Hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi


Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi



Yüklə 18,67 Mb.
səhifə24/40
tarix03.04.2022
ölçüsü18,67 Mb.
#84997
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
6-sinf ikkinchi kitob

Test topshiriqlarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi mezoni o‘zida savol va topshiriqlarning mantiqiy ketma-ketlikda aks ettirilishi tushuniladi.

Test topshiriqlari mantiqiy tuzilishiga ko‘ra: induktiv yoki deduktiv bo‘lishi mumkin.

Test topshiriqlarining javoblari mazmunga mos, qisqa fikrli, aniq, lo‘nda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalardan iborat bo‘ladi. Test topshiriqlarida­gi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning tarkibidagi so‘zlar birikmasi va soni bir xil bo‘lishi talab etiladi.

Tahsil oluvchilarning bilim darajasi test topshiriqlari orqali nazorat qilingan va olingan natijalarni tahlil etish orqali ularning mazkur kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasi aniqlanadi.

SHuni qayd etish kerakki, test topshiriqlarida bilimlar strukturasining ketma-ketligi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning mantiqiy yo‘nalishda talab darajasida berilishi lozim.

Talab darajasida tuzilgan test topshiriqlarining natijalari, ya’ni tahsil oluvchilarning to‘plagan ballari va ko‘rsatkichlari mazkur kurs bo‘yicha o‘quv jarayonining maqsadga muvofiq tashkil etilganligi, ta’limning individuallashtirilganligi, tabaqalashtirilgan yondoshuvning mavjudligi, pedagogning pedagogik mahorati, nazoratning haqqoniyligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

O‘qituvchi muayyan kurs bo‘yicha tahsil oluvchilarning shu kurs bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimining joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun test topshiriqlarini tuzishda avvalo asosiy e’tiborni, DTS mazmunini qamrab olinishi, ya’ni mazmuni va shakliga, test topshiriqlari o‘rtasida uzviylik va izchillikka qaratishi lozim.




Yüklə 18,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə