Html haqida tushuncha



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə9/17
tarix29.04.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#86131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
9-3-bob qol-16.06

SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.

BST Bobga doir testlar.

Mavzuni yoritish:

AH MS Word matn protsessorida hujjatga rasm joylashtirish, rasm holatlari va o’lchamlari haqidagi ma’lumotlar eslab olinadi. So’ng HTML tilida ham rasm bilan ishlash imkoniyati borligi aytiladi.

M Avvalgi darsda rasmni fon sifatida joylashishi haqida so’z yuritilgan edi. Endi esa web-sahifaga rasm joylashishi haqida so’z yuritiladi. Rasm joylashtirish uchun deskriptori (image-tasvir) qo’llaniladi. Umumiy ko’rinishi . O’quvchilarga avval quyidagi rasmni joylashtirish sodda jarayonini ko’rsatib berilishi maqsadga muvofiq.

O’quvchilar e’tibori rasm o’lchami katta bo’lganligi sababli joylashtirilgandan so’ng web-sahifani to’ldirib turganligiga qaratiladi. Ba’zi rasmlar katta o’lchamda bo’lgani uchun ekranga sig’maydi. Endi o’quvchilarga bu kamchilikni tuzatish uchun WIDTH va HEIGHT deskriptorlari borligi, ular rasm o’lchamini o’zgartirib berishi haqida so’zlanadi:

Worddagi kabi HTMLda ham rasmlarni web-sahifani turli joylarida chiqarish, rasm atrofida bo’sh joy qoldirish mumkinligi aytiladi. Darslikda rasmni joylashish holatlari berilgan. Masalan, bo’sh joy qoldirish uchun HSPACE va VSPACE deskriptorlaridan foydalaniladi. Va shu bilan birga yana bir imkoniyat ya’ni, rasm atrofida ramka joylashtirish ham mumkin. Quyidagi web-sahifa orqali bu usul ham tushuntirib o’tiladi. Buning uchun BORDER parametri xizmat qiladi.



Shu o’rinda o’quvchilarda quyidagicha savol yuzaga keladi:nima uchun chegara rangi faqat qora rangda bo’ladi? Ularga javobni web-sahifaga jadval joylashtirish mavzusida bilib olishlari aytiadi (javob: rasm foni kerakli rangga bo’yalgan jadval katagiga joylashtiriladi).


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə