Hayotiy makon” tushunchasi (kategoriyasi)ning shakllanishida F.Matlus ishlari va g’oyalari muhim o’rin tutadi. F.Matlus aholi o’sishi biologik qonunlar asosida geometrik progressiya bo’yicha, oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo’yicha o’sadi, degan g’oyani olg’a surgan. Shuning uchun aholining ko’payishi oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga nisbatan tezroq bo’ladi. Demak, u aholisi eng zich va eng ko’p mamlakat – Germaniyada urushlarning oldini olib bo’lmaydi, shunday sharoitda tirik qolish uchun ,,hayotiy makon”ni kengaytirish zarur, degan xulosaga kelgan.
K.Xausxofer boshqa milliy g’oya tarafdorlari kabi, nemis davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat qildi. Bu maqsadga esa o’z-o’zidan, mamlakat industrial qudrati va madaniyatini ko’tarmasdan geosiyosiy ekspansiya qilmasdan erishish mumkin emas edi. Germaniyaning Yevropa qoq markazida joylashganligi uni tabiiy holda g’arbiy dengiz mamlakatlari – Angliya, Fransiya va kelajakda AQSH ga qarshi qilib qo’ymoqda edi.
Shuning uchun ham Germaniyaning ,,Atlantika mamlakatlari” bilan siyosiy ittifoq tuzishi xomxayol hisoblanar edi. Bunda Fransiya va Angliyaning hududiy e’tirozlari ham muhim o’rin egalladi.
Mana shunday fikr-mulohazalar K.Xausxofer geosiyosiy qarashlarining asosi bo’lib xizmat qildi.
Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to’g’risidagi Ratsel g’oyasini o’ziga asos qilib olib, K.Xausxofer Germaniyaning qo’shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap-so’zsiz hukmronlik qilishini mutlaq haqiqat deb hisoblardi.

X. MAKINDER VA A. MEXENNING GEOSIYOSIY QARASHLARI


Geosiyosiy g’oyalarning rivojlanishida ikki yo’nalish muhim o’rin egallaydi. Birinchi yo’nalish Angliy-Amerika yo’nalishi, deb ataladi. Mazkur yo’nalishda asosiy e’tibor dunyoviy (global) geostrategik konsepsiyalar tuzishga qaratiladi. Mazkur konsepsiyada dengiz va quruqlik hududlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va aloqalar, ularning tarkibi va imkoniyatlari tahlil qilinadi.


Ikkinchi yo’nalish – continental (quruqlik) yo’nalishi deb ataladi. XX asrning 40 – 50-yillarida Germaniya va Fransiya o’zining eng yuqori darajadagi rivojlanish nuqtasiga yetdi. Mazkur yo’nalish Yevropasentrizim, regional (mintaqaviylik) xususiyatlari bilan ajralib turadi va Yevropa davlatlari ichidagi integratsiya muammolarini o’rganishga alohida e’tibor beradi.
Birinchi dunyoviy (global) model Angliyada X. Makinder (1861-1947) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1914-yilda Buyuk Britaniya Qirollik geografiya jamiyatida ,,Tarixning geografik o’qi” deb nomlangan ma’ruzasida ,,jahon siyosatining o’q mintaqalari” g’oyasini ilgari surdi.
Davlat uchun eng qulay geografik o’rin o’rtada, markazda, planetar nuqtayi nazaridan esa dunyo markazida joylashganligi bilan asoslanadi. Dunyo markazida Yevrosiyo kontinenti mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Yevrosiyo jami dunyo ustidan nazorat qilish uchun juda qulay kontinentdir.
Makinder o’zining 1919-yilda nashr qilingan ,,Demokratik ideal va reallik” nomli kitobida ,,o’qmintaqa”ni Xartlend deb atadi. Bu ,,o’q mintaqa”ga Rossiyani, g’arbda Sharqiy va Markaziy Yevropa, sharqda esa Tibet va Mo’g’ulistonni kiritdi.
Makinder fikriga ko’ra, dengizning kuch-qudrati jahondagi kuchlar balansida juda katta ahamiyatga ega bo’lsa ham, quruqlik va havodagi kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi dengiz kuch-qudrati samaradorligining pasayishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham Makinder: ,,Dunyoga hukmdorlik qilishda continental davlatlarning imkoniyatlari behisobdir”, - deb ta’kidlagan.
AQSHning qudratli davlatga aylanishi Makinder konsepsiyasini qayta ko’rib chiqishga va ,,Atlantizm” geosiyosat g’oyasining shakllanishiga sabab bo’ldi. Bunda A. Mexen (1840 - 1914) g’oyalari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. U ,,Tarixda dengiz kuchlari” va boshqa qator asarlarida ,,dengiz kuchlari” tushunchasi asosida geosiyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bunda erkin dengiz savdosi bilan shug’ullanish A. Mexen g’oyasining asosini tashkil qiladi. A. Mexen AQSH ,,dengiz taqdiri”ga ega, buning natijasida u avval Amerika qit’asida, keyinchalik esa butun dunyoda hukmdorlik qiladi, deb hisoblagan.
A. Mexenning geosiyosiy g’oyalari to’liq holda XX asr mobaynida AQSHda hayotga tatbiq etildi va yuqori darajada o’zining samarasini berdi.

N. SPAYKMEN VA KLASSIK ,,ATLANTIZM”


N. Spaykmen (1893 – 1943) geosiyosat nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo’shgan amerikalik tadqiqotchidir. U Xartlend potensial makon bo’lib, mustaqil g’oyalarni hal qila olmaydi, bu vazifalarni, shu jumladan, dunyoga hukmronlik qilish vazifasini Rimlend bajarishi mumkin deb hisoblaydi.
N. Spaykmen dunyoni uch qismga, ya’ni Xartlend, Rimlend va olisda joylashgan Afrika va Avstraliya qit’alariga bo’ladi. Rimlend tarkibiga G’arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Uzoq Sharq mamlakatlari va Xitoy kiritilgan.
N. Spaykmenning g’oyasiga ko’ra, kim Rimlendni nazorat qilsa, u Yevropada hukmronlik qiladi, kim Yevrosiyoni nazorat qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
N. Spaykmen AQSH ni Xartlendga nisbatan ham, Rimlendga nisbatan ham juda qulay o’ringa ega deb hisoblaydi. U ,,O’rta okean tushunchasi”ni muomalaga kiritdi va Atlantika dunyosi tomonidan Rimlend ustidan o’rnatilgan nazorat quruqlik kuchlarini mag’lub bo’lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishiga sabab bo’ldi, degan xulosaga kelgan.
N. Spaykmen davlat geosiyosiy qudratini ta’minlovchi quyidagi 10 ta mezonni alohida ajratib ko’rsatdi:
1) hudud yuzasining tuzilishi;
2) chegaralarining tabiati;
3) aholi soni;
4) foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo’qligi;
5) iqtisodiy va texnologik taraqqiyot;
6) davlat moliyaviy qudrati;
7) etnik birligi;
8) sotsial integratsiyalanish darajasi;
9) siyosiy barqarorlik;
10) millat ruhi.
Yuqorida keltirilgan baholash shkalasidan foydalangan holda davlatning umumiy geosiyosiy kuch-qudratini aniqlash mumkin. Agar umumiy baho uncha yuqori bo’lmasa, bunday holat o’z-o’zidan ushbu davlatni boshqa davlatlar bilan strategik ittifoqlar tuzishga majbur qiladi. Bu mazkur davlat suverenitetiga ma’lum darajada putur yetkazadi.
N. Spaykmen Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa davlatlari mustaqilligining pasayishini, AQSH mustaqilligining esa oshishini bashorat qilgan edi. Bu bashorat hozirda, XXI asrda o’zining aniq ifodasini topmoqda. Kuchlar nisbati borgan sari AQSH foydasiga hal bo’lmoqda.

GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO’NALISH


Geosiyosatdagi kontinental yo’nalish Angliya – Amerika yo’nalishidan farq qilib, mintaqaviy xususiyatga ega.
Fransiyalik olim J. Gottman kommunikatsion nazariaya asoschisi hisoblanadi. Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalnishi yuz beradi. Ushbu tabaqalanishning markazlari bo’lib shaharlar, davlatlar, madaniyatlar xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir yo’nalishda sodir bo’lamaydi, monarxiyalardan so’ng mintaqaviy bo’linish, undan keyin yangi shakldagi birlshmalar vujudga kelishi mumkin. Birlashish, parchalanish geosiyosiy makonning rivojlanishini aks ettiradi.
Yevrosiyoda katta muqobil makonlarning mavjudligi bu yerda siyosiy mustaqil, etnomadaniy o’zlikni anglash, g’oyaviy va dunyoviy qarashlarni aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi.
Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o’z navbatida AQSH yoki Angliyani ajratib turadi.
Kontinental yo’nalishning ,,kontinental blok” nazariyasi asoschisi Karl Xausxofer hisoblanadi.
K. Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o’z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi, deb ta’kidlagan. Bunga u qo’shni, asosan, kichik davlatlarni bosib olib, o’ziga qo’shish hisobiga erishishi mumkinligini asoslab bergan.
Xausxofer Germaiya qo’shni davlatlar ustidan hukmron bo’lishi kerak, deb hisoblagan. Uning kontinental bloki yoki geosiyosiy o’qi Berlin – Moskva – Tokio yo’nalishiga ega edi. U Rossiya va Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari strategiyasini tutib turuvchi kuch deb hisoblardi. Mana shu maqsadga erishish yo’lida Xausxofer va uning safdoshlari ,,katta makon” konsepsiyasini ishlab chiqdilar.
Xausxofer AQSHning G’arb – Sharq yo’nalishidagi geosiyosiy muammolarni ochib berdi.

ANGLIYA–AMERIKA GEOSIYOSATI RIVOJLANISHINING ASOSIY YO’NALISHLARI


Geosiyosat rivojlanishidagi uchinchi bosqichning boshlanish davri dunyo geostrategik holatini tubdan o’zgartirishi bilan ifodalandi. Ushbu bosqichda ikki asosiy yo’nalish ajratiladi. Birinchi yo’nalish - ,,bir qutbli dunyo” klassik, global geosiyosat sxemlarining davom etishi bilan, ikkinchi yo’nalish esa boshqa tartibga tayanuvchi ,,asosiy geosiyosat paradigmalari”ga bog’liq holda rivojlanadi.
Angliya – Amerika geosiyosatining birinchi yo’nalishi doirsidagi vaziyat tahlili Rossiya imperiyasining barham topishi va geosiyosat ziddiyatlarining tugashini bildiradi. Markaziy Yevropa asta-sekin G’arbiy Yevropa bilan qo’shilishi, unga intilishi mumkin. G’arbiy Yevropa bilan Markaziy Yevropa davlatlari o’rtasidagi yaqinlashish Shimoliy Atlantika harbiy bloki doirasida amalga oshmoqda.
Turkiya, Eron va Pokiston yangi qator ,,bufer davlatlar”ning vujudga kelishi sababli, mustahkam himoya chizig’iga ega bo’ldilar. Bunday holat Rossiya bilan u egallashga intilayotgan janubiy dengiz portlari o’rtasidagi ko’rinmas masofani ancha yiroqlashishini ta’minlaydi va Rossiyani sobiq Ittifoqqa xos ,,ulkan davlat” bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Z. Bjezinskiy ,,sovuq urush” xavfi tugagandan keyingi davrda geosiyosiy aloqalarning rivojlanishi bashoratini taqdim etadi. U sobiq Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vacuum hosil bo’lishiga olib keldi, deb ta’kidlaydi.
Z. Bjezinskiy Rossiyaning harbiy-siyosiy salohiyatini qisqartirishda Ukrainaning roli katta bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Shuning uchun ham AQSHning asosiy geosiyosiy vazifasi – bu Ukrainani Rossiya ta’siridan ajratish va Yevropa ta’siriga kiritishdan iboratdir. Geosiyosiy tafakkurning mana shunday ko’rinishi Pensilvaniya universiteti professori E. Rubinstayn yondashuviga ham xosdir.
Professor E. Rubinstayn dunyoni oltita asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ladi:
1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika. U dunyoda eng qudratli mintaqaviy birlashmadir. Kelajakda bu yerda Shimoliy Amerika konfederatsiyasi barpo qilinishi mumkin, G’arbiy yarimshar unga tobe bo’lib qoladi.
2. Yevropa va uning siyosiy bir butunligi iqtisodiy integratsiyalashuvdan ancha orqada qoladi.
3. Sharqiy Osiyo. Unda Yaponiya hukmronlik qiladi. Xavfsizlik tizimi barpo qilinmaganligi tufayli, ichki ziddiyatlar kuchayishi mumkin. Bunda Xitoy faollashuvining ahamiyati katta bo’ladi. Rossiyaga qarashli Uzoq Sharq hamda Janubi Sharqiy Osiyo, Avstrliya va Yangi Zelandiya Sharqiy Osiyo mintaqasiga tobe holatiga tushadi.
4. Janubiy Osiyo. Mazkur mintaqada Hindiston hukmronlik qiladi. Lekin Hindiston bilan uni o’rab turgan davlatlari o’rtasida ixtiloflar qaytarilib turishi mumkin.
5. Musulmon mamlakatlari. Unga Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Fors ko’rfazi davlatlari, Turkiya, Iroq, Eron, Afg’oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari kiradi.
6. Sobiq Ittifoqning parchalanishi bilan hosil bo’lgan geosiyosiy vacuum. Bu yerda Rossiya hukmronlik qilishi bashorat qilinmoqda.
Rubinstayn dunyodagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy bo’lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Kelajakda Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari ittifoqi paydo bo’lishi mumkin. Ushbu ittifoq Amerika – Yevropa – Yaponiya ittifoqiga qarshi turadi.
DUNYO GEOSIYOSIY RIVOJLANISHINING ASOSIY PARADIGMALARI

Zamonaviy geosiyosat ,,ikki blokli mintaqa” o’rniga kelgan bir qator paradigmalarga ega.


Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar o’rtasidagi farqlar diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat Janub – Shimol, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ham mavjuddir.
Ikkinchi paradigmada asosiy e’tibor o’tgan urushlar o’rtasidagi farqqa qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan urushlar nazariyasi ishlab chiqilmoqda.
Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remiliyllashtirish nazarda tutilgan. Ko’p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat barpo qilish muammosini keltirib chiqaradi. Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi ,,millat davlat”ini barpo qilishga bo’ysundiriladi.
To’rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o’rtasidagi farqlar asoslanadi. Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi davlat mavjud bo’ladi.
G. Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch markazidan iborat bo’ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston hamda ko’plab o’rta va kichik davlatlardan iborat bo’lishi mumkin. G. Kissinjerning ushbu oltita kuch markazlari turli xil beshta sivilizatsiyaga tegishlidir. Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o’zaro aloqadorligini o’zida aks ettiradi, deb ta’kidlaydi.
Beshinchi paradigma sivilizatsiyalar taraqqiyotiga asoslangan paradigmadir. Garvard universiteti stategik tadqiqotlar markazining direktori S.Xangtington ,,umuman insoniyat” yo’q, faqt ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar mavjud. Eng katta xavfni mana shu sivilizatsiyalar o’rtasida yuz beradigan harbiy nizolar tug’diradi deb hisoblaydi.
S.Xangtington o’zining ,,Sivilizatsiyalar to’qnashuvi” deb nomlangan maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy-madaniy jamoalar deb atadi. S.Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o’ziga yaqin bo’lgn tarixiy taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan vazifalarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb ta’kidlagan.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyidagilar bilan asoslanadi:
1. Sivilizatsiyalar o’rtasida juda katta farqlar (uning asosini din tashkil etadi) mavjud. Ular siyosiy rejimlar o’rtasidagi farqlardan ham kuchlidir.
2. Turli xil sivilizatsiyalarga mansub xalqlar o’rtasida o’zaro aloqadorlik kuchayib bormoqda. Bunday holat sivilizatsiya doirasida o’zlikni anglashning o’sishiga olib kelmoqda.
3. Dinning ahamiyati o’sib bormoqda. Bunday holat ayrim hududlarda fundamentalistik shaklda namoyon bo’lmoqda.
4. G’arbning boshqa mamlakatlarga bo’lgan ta’siri pasaymoqda. Bu holat o’z xalqiga xos sivilizatsiya tomirlarini izlash jarayonini kuchaytirmoqda.
5. Kompromiss qarorlar qabul qilishda madaniy farqlarning roli iqtisodiy va siyosy farqlarga nisbatan past bo’lmoqda, ya’ni madaniy farqlar xalqlar o’rtasidagi aloqalarga konservativ ta’sir ko’rsatmoqda.
6. Iqtisodiy mintaqaviylik kuchaymoqda. Bunda sivilizatsion omil – ko’plab iqtisodiy tashkilotlar va integratsiyalashgan guruhlar asosida yotuvchi madaniy-diniy o’xshashlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Yüklə 72,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə