Hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi



Yüklə 18,67 Mb.
səhifə23/40
tarix03.04.2022
ölçüsü18,67 Mb.
#84997
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
6-sinf ikkinchi kitob

Pedagogik testlar bu qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga imkon beradigan topshiriqlar tizimi sanaladi.

Topshiriqlar tizimi deyilganda, muayyan mavzu, bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan va tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan tanlangan topshiriqlar majmuasi tushuniladi.

Test topshiriqlarining o‘ziga xos shakli oddiy savol-javobdan farq qilib, test topshirig‘i savollari va javoblari qisqa va lo‘nda bo‘lishi bilan izohlanadi.

Test topshiriqlarining muayyan mazmuni deyilganda kurs mavzulari va ularning mazmunidagi nazorat qilinishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallari tushuniladi.

Test topshiriqlarining o‘sib boruvchi qiyinlik darajalari tizim shaklida mujassamlashtirilgan topshiriqda dastlabki testlar reproduktiv, produktiv, keyingilari qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) bo‘lishi nazarda tutiladi. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi ko‘rsatkichlari tizim hosil qiluvchi, shu bilan bir qatorda topshiriqlar strukturasini aniqlovchi omil sanaladi.


Yüklə 18,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə