Hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi


Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?



Yüklə 18,67 Mb.
səhifə11/40
tarix03.04.2022
ölçüsü18,67 Mb.
#84997
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
6-sinf ikkinchi kitob

Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok
etish O‘zbekistonga nima beradi?


  • Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.

  • Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.

  • Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.

  • O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.

  • Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi
“2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘ining 3-band 2-xatboshida:

Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajribalar(PISA, TIMSS va h.k.)ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish hamda 4-bandida:

Monitoring jarayoni uchun nazorat (testlar, yozma ishlar, so‘rovnoma, og‘zaki savollar, audio(video) materiallarini tayyorlashda ularning umumiy hajmiga nisbatan 20% gacha o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos keladigan, o‘quv dasturi va darsliklardan tashqari, xalqaro tajribalarda (PISA, TIMSS va h.k.) qo‘llanilgan materiallardan foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.


Yüklə 18,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə