Hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi


Uslubiy tavsiyada keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar



Yüklə 18,67 Mb.
səhifə3/40
tarix03.04.2022
ölçüsü18,67 Mb.
#84997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
6-sinf ikkinchi kitob

Uslubiy tavsiyada keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar

Kirish
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqur o’rganish va zamon talablari asosida baholashni yo’lga qo’yish bo’yicha jahon tajribalari o’rganilmoqda.

Jumladan, aniq fanlar blok-modulida o’quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan, talablarga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo’ljallangan amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashga mo’ljallangan xalqaro baholash dasturilari (PISA, TIMSS), O‘zbekiston ta’lim tizimida 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo‘nalish bo‘yicha ishtiroki etishi ko‘zda tutilmoqda.

Hozirda, o’quvchilarning fanlarni chuqur o’zlashtirishi, qiziqishlari rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash, kasbga yo’naltirishni amalga oshirish, qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o’rgatish bilan birga ularni nazorat etishning yangi mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi.

Ushbu tavsiyada, nazorat ishlari olish bo’yicha test hamda PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida 6-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinov materiallardan namunalari keltirilgan.

Eslatma: PISA testlari haqiqiy namunalari jahon boʻyicha mamlakatlardan saralab olingan eng kuchli mutaxassislar tomonidan tuziladi. Ularda bitta savolda oʻrtacha 500‑1000 tagacha soʻzlardan tashkil topib, har matnga 5-8 gacha turli koʻrinishdagi topshiriqlar beriladi.

Tavsiyada keltirilgan nazorat ishlari tuzuvchilarning tajribasidan kelib chiqqan holda, faqat taklif xususiyatiga ega ekanini inobatga olasiz degan umidamiz.


Yüklə 18,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə